2. Bolg‘alash uskunalari, presslar. Ishlash tamoyillari.
3. Bolg‘alash yo‘li bilan pokovka olish texnologiyasining xususiyatlari.
Mеtаllаrni bоlg’аlаsh.
Metallarni bolg’alash. Qizdirilgan metallni bolg’a babasining zarbi (yoki press bosimi) ta’sirida deformatsiyalash jarayoni erkin bolg’alash deb ataladi. Bolg’alash natijasida zarur shaklli pakovka olinib qolmay, uning strukturasi - xossasi ham yaxshilanadi. Shuning uchun og’ir sharoitda ishlovchi detallar: tishli g’ildiraklar, turubina rotorlari, disklari, vallari, shatunlari, erkin bolg’alash usuli bilan olinadi. Bolg’alash og’ir pakovkalar ishlanadigan yagona usuldir: 250 t.li pakovkalar ham olinadi. Bolg’alash natijasida olingan buyum pakovka deb nomlanadi. Pakovkalar mexanik usulda ishlanib kerakli o’lcham va forma olinadi.
Erkin bolg’alash jarayonining asosiy operatsiyalari:
Cho’ktirish - zagatovkaning ko’ndalang kesimini buyi hisobiga kattalashtirish.
Cho’zish - zagatovkaning uzunligini ko’ndalang hisobiga orttirish.
Yumaloqlash - zagatovkaga ketma-ket zarb berish bilan aylanish jismi shakliga keltirish.
Teshish - zagatovka shaklining bir qismni siqib chiqarish hisobiga bo’shliq hosil qilish.
Teshikni kengaytirish.
Bukish - zagatovkani zarb bilan bukish.
Burash.
Kesish - metallning bir qismini ikkinchi qismidan kesib ajratish.
Tekislash - zagatovka yuzasini zarb bilan ishlash yo’li bilan bir tekis qilish.
Payvandlash.
Bolg’alash uskunalari.
1. Asosiy uskunalar: bolg’alar va presslar.
2.Yordamchi uskunalar: qaychilar, qizdirgich, pechlar, zagatovkani uzatuvchi kranlar va h.k.
a) ish tezligi: bolg’alarniki Vish =7-8 m/sek; preslarniki Vish = 0,1- 0,3m/sek.
b) energiya holiga ko’ra: bug’ va elektrik yuritmali (pnevmatikaviy ressorli va richagli). Bug’li bolg’alar qisilgan havoda ham ishlaydi. Shuning uchun bug’-havo mashinalari deyiladi.
v) bug’ yoki qisilgan havo ta’siriga qarab: bir yoqlama va ikki yoqlama ishlaydigan bolg’alar. Bir yoqlamalarda: bug’ faqat tushuvchi qismlarni ko’tarib beradi. Ikki yoqlamada ham ko’taradi va tushuvchi qismlar tushayotganda ham ular og’irligiga qo’shimcha bosim ham beradi.
g) konstruksiyasiga qarab: bir stoykali: 0,25-1 t. bo’ladi, tushuvchi qismlar og’irligi. Ikki stoykali bolg’alar tushuvchi qismlar og’irligi 1t-8t. Ikki stoykali bug’-havo bolg’asining tuzilish sxemasi.
Pakovkalarni tayyorlash uchun avval tayyorlanuvchi detall chizmasi asosida pakovka chizmasi chiziladi.Bunda uni soddalashtirish bilan mexanik ishlash uchun belgilangan qo’yim hisobga olinadi. So’ngra massasiga ko’ra tegishli o’lchamlari aniqlanadi.Yirik pakovkalar uchun quyma , kichik pakovkalar uchun prokat zagatovkalar olinadi.Yirik po’lat pakovkani tayyorlashda quyma zagatovka massasi qo’yidagicha aniqlanadi.
Gch.q- quymani yuqori va pastki qismidan kisib tashlanadigan nuqsonli chiqindi qismi massasi, Gq- metallni qizdirishda uning quyindiga utadigan qismi, Gt.q-Texnologik kesiladigan bo’laklar massasi
Pakovkani tayyorlash uchun avval uning hajmi topiladi.Buning uchun uning elementar hajmlari V1,V2,V3 va V4 ni alohida –alohida aniqlab , so’ng ularni qo’shib pakovkani to’la hajmi aniqlanadi. V=V1+V2+V3+V4
Pakovkani tayyorlash uchun avval uning hajmi topiladi.Buning uchun uning elementar hajmlari V1,V2,V3 va V4 ni alohida –alohida aniqlab , so’ng ularni qo’shib pakovkani to’la hajmi aniqlanadi. V=V1+V2+V3+V4
Keyin pakovka massasi topiladi.Gp=V*
Zagatovka alangali pechda zarur temperaturagacha qizdirilsa kuyindiga o’tishini 3.5 kg , kesiladigan bo’laklar massasi 6. kg deb qabul qilinsa unda zagatovkaning massasi
Gz=Gpok+G ko’y+Gtk
So’ngra zagatovka uzunligi aniqlanadi.
Lz=Gz/Fz*
Bu yerda Gz- zagatovka massasi,Fz- zagatovkaning ko’ndalang kesim yuzasi. Keyin sartamentdan Lz uzunlikdagi zarur zagatovkalar kesib olinadi.Zagatovkalar zarur temperaturagacha qizdirilib asboblar yordamida zarblab pakovkalar tayyorlanadi.
Sanoatda keng tarqalgan gidravlik pressning pastki quzg’almas travessasi poydevorga o’rnatilgan.Unga stol, stolga esa pastki boyuq o’rnatilgan.Pastki quzg’almas traversa ustki quzg’almas traversa bilan bog’langan.
Sanoatimiz ishlab chiqarayotgan bolg’alash presslarining maksimal kuchi 5-150MN dir.
Pressni ishga tushurish uchun uning ish silindriga 20-45 Mpa bosimda suv emulsiyasi yoki meneral moy haydaladi.Bunda u porshenni bosib pastga harakatlantiradi.U bilan bog’langan traversa pastga harakatlanib qo’zg’almas boyokdagi zagatovkani katta kuch bilan ezib plastik deformasiyalaydi.