Ma’ruza mavzusi: Gap. Gap kommunikativ (aloqa) birlik sifatida



Download 30,9 Kb.
bet2/5
Sana07.04.2022
Hajmi30,9 Kb.
#534007
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 3 (1)

Predikativlik

Asosiy xususiyati

Predikativlik qismlari

Ifodalanishi


Predikativlik va ohang gapni shakllantiruvchi vositalardir.
Gap mundari-jasining mavjud voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikativlik sanaladi. Predikativlikni kesim ko‘rsatadi. Kesim umumiy predikativlik ma’nosini konkret modallik, zamon, shaxs-son vositalari orqali ifodalaydi.
Predikasiya kesimlilikni bildiruvchi butun shakllar sistemasi bilan bog‘liq.

  1. Tasdiq - inkor


  1. Modallik.

(Gap mazmunining voqelikka munosabati, aytilayot-gan fikrning mav-jud holatga munosabati)

  1. Zamon

(Aytilayotgan fikrning nutq paytiga bo‘lgan munosabati: o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon)

  1. Shaxs-son

(So‘zlovchi, ting-lovchi, o‘zga shaxslar birlik va ko‘plik shaklda namoyon bo‘ladi).
5. Ohang.

-ma affiksi va emas, yo‘q so‘zlari, bo‘lishsizlik olmoshlari orqali ifodalanadi.
So‘zlovchining voqelikka munosaba-ti, gapdagi fikrni qanday baholashi: haqiqiy deb bilish, shubha, taxmin, ishonch, istak.
Bo‘lar fe’lning mayl shakli, modal so‘zlar, modal yuklamalar bilan, ya’ni grammatik, leksik va fonetik vositalar orqali ifodalanadi.
Zamon ma’nosi fe’lning zamon ko‘rsatadigan maxsus shakllar orqali, payt ma’nosini ifodalovchi so‘zlar, payt ravishlari va bog‘lamalar orqali ifodalanadi.
Fe’llardagi shaxs-son shakllarini ko‘rsatuvchi tuslovchi qo‘shimchalar orqali ifodalanadi.



Predikativlikda modallik kategoriyasi asosiy o‘rin tutadi. Chunki predikativlik gap mundarijasining obyektiv borliqqa aloqadorlik, bog‘lanish xususiyati bo‘lsa, modallik ana shu umumiy munosabatni konkretlashtiradi: gap mundarijasining obyektiv borliqqa aloqasi so‘zlovchi shaxsning nutq mundarijasiga qarashi bilan aniqlashtiriladi, to‘ldiriladi. Demak, modallik gap mundarijasining obyektiv borliqqa munosabatining so‘zlovchi-subyekt tomonidan baholanishidir. Demak, modallik gapning obyektiv holat bilan belgilanadigan, shuningdek, obyektiv holatdan kelib chiquvchi subyektiv munosabat ifodalash xususiyatidir. Shu ma’noda modallik obyektiv-subyektiv munosabat mohiyatiga ega grammatik kategoriyadir.


Modallik turli vositalar orqali ifodalanadi. Ularni asosan to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Fe’lning mayl ko‘rsatuvchi shakllari: bunda modallik tasdiqlash va inkor qilish orqali ifodalanadi.

Aniqlik maylida tasdiq (yo aksi) qat’iy tusda beriladi: bordi, boradi-boriladi, bormaydi kabi). Bu holat aniqlik maylidagi fe’l kesim vazifasida kelganda yuz beradi. Buyruq maylining II shaxsida ham shunday: bor, borma. Bu forma o‘rni bilan iltimos, yalinish ma’nolariga ham ega bo‘ladi. Bunda intonasiya ham boshqacha bo‘ladi: Berib yubor. Berib yubor! Ber. Ber! Berib tur. Berib tur! Bu yerda birinchi holda iltimos yalinish, keyingi holda buyurish ma’nosi ifodalangan. Shart mayli tilak, istak, iltimos kabilarni bildiradi. Bunda shart maylidagi fe’l sodda gapning kesimi bo‘lib keladi: Mana shu kitobni menga berib tursang. Bugun bir shaharni aylansak.
b) shartni, ayrim hollarda paytni bildiradi. Bu holat ular ergash gapning kesimi bo‘lib kelganda ro‘y beradi. Vaqtdan unumli foydalansak, ishimiz ham tez bitadi, dam olishga ham ulguramiz .

  1. Modal so‘zlar orqali. Bu, shubhasiz, sening ishing. Ehtimol, kelib qolar.

  2. Yuklamalar orqali. Nahotki, podachi bormay qolsa. Sen-a ?

  3. Gapning maxsus tipi bilan: harakat nomi kerak (zarur, lozim, shart, aniq, gumon kabi so‘zlar) orqali: Ertaga viloyatimizda prezidentimiz asarlari bo‘yicha seminar bo‘lishi kerak. Imtihonlarga jiddiy tayyorlanishimiz zarur .

  4. Intonasiya orqali. Gaplar modallik intonasiyasi orqali turli xil modal ma’nolar kasb etadi. Kelinglar! – ishonch intonasiyasida: Kelinglar – istamaslik, xohish bildirmaslik intonasiyasi. Bormaydi – ishonchli, qat’iy inkor intonasiyasi. Bormaydi?! – qat’iy tasdiq intonasiyasi. Albatta, boradi ma’nosida.


Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish