Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,78 Mb.
bet48/69
Sana20.06.2022
Hajmi1,78 Mb.
#683063
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
portal.guldu.uz- “FIZIK VA KOLLOID KIMYO”

16-rasm. Gidrofob va gidrofil adsorbentlarda sirt aktiv moddalarning adsorbtsiyalanishi.
Adsorbtsiyalangan sirt-aktiv modda adsorbentning tabiatiga qarab, orientatsiyalanadi va monomolekulyar qavatni xosil qiladi. Sirt-aktiv moddalarning molekulalari qutbli qismi bilan qutbli adsorbentga, qutbsiz qismi bilan qutbsiz muxit tomonga orientatsiyalanadi va sirtning tabiatini o’zgartira oladi.
Ya’ni gidrofob adsorbent gidrofil adsorbentga, gidrofil adsorbent esa gidrofob adsorbentga aylanishi mumkin. Traube qoidasi bo’yicha SAMning uglevodorod radikali qancha uzun bo’lsa, shu modda adsorbent sirtiga shuncha yaxshi adsorbtsiyalanadi. Agar adsorbent g’ovaklarining o’lchamligi kichik bo’lib, SAMning o’lchamligi katta bo’lsa, adsorbtsiya Traube qoidasiga bo’ysunmay qoladi.
Molekulyar adsorbtsiya uchun izoterma grafigi qo’yidagi ko’rinishiga ega (17-rasm)
g



17-rasm. Molekulyar adsorbtsiyaning eritma kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan o’zgarishi. 1 - musbat; 2,3manfiy adsorbtsiyalar.
Adsorbtsiya izotermalarini xisoblashda Gibbs ( ),
Lengmyur ( ) va Freyndlix ( ) tenglamalari
ishlatiladi. Freyndlix tenglamasi bo’yicha x- yutilgan modda
miqdori, m - adsorbentning massasi.
Freyndlix tenglamasi asosida adsorbtsiyani xisoblashdan avval bu tenglamaga kirgan «k» va «n»ni grafik usulda topish lozim. Buning uchun Freyndlix formulasini logarifmik ko’rinishda yozamiz:

so’ngra, abtsisslar o’qiga lgSni, ordinatlar o’qiga lg xm ni qo’yib, grafikdan  burchakning tangensini (tg 1p) topa olamiz (18-rasm).

18-rasm. Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi.
Freyndlix formulasi o’rtacha kontsentratsiyalar uchungina to’g’ri natijalar beradi, lekin kichik va katta kontsentratsiyalar uchun to’g’ri natijalar bermaydi. Tajribada molekulyar adsorbiyani aniqlashda

formula ishlatiladi. Bu erda: G- adsorbtsiya, n - eritmadagi moddaning umumiy mol soni, N0-moddaning eritmadagi adsorbtsiyaga qadar mol qismi, N -adsorbtsiyadan keyingi mol qismi, m - adsorbent massasi.
MA’RUZA BO’YICHA TAYANCH SO’Z VA IBORALAR:

Sirt taranglik


Sistemaning geterogenlik darajasini xarakterlovchi kattalik.




Sirt-aktiv moddalar


Sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar.




Adsorbtsiya


qattiq jism va suyuqliklarning fazalararo sirtlarida sirt tarangliklari kam bo’lgan moddalarning yig’ilishi.




Gibbs tenglamasi


Suyuqlik sirtidagi adsorbtsiya bilan sirt taranglik o’rtasidagi mikdoiy bog’lanishni ifodalaydi.




Dyuplo-Traube qoidasi


Sirt aktivlikning uglevodorod radikali uzunligiga bog’likligini o’rganadi.




Maksimal adsorbtsiya (G)


To’yingan adsorbtsion qavat hosil bo’lishi.







Fazalararo sirt


O’zaro bir-biriga tegib turgan fazalar orasidagi sirt.




Solishtirma sirt


Fazalar orasidagi sirt fazalararo sirt
kattaligini xajmga nisbati.




Sirt taranglik


Sirtning yuzasini 1 sm2 ga kengaytirish uchun
ketgan ishning miqdori




Sirtning erkin energiyasi


Fazalararo sirt kattalikning sirt
taranglik koeffitsintiga ko’paytmasi.




Sorbtsiya


qattiq jism yoki suyuqliklarning gazlarni yoki
erigan moddalarni yutishi.




Absorbtsiya


qattiq jism yoki suyuqlikning gaz yoki bug’larni
butun xajmi bilan yutishi.




Kapillyar kondensatsiya


qattiq adsorbentlarning g’ovaklarida
bug’ning suyuqlikka aylanib yig’ilishi.




Sirt aktiv moddalar


Suyuqlikning sirt tarangligini
kamaytiruvchi moddalar.




Sirt noaktiv moddalar


Suyuqlikning sirt tarangligini
ko’paytiruvchi moddalar.




Sirt befarq moddalar


Suyuqlikning sirt tarangligini
o’zgartirmaydigan moddalar.

MA’RUZA BO’YIChA SAVOLLAR.

  1. Dispers sistemalar geterogenligi bilan fazalararo sirt energiyasi orasida qanday bog’liqlik bor?

  2. Sirt qavatlar termodinamikasi qanday ifodalanadi?

  3. Sirt taranglik deb nimaga aytiladi?

  4. Sirt-aktiv moddalar (SAM) deb nimaga aytiladi, va ular qanday belgilanadi?

  5. Sirt-aktiv moddalarga misollar keltiring.

  6. Adsorbtsiya deb nimaga aytiladi. U qaysi fazalar chegara sirtida boradi?

  7. Gibbs tenglamasini yozing va izohlab bering.

  8. Sirt taranglik va adsorbtsiya izotermalarini tahlil qiling.

  9. To’yingan adsorbtsion qavat deb nimaga aytiladi?

  10. G - maksimal solishtirma adsorbtsiya nima?

  11. Dispers sistemalar geterogenligi bilan fazalararo sirt energiyasi orasida qanday bog’liqlik bor?

  12. Qattik sirt- eritma orasidagi adsorbtsiya kanday boradi?

  13. Molekulyar adsorbtsiya nima?

  14. Erigan modda, erituvchi va adsorbentning polyarliklari orasida kanday bog’liklik bor?

  15. Elektrolitlar adsorbtsiyasi kanday boradi?

  16. Tanlanish adsorbtsiyasi nima? Panet-Fayans qoidasini tushuntiring.

  17. Ion almashinish adsorbtsiyasini aytib bering.

  18. Nikolskiy tenglamasini izoxlab bering.

  19. Ionitlar kanday moddalar, ularning qanday axamiyati bor?

  20. Adsorbtsiyalanish darajasi bilan ionlarning gidratlanish darajasi orasida kanday bog’liklik bor?

  21. Suvni tozalashda kanday ionitlardan foydalaniladi?

MA’RUZA BO’YIChA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:

  1. K.S. Axmedov, X.R. Raximov. Kolloid ximiya. T, 1992, 40-47 va 60-68 betlar.

  2. Yu.T. Frolov. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1982, s. 32-41.

S.S. Voyutskiy. Kurs kolloidnoy ximii. M., 1976. s.81-99 va 114-12

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish