Ma’ruza: O‘lchov tok transformatorlari
1. Umumiy tushunchalar.
2.Tok transformatorlarning konstrukstiyasi.
3.Tok transformatorlarining parametrlari va vektor diagrammasi.
4.Tok transformatorlarini aniqlik sinfi.
Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov priborlari va rele uchun
eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori
kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi.
Tok transformatori yopik magnit o‘tkazgich 2 (15.1-rasm) hamda ikkita birlamchi
1 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarga ega.
Birlamchi chulg‘am o‘lchanayotgan tok
1
I
zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi
chulg‘amga
2
I tok o‘tadigan o‘lchov priborlari
ulanadi.
Tok transformatori nominal transformatsiya
koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
,
I
I
K
ном
ном
2
1
1
=
bunda
ном
I
1
- birlamchi nominal tok,
ном
I
2
-
ikkilamchi nominal tok.
Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb qabul
qilingan.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o‘zgarmas miqdor
bo‘lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli
nominal miqdordan farq qilishi mumkin. Transformatorning tokni transformatsiyalash
xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanady:
.
I
I
I
K
%
I
100
1
1
2
1
−
=
Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit o‘tkazgich
kesimi, magnit o‘tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, magnit yo‘lining
o‘rtacha uzunligi,
1
1
w
I
miqdorga bog‘liq. Tok transformatorlari ularga qanday talab
qo‘yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab chiqariladi. Ko‘rsatilgan
raqamlar birlamchi chulg‘am 100—120% tok bilan yuklanilganda (oldingi uchta klass
uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda (oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka
nisbatan protsentda ifodalangan tok transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1
klassidagi tok transformatorlari uchun ham burchak xatosi normalanadi.
Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o‘tkazgich,
kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog‘liq.
Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi.
Nominal tokdan ancha kichik bo‘lgan birlamchi toklarda ham tok
transformatorining xatosi ortadi.
0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda, 0,5
klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1 klassdagilari - hamma texnik
o‘lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun ishlatiladi.
15.1-rasm. Tok transformatorinig
ulanish shemasi
Ko‘rib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg‘amlari D (differensial
muhofaza uchun), Z (erga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele muhofazalari
uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi.
O‘lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega bo‘lganligi
ucho‘n, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar ikkilamchi
chulg‘am uzilsa, magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi, chunki uning kattaligi
endi birlamchi chulg‘amning magnit yurituvchi kuchi (m.Y.k.) bilan aniqlanadi. Bu
rejimda magnit o‘tkazgich haddan tashqari yuqori temperaturagacha qiziydi, uzilgan
ikkilamchi chulg‘amda esa, ayrim hollarda, bir necha o‘n kilovoltlarga etadigan yuqori
kuchlanish hosil bo‘ladi.
Aytib o‘tilgan hodisa sababli birlamchi chulg‘amdan tok o‘tayotganda tok
transformatorining ikkilamchi chulg‘amini uzishga ruxsat etilmayda. O‘lchov pribori yoki
releni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, tok transformatorining ikkilamchi chulg‘ami avval
qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg‘ami shuntlanadi).