Ma’ruza mavzusi: Gap. Gap kommunikativ (aloqa) birlik sifatida


Gapning asosiy turlari Turning bo‘linishlari



Download 30,9 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2022
Hajmi30,9 Kb.
#534007
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 3 (1)

Gapning asosiy turlari

Turning bo‘linishlari


1.

Gapning tuzilishiga ko‘ra

1. Sodda gap; 2. qo‘shma gap

2.

Gapning maqsadiga ko‘ra

1.Darak gap; 2.So‘roq gap; 3.Buyruq gap

3.

Gapning voqelikka munosabatiga ko‘ra

1. Tasdiq (bo‘lishli) gap; 2. Inkor (bo‘lishsiz) gap

4.

Gapning sostaviga (bosh bo‘laklariga) ko‘ra

1. Bir sostavli (1 bosh bo‘lakli) gaplar;
2. Ikki sostavli (bosh bo‘lakli) gaplar.
Bir sostavli gaplar: 1. Kesim sostavidan: a)shaxsi aniq; b)shaxsi noaniq; v) shaxsi topilmas; g)shaxsi umumlashgan, d)nomina-tiv (atov) gap.

5.

Ikkinchi darajali bo‘laklarning mavjudligiga ko‘ra

1. Yig‘iq gap; 2. Yoyiq gap; a) aniqlovchili; b)to‘ldiruvchili; v) holli; g) aralash.

6.

Emosionallikka ko‘ra

  1. His-hayajonsiz gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplar.

  2. His-hayajon gaplar: darak, so‘roq, buyruq gaplardan hosil bo‘lgan undov gaplar.

7.

Zaruriy bo‘laklarning ifodalanishiga ko‘ra

1. To‘liq gap. 2. To‘liqsiz gap.

8.

Bo‘laklarga bo‘linish- bo‘linmasligiga ko‘ra.

1. Bo‘laklarga bo‘linadigan gaplar; 2.Bo‘laklarga bo‘linmaydigan gaplar:
A) so‘z-gaplar: tasdiq, inkor, his-tuyg‘u, urf-odat, so‘roq, tabrik, xitob, tahsin, buyruq ifodalovchi so‘z shaklidagi gap;
B)vokativ gaplar: do‘q, g‘azab, ajablanish, shodlik, ta’na, o‘pka-gina, piching, afsus-lanish, ta’qiqlash ma’nolarini intonasiya orqali ifodalaydigan undalma xarakteri-dagi gap.

9.

Murakkablashish va murakkablashmas-
ligiga ko‘ra

1. Murakkablashmagan gaplar;
2. Murakkablashgan gaplar: a)uyushiq bo‘lak-li gaplar, b)ajratilgan bo‘lakli gaplar, v)undalmali gaplar, g)kirish konstruksiyali gaplar, d)kiritma konstruksiyali gaplar

Egasi ham, kesimi ham mavjud bo‘lgan sodda gaplar ikki bosh bo‘lakli gap sanaladi. Bunda bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko‘m-ko‘k. Binafshalar ochilgan. Fazoda ko‘klam qushlari charx uradi.


Predikativ yadrosi bitta bo‘lgan sodda gaplar bir bosh bo‘lakli sodda gaplardir. Bunda bosh bo‘lak yolg‘iz o‘zi yoki ikkinchi darajali bo‘laklar bilan birgalikda predikativ yadroni tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Demak, bu yerda predikativ yadroning tarkibi yoyiq yoki yig‘iq holdagi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilida bosh bo‘lagi kesim bilan ifodalangan bir bosh bo‘lakli gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu suvni ichishga to‘g‘ri keladi. Do‘sting uchun zahar yut. Shivir-shivirni bas qiling. Suyanmang, bo‘yalgan. Biroq bu Kech kuz. Sahar tipidagi bir bosh bo‘lakli gaplarning qo‘llanishini inkor qilmaydi. Bu xil gaplarda predikativlik ega shaklidagi so‘zlarni tugallangan intonasiya bilan aytish va undan keyin boshqa gaplar kelishi orqali ifodalanadi. Shuning uchun uni eganing aynan o‘ziga tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu so‘zlar yoki birikmalar bir vaqtning o‘zida ham ega, ham kesim vazifasini o‘taydi.
Bir bosh bo‘lakli gaplarni Sen kelding - boshlayveramiz: Kecha bordim, yo‘qsan kabi qo‘shma gaplardan, shuningdek, Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin. shakllaridagi so‘z-gaplardan va dialoglarda ishlatiladigan gaplardan (Қachon kelding - kecha kabi) Ona. Naqadar ulug‘ so‘z kabi sintaktik qurilmalardan farqlash kerak. Birinchi holda gap qo‘shma gap, ikkinchi holda so‘z-gap, uchinchi holda to‘liqsiz gap, turtinchi holda esa tasavvur nomi to‘g‘risida ketyapti. Chunki Sen kelding – boshlayveramiz. gapida ikkinchi komponent kesimdan tashkil topgan bir bosh bo‘lakli gapdir, binobarin, u qo‘shma gapdir. Xo‘p. Mayli. Barakalla. Ofarin.so‘z-gaplari esa oldin aytib o‘tilgan fikrga ekspressiv modal munosabatlarni ifodalaydi va bo‘laklarga ajralmasligi bilan xarakterlanadi. To‘liqsiz gaplarning yashiringan bo‘laklari mavjud bo‘ladi. Bir bosh bo‘lakli gaplarda esa biron bo‘lak yashirinib qolmaydi, ular fikrning ana shunday shakldagi ifodasidir. So‘nggi holatda tushuncha nomi (Ona) alohida ta’kidlangan, ma’no kuchaytirilayotir. Bu yerda fikr ifodalangayotani yo‘q. Fikr ta’kidlangan so‘zdan keyin kelayotgan sintaktik qo‘shilma orqali ifodalanadi. Bu bir fikr-mazmunni ana shunday bo‘laklab ifodalashdir.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar yig‘iq va yoyiq sodda gaplarga bo‘linadi.
Yig‘iq sodda gaplar faqat bosh bo‘laklarning o‘zidangina iborat bo‘ladi. Yig‘iq sodda gapning uch xil ko‘rinishi bor:
A) ega va kesimning o‘zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otam-o‘qituvchi.
B) kesimning o‘zidangina tashqil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. Shovqin qilmang.
V) kesimning o‘zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar:
Tun. Kuz. Urush.
Bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko‘rinishi bor: A) ega-to‘ldiruvchi (hol) kesim; B) to‘ldiruvchi (hol)- kesim; V) aniqlovchi-bosh bo‘lak Masalan: Ziyodulla yozishni o‘rganyapti. Uy ishini tayyorladim. qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun.
Gaplar, ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning ishtirok etishiga ko‘ra, to‘liq gap va to‘liqsiz gaplarga bo‘linadi. To‘liq gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning barchasi ifodalangan bo‘ladi. Viloyatimiz poytaxti - ona shahrimiz Guliston kundan-kunga chiroy ochib, tobora ko‘rkamlashib borayapti.
To‘liqsiz gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning ma’lum qismi tushirilgan yoki yashiringan bo‘ladi, lekin fikr to‘liq bo‘ladi. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib - Teatrga bilet oldingmi? - Oldim.
To‘liqsiz gaplarda tushirilgan bo‘laklar gapning mazmunidan, ko‘pincha, oldingi gapdan anglashilib turadi. To‘liqsiz gaplarga uning tushirilgan bo‘lagi yoki bo‘laklari qo‘shilsa, grammatik jihatdan mukammal gap hosil bo‘ladi-yu, biroq fikrning ixcham, ta’sirli bayon qilinishiga erishilmaydi. To‘liqsiz gap biron bo‘lagi yetishmagan gap emas, u sodda gapning alohida bir turi, ma’lum mazmunni ifodalashda qo‘llanuvchi stilistik vositadir.
To‘liqsiz gaplar ko‘pincha o‘zaro suhbatlashuvda, dialoglarda qo‘llanadi. Shuningdek, monologlarda ham to‘liqsiz gap qo‘llanadi. Masalan: Tikansiz gul bo‘lmas, mashaqqatsiz hunar. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda. Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz rohat.

Download 30,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish