Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 129.4 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi129.4 Kb.


O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim

Vazirligi
VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


Darslarni ilg‘or pedagogic texnologiyalar asosida tashkillash va o‘tkazish

mavzudagi

Farg‘ona 2011


TASDIQLAYMAN»


“Maqullayman”

VPKQTMOI o‘quv

Ishlari bo‘yicha prorektor:

_________ B.Latipov.


VPKQTMOI rektori:

________ M.Axmedov.


VPKQTMOI 201__ – yil___-________

oyidagi ilmiy kengashida muhokama qilinib

tasdiqlangan.


Kirish


“Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakillantirishga qaratilgandir”, - deyiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirildi.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilmoqda.

Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsad, ya’ni vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘nalishni nazarda tutadi. Bu jarayon 1-4 sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq. U shunday kechadiki, 1 o‘qituvchi to‘rt yil mobaynida o‘quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘inida olib chiqadi.

1-4 sinflarda joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.

Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini nazorat qilish,ta’lim bo‘yicha DTS talablari asosida amalga oshiriladi, ya’ni integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limga o‘tildi.

Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, Davlat Standarti Talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsini har tamonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati katta, u umumiy ta’lim tizimining asosini, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.

Barcha yaxshi ishlar bolani ezgulikka yetaklash, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Buyuk alloma, inson ruhhiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida shunday fikr bayon qiladi: “O‘qituvchining barcha hatti harakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i kerak”.

Bugungi kunda ta’lim tizimini to‘g‘ri yo‘naltirish dolzarb muammodir. Bu jarayon bola ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada ruhshunos olimlarning fikri qanday?

Ular bolani ortiqcha yukdan ozod qilish, saboqlarni me’yorlash, nazariy bilimlarni hammasini amaliy mashg‘ulotlar zamiriga singdirishga e’tibor berish, o‘yin-mashg‘ulot turlarini ko‘paytirish orqali samaradorlikka erishish mumkinligini takidlaydilar.

Darhaqiqat, o‘yin bolaga orom, qoniqish baxsh etadi. Masalan, kompyuter hozirgi kunda ta’lim tizimida keng o‘rin egallaganini bilamiz. Bu bola faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Qolaversa bolalar sayr-sayohatlar tashkil etish orqali allomalarimiz, xalq qahramonlari hayoti-faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zbek xalqining jahon xalqlari qatoridagi o‘rnni va nufuzini anglamoqdalar.

Bola tafakkurini har tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda sayr-sayohat darslari keng ko‘lamda olib borish kerak. CHunki bolaning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan to‘g‘ri samarali foydalanish esa o‘qituvchining vazifasidir.

Bolaning hissiy bilish, ma’lumot va ko‘nikmalarni qabul qilishga keng imkoniyat yaratish uchun erkinlik berish, uni ijodiy ishlar qilishga, bajargan ishi samarasini ko‘rib quvonishiga, yangi-yangi yutuqlarga yo‘llash zarur.

Bolalarga beriladigan bilimlar, ko‘nikmalar asosan dars jarayonida singdirilishi, birinchi sinfda o‘quv yili davomida, uyga vazifa berilmasligi, berilsa ham ular yengil kuzatish, taqqoslash, sanab ko‘rish, rasm chizish, qo‘shiq aytish, sayr qilishdan iborat bo‘lib, bu bilan ta’lim elementlarini asta-sekin o‘zlashtirib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda bola fikrlaydi, sanaydi, faraz qiladi, tevarak-atrof go‘zalligidan bahramand bo‘ladi, eng muhimi, hordiq chiqarib tinch uxlaydi va ertasiga darsga ziyrak holatda keladi. Eskirib borayotgan usullar, uy vazifasining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, xususan 2-4 sinf o‘quvchilariga beriladigan uy vazifalarini me’yorlash, ayniqsa shanba kuni vazifa berilmaslikni uqtirish joiz.

Yangi pedagogik texnologiya bola faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib, avvalo uning sog‘ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakillantirish uchun amaliy yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka, topqirlikka undovchi vositalar jamlanishini, hozirjavoblikka, sermulohazalikka, to‘g‘ri raqobat qila olishga yoki faraz qila olishi qobilyatini rivojlantirishga, ijodiy tafakkur, qilish, tadbirkor bo‘lishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar majmuasini barqaror etishni nazarda tutadi.

Yangicha ta’lim jarayonida o‘quv dasturlaridan keyin, o‘rin olayotgan iqtisodiy ta’lim berish, insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari hamda jamiyat talablarini qondirishga doir bilimlarni ko‘proq amaliy ishlar bilan bog‘lash, oila bilan maktab hamkorligini mustahkamlash bolada burch hissini paydo qilish, halollik, irodali bo‘lish, iltifot ko‘rsata bilish, o‘z mulkini saqlash, odod-ahloq qoidalariga to‘la rioya qilish, milliy g‘urur hissini tarbiyalash kabilar uchun bolalarda intilish, ishtiyoq uyg‘otish lozim.

Pedagogik texnologiyalarning boshlang‘ich ta’lim tizimida keng o‘rin olish va barqarorlashishi uchun istiqbol rejalarda quydagilarga etibor berish lozim:



  • bajarilishi va tadbiq etilishi lozim bo‘lgan ishlarni to‘g‘ri loyihalash, maqsad va vazifalarni belgilash;

  • amaliy mashq va mashg‘ulotlar tizimini yaratish;

  • boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha atamalar to‘plamini tuzish;

  • sinov mashg‘ulotlari, test savollari tuzish;

  • kompyuterni o‘yinlar uchun dasturlashtirish;

  • sayr-sayohatlar o‘tkazishning nazariy va amaliy yo‘nalishini belgilash va dars rejalarini hozirlash;

  • yangi texnologiyalarni o‘zida aks ettiradigan o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish;

  • O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy-ma’naviy xususiyatlariga mos ravishda boshlang‘ich ta’limning amaliy asoslarini ishlab chiqish;

  • Jahon pedagogikasining boshlang‘ich ta’lim sohasida mavjud tajribalarini o‘rganish va keng masalalarni maktablarimizda joriy etish:

Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda bolalarning aqliy rivojlanish tezligi ham o‘sib bormoqda. Natijada ta’limning umumiy darajasi ham oshayotgani shubhasiz. Biroq nazarimizda boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi savodxonlikni jadallashtirish, o‘zlashtirishni tezlashtirishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Boshlang‘ich ta’lim aqliy rivojlanishga yordam beruvchi samarali ta’limning interfaol usullarini qo‘llash natijasida bo‘ladi.

Aqliy rivojlanishdagi o‘zlashtirishlar esa tafakkurni oliy bosqichiga o‘tishi bilan emas, balki o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish bilan izohlanadi.

Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda o‘yinga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Ular oldindan rejalashtirilgan va o‘z ichiga ko‘p qirrali o‘yinlarni qamrab olgan bo‘lishi kerak. O‘yinga asoslangan bunday texnologiyalarning o‘rni, avvalo o‘yin elementlarining funksiyalarini o‘qituvchi, o‘quvchilarga qanday tushuntirishga va qanday yetkaza olishga bog‘liq. Ikkinchidan, quydagi xolatlardagiga u samarali bo‘ladi.




  1. DTS talablariga javob bera oladigan, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga asoslangan bo‘lsa;

  2. Fanlararo uzviylikni yakka tartibda va guruhlarda qo‘llay olsa;

  3. Oldindan o‘quv dasturiga mos rivojlantirib, zamonaviy texnologiyalariga asoslangan bo‘lsa;


O‘quvchilar faolligini oshirishda quydagi usullar maqsadga muvofiq:

  1. Ko‘tarinki ruh bilan o‘yinga jalb etish;

  2. O‘quvchining hayrihohligi bilan o‘yinni olib borish, tanqidiy vaziyatlardan chetlab o‘tish;

  3. Orginal fikrlarni rag‘batlantirish;

  4. Turli muommoli vaziyatlarda o‘qituvchi o‘z shaxsiy tajribasini qo‘llay olishi:

  5. O‘quvchilarga faollik bilan savol berish uchun imkoniyat yaratish;

  6. O‘yinli mashqlarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham qo‘llay olish.


O‘quvchilarga ta’lim – tarbiya berishimizda bir qancha muammolarga duch kelamiz:

    1. ona tili fanidan imlo xatolar;

    2. diqqatni bir joyga to‘play olmaslik;

    3. matnni o‘qib, so‘zlay olmaslik;

    4. o‘ta harakatchanlik;

    5. bir-ikki gapirganda tushunib yetmaslik

    6. geometrik shakllarni farqlay olmaslik;

    7. o‘quv qurollarini toza tutaolmaslik;

    8. vazifani mustaqil bajara olmaslik;

    9. ko‘chirma diktantlarda ham qiyinchilikka duch kelish kabidir. Bu sanab o‘tilgan muammolarni hal etishda ham, o‘yinga asoslangan ilg‘or texnologiyalar juda samaralidir.

O‘yin tarbiya vositasi. O‘yinni pedagogik jarayon strikturasida analiz qilish natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘yin faqat psixologik hodisa bo‘lib qolmay, balki pedagogik hodisa hamdir.

Biroq o‘yindan tarbiya masalalarini hal qilish uchun ongli ravishda foydalanilgandagina u pedagogik hodisa shaklini oladi.

Pedagogik vazifa sifatida o‘yin turli vazifalarni: tarbiya vositasi, ta’lim berish, metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi.

Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari shundaki, bularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi.

Bola o‘ynar ekan, o‘rganaman deb o‘ylamaydi, lekin o‘yin jarayonida u nimagadir o‘rganadi. Ta’lim bu yerda ataylabdan o‘tilmaydi. Didaktik o‘yinlarning qimmati shundaki, u kichkina bolalarning imkoniyatlariga javob beradi va ulrning energiya sariflashlarini muozanatlashtiradi. U ma’lum darajada ta’lim mazmunini qabul qilish va o‘qitishni niqoblash kabi muhim xususiyatga egadir. Bola buni hayolga keltirmagan holda o‘rganadi. SHuni ham aytish keraki, didaktik o‘yinlarda, shaxsning tormozlanishi qobilyati, diqqatini o‘sishi, kuzatuvchanlik kabi xususiyatilarining o‘sishiga qaramay, bolalarning bevosita o‘quv faoliyatini shakillantiradi.

O‘yinlarda kolektiv ish ongli intizomni tarbiyalash uchun kerak bo‘lgan do‘stona birodarlik hissiyoti, to‘g‘rilik, haqiqatgo‘ylik va boshqa hislatlar rivojlanadi. Jamoa o‘yinlarida astoydil maqsadga intiladigan va boshqalarni yetaklaydigan tashkilotchi bolalar, yo‘lboshi bolalar tarbiyalanadi.

Bolalar qanchalik yosh bo‘lsa, o‘yin ularni faoliyatida shunchalik katta axamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni tarbiyalashda o‘yining ahamiyati yetarlicha baho bermaydigan o‘quvchi o‘z ishida katta yutuqlarga erisha olmaydi.

Amalda stol ustida o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, harakatli o‘yinlar, texnik o‘yinlar, soha ko‘rinishi atraktsionli o‘yinlardan foydalaniladi.

Bola hayyotida rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda katta odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan munosabatlarni o‘zlari tushunadigan vaziyatlarda qaytaradilar. Bola o‘ziga ma’lum bir ro‘lni olar ekan, tegishli qoida, vazifalarni bajaradi va bu qoidalarni o‘zlashtirib oladi, ahloqiy malaka va odatlarni egallaydi. Rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yin ko‘pchilik bilan o‘tkaziladi.

O‘yin davomida bolalar o‘rtasida kattalar orasidagi munosabatlar tarkib topadi, va asta-sekin mustahkamlanadi .

Bolaning yoshi o‘sib borishiga qarab ro‘llarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar bilan bir qatorda didaktik va harakatli o‘yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bola maktabga qatnay boshlaganda o‘yinning ahamiyati bir oz kamaydi. Lekin bu o‘qish o‘yinni bola hayotidan butinlay chiqarib tashlaydi, degani emas .Bu holda o‘yinning xarakteri, uning mazmuni o‘zgaradi, biroq uning bolalar tabiyasidagi muxumligicha qolaveradi.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarningi rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda ular tasvirlayotgan kishilarning xususiyatlari muhimroq bo‘lib ko‘rinadi. O‘quchilarning kuchliylik, botirlik, chaqqonliligiga sabab bo‘ladi. Bolalar to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladilar, qahramonona ishlarni bajaradilar.

Boshlang‘ich maktabda o‘qishning oxiriga borib, ong-bilim doirasining kengayishi munosabati bilan o‘quvchilar haqiyqiy qiyinchiliklarni yengib boradi. O‘yin elementlarini kiritish bolalarda belgilangan ishni mumkin qadar yaxshiroq bajarish ishtiyoqini uyg‘otadi va ularda har qanday ishga ma’suliyat sezgan, holda yondoshish odatini tarkib toptiradi.

Boshlang‘ich talimda didaktik yoki o‘rgatuvchi o‘yinlar keng taqalgan. Ular bilishi mazmuniga ega bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan.

O‘quv faoliyatining har-xil turlarida hilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi.

Rus tili darslarida topishmoqli o‘yinlar, rasimli o‘yinlardan foydalanish mumkin.

Giometrik shakillar: aylanma, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtbuchak haqida to‘laroq tassavur hosil qilishda yordam berishi mumkin. O‘qish va tabiatshunoslik darslarida sayohat o‘yinlaridan foydalanishi mumkin.

O‘yin faoliyatini tashkil etishda bir qator pedagagik shartlarga rioya qilish lozim. O‘yining tarbiyaviy ahamiyatini o‘ylash kerak.

Bola yosh fiziologik-psixalogik hususiyatlarni hisobga olgan xolda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarni asta-sekin o‘yg‘ota borish lozim. Buning uchun darslikdagi o‘quv materiyallarni qiziqarli qilib tushuntirish, mahalliy materiyallar asosida xisoblash, o‘lchash, yasashga oid masalalar tuzish va yechish; didaktik o‘yinlardan ertak qahramonlaridan foydalanishi muhimdur. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sevimli faoliyatidir. O‘yin yordamida ular o‘rtasida muayan munosabatlar o‘rnatadigan bolalar guruhlari yuzaga keladi. ,,O‘yin boshqa hamma usullardan ustunlik qiladi, chunki u xuddi bolalarning butun hayotini , shaxsiy faoligini , mustaqilligini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi,” - deb yozgan taniqli metodist A. Usova.

O‘qituvchi o‘yinda bolalar faoliyatini to‘g‘ri boshqarib, bolalar hulq- atvorini ijtimoiy sifatlarini tarkib toptirishdek keng tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish lozim.

O‘yin tarbiya vositasi sifatida ; tafakkur, nutq, hayol, xotira kabi pisixologik jarayonlarni kengaytirish va mustahkamlash vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin. Masalan, ,,Nima o‘zgaradi” o‘ynida o‘qituvchi doskaga qo‘g‘irchoq, turli shakillar, rasimlar qo‘yadi . O‘quvchilar ko‘zlarini yumishadi. O‘qituvchi biror narsani o‘rnini almashtiradi yoki olib qo‘yadi . Bolalar yuqoridagi o‘zgartirishlarni aytadilar , bunda o‘quvchilarning xotirasi, giometrik shakillar haqida tasavvuri shakillanadi.


O‘quvchilani darsga tayyorlash.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishning Yangi usullarini qo‘llash kerak .

O‘quvchilar faqat rejadagi materialnigina emas, atof –muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga mustaqil- tanqidiy fikirlashga, o‘z hulosalarini asoslashga o‘rganishi kerak,

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘quvchilar uchun qiyin va kam tushunarli fan bo‘lib tuyuladi. SHuning uchun bolalar ko‘p hollarda qoidalarning ma’nosiga tushunmasdan quruq yod olishiga harakat qiladilar, bu esa bilimda mavzularni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi .

O‘quvchilarning darsda olgan bilimlari ongli ravishda mustaqil fikirlash asosida egallangan bo‘lsagina , u ishonchli va mustahkam bo‘ladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida o‘quchilarni fikirlariga , izlanuvchanlikka , hulosa chiqarishga va umumlashtirishga undovchi metodik usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.

Didaktik o‘yinlar darsda ishni indivuduallashtirish har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish , ularni qobilyatini o‘stirish imkonini beradi. ,, Har bir yaxshi o‘yinning mehnat kuchi – mehnatni kuchaytirish va fikirlashni o‘stirish xususiyati bo‘ladi ,“ - degan buyuk pedagok A. S. Makarenko.

O‘yin jarayonidak o‘quchilar dastlab faqat o‘yinga qiziqa boshlasa , keyinchalik uni tezda o‘yin bilan aloqador material qiziqtira boshlaydi. Endi unda shu mavzuvni o‘rganish eslab qolish , o‘yinga qatashish istagi paydo bo‘ladi.

O‘yin o‘quvchilar diqqatinit osonligcha jalb qilishga ularning eng muhim va murakkab narsalarga voqea va hodisalarga qiziqishlarini uzoq vaqt ushlab qolishga yordam beradi.



Masalan: misollarni bir xil usulda yechaverish o‘quvchilarni toliqtiradi , o‘qishga qiziqishini yo‘qotadi. SHu misollarni o‘yin shaklida kim tez bajaradi? usuli bilan yechish esa o‘quvchilarni jonlantiradi . eni ular aniq maqsad yo‘lida , ya’ni topshiriqlarni bajarishda g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar.

Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanllash va o‘quvchilarning ma’lum bir o‘yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo‘llash zarur. Tanlangan o‘yin qiziqarli, o‘quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

Didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli o‘zlashtirishiga , o‘quvchilarning fikirlash faoliyatini rivojlatirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshrganda didaktik o‘yinlar vositachilk rolini tashkil qilishdan oldin uni qaysi maqsadga yo‘naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtainazaridagi o‘yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o‘qitish topshiriqlaridan tashqari , o‘qituvchiga bolalarda maxsus ko‘nikmalarni xosil qilishda yordam beradi .

O‘quchilarning matematik nutqini aniqlaydigan va kengaytiradigan o‘yinlar bor. Misol uchun, agar 1-sinf o‘quvchilari matematik harakat va raqamlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, qator ustun tuzishga , o‘qish va yechishga o‘rgatish mazmuni ,,Kimda bor?” ,,Kim topadi? “ ,, Kim tez va ishonarli.?“to‘g‘ri keladigan uyin xolatida utkazish mumkin. O‘yindan ko‘rish va eshitish zexnini mukammallashtirshidan xam foydalanish mukin. (uyinlar ,, taq – tuq” ,, Narsa lotasi,” giometirik shakillar bo‘yicha sanash ,,va hz) O‘yinlar yordamida bolalar sonlarini esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. (,,Hotira”, ,,Tasavvurini rivojlantirishlar “ ,,G‘alati gugurtchalar”,)

Ko‘pgina o‘yinlar bolalarda joy tushunchasin rivojlntirishda yordam beradi. ( ,,Giometirik domino “, ,, qurilishi materiallari , ,,Tangram “ o‘yini ) , kombinatorik qobilyatini rivojlatiradi (mozayka rangli domino, giometrrik jisimlarni yoymoq va b. ) va konsturuktiv qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va x.z.)

Tez sanashni o‘rgatishga yordam beradigan o‘yinlar ,, Kim tez “, ,, eng yahshi sonoqchi “. Matematik o‘yinlarni nazariy asoslariga quydagilarni kiritish mumkin.


1 Ma’lum didaktik maqsadga yo‘naltirilishi yangi materialni o‘rganishi, mustahkamlash , hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish

2 Malaka va ko‘nikma hosil qilishi uchun didaktik jarayonni qanday amalga oshiradi ?( buning uchun bir hil xarakatni bir necha marta qaytarilishini va uni ijobiy yaunlanishi zarur .

3 O‘quvchilar tafakkurini rivojlatirilishi vositasi bo‘lishi kerak.

5 O‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini rivojlatirishi kerak .
Yuqorida keltirilgan nazariy asoslarini tashkil etgan ,,didakik o‘yinlar ” jaryonida namoyish etishi uchun bazi bir o‘yinlarni olib ko‘ramiz. O‘yinlarni o‘tkaishdan oldin o‘quvchilarni tayyorlash kerak. O‘yin jarayonida o‘quvchilar uchun umumliy qoidal quydagicha .

1. O‘yinning borishini, zarur xarakatlarni, ularning uzluksizligini diqqat bilan tinglash va eslab qolish zarur.
2. O‘yindagi muvaffaqiyat maqsadni aniq tushunib yetshida, natijani oldindan ko‘ra bilishdadir. O‘qituvchining ko‘rsatmalarini oxirgacha tinglamao‘ turib.o‘yini boshlashga shoshilmaslik kerak. SHoshma- shosharlik ko‘pincha qo‘pol xatolarga, ortiqcha, keraksiz xarkatlar qilishga sabab bo‘ladi.
3. Kerakli o‘rinda o‘rtog‘ining javobini to‘g‘rilash yoki to‘ldirish uchun diqqat bilan eshitish kerak .
4. O‘z navbatida rioya qilish, o‘rtoqlariga halaqit bermaslik, ortiqcha xatti - xarakatlar qilmaslik kerak .

O‘yin qoidalari o‘quvchilarni jamoa bo‘lib xarakat qilishga, hozirjavob bo‘lishga , o‘rtog‘ining javobini diqqat bilan tinglashga va to‘ldirishga , intizomli,o‘z hatolarini tan oluvchi sofdil bo‘lishga o‘rgatadi .o‘yin qoidalari o‘yining olib borilishiga rahbarlik va tashkilotchilik vazifasini bajaradi, o‘yin jarayonida bolarning o‘zaro munosabatlarini boshqaradi . SHuningdek, boshqalarning faoliyatlaringa o‘z harakatlarini moslashtirib olib borishga , tirishqoqlik, sofdillik, ziyraklik kabi xislatlarni ham tarbiyalashga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘yin jarayonida o‘quvchilar faoliyatini, o‘yin qoidalarini, ularni bajarish yo‘llarini doimo nazorat qilib, so‘roqlar va luqmalar bilan o‘yini boshqarib turadi. O‘qituvchi o‘yinning didaktik tomonlariga ko‘proq berilib, uning tarbiyaviy ahamiyatini ikkinchi darajaga qo‘ymaslik kerak. O‘yinda sinfning barcha o‘quvchilari ishtirok yetishi kerak.

SHuning uchun o‘yinga barcha bolalar javob bera oladigan, ularning qo‘lidan keladigan qisqa topshiriqlar tanlash kerak. Bolalarning uzoq vaqt o‘yinga krishib ketaolmay o‘tirishlariga, qiziqishlarining susayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun topshiriqlar bir xil bo‘lmasligi kerak.Topshiriq berilgandan so‘ng o‘qituvchi uning qoidalarining ko‘rsatib beradi. O‘yin jarayonida shaxsiy manfatdorlik paydo bo‘lgan, o‘quvchilarda faollik ijodiy fikirlash, o‘zi uchun, guruh uchun jon kuydirish kabi xislatlar paydo bo‘ladi. O‘qituvchi darsga tayorlash jarayonida oldindan zarur didaktik materiallarni tayorlab qo‘yishi, o‘yining uyushtirish, nazorat qilish yakunlash va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab qo‘yishi kerak. O‘yin o‘tkazish, o‘yin vaziyatini yaratish har bir darsda ham shu ham axamiyat kasb etadi.

Bu ayniqsa, hali bolalar jiddiy diqqat bilan uzoq o‘tirishga o‘rganmagan birinchi sinf o‘quvchilari uchun taluqlidir. Ular tez toliqadilar, diqqati zaiflashib qoladi, bir xillik ularni zeriktiradi. SHuning uchun o‘yin birinchi sinf o‘quvchilari o‘quv faoliyatini tashkil qilishdagi ish faoliyatini eng samarali usullaridan biri bo‘lishi kerak.

O‘yin tashkil qilishdan oldin, unga kerakli materiallar oldindan tayorlash kerak. Didaktik materiallarni bolalar mehnat darslarida yoki ota-onalar yordamida uyda tayorlashi mumkin.

Murakabroqlarini yuqori sinf o‘quvchilari bilan tayorlash mumkin.



Quyida biz ,,Javobni ko‘rsat” (1) o‘yini uchun kerakli narsalar haqida so‘z yuritamiz. O‘yin jihozlari :har bir o‘quvchiga partada 1-10 gacha sonlar yozilgan kartochkalar, 6-6 va shunga o‘xshash raqamli katochkalar.eni 25 sm , bo‘yi 10 sm uzunligidan karton qog‘oz olinadi. 28sm li har ikki tomonida 1.5 sm dan 3 sm ajratib buklanadi va 25sm ni 8.3 sm qilib 3 ga bo‘lib, chizib chiqiladi.

CHekkadan belgilangan joygacha oysimon chizilib qirqibtashlanadi. Qirqilgandan so‘ng

1- katonga 2- karton yopishtiriladi. 1- katon 2- kartonga ustma-ust qo‘yiladi . 2 karton har ikkala tomondan va ostidan 1.5 sm qo‘yilib buklanadi so‘ng buklangan joy 1- kartonga yopishtiriladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi.(1- rasim). SHundan so‘ng har bir chegaralangan joyga quyidagilar yoziladi : 1) 0-5 2) 6-10 3) + - = 1) 0-5 deb yozilgan kanvertning ichiga 0 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozib, solib qo‘yiladi. 2) va 3) konvertlarga ham son va ishoralar yozib solinadi. Bularning hammasi bir hajimda bo‘lib quyidagicha tayorlanadi: bo‘yi 10 sm , eni 6 sm uzunlikdagi karton olinadi va pastki tomoni har ikkala tomonidan qirqiladi so‘ng sonlar yoziladi.

Eni 30sm, bo‘yi10 sm uzunligidagi karton olinadi va xuddi shu xajimda yupqaroq oq qog‘oz olinadi, kartonga yopishtiriladi. So‘ng 4 tomonidan 1 sm dan o‘lchab yopishtiriladi. So‘ng kerakli sonlar yoziladi.

O‘yin jarayonida samarali o‘tishi uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak.

1)- o‘quvchilarning o‘yinda qatnashishlariga tayorligi har bir o‘quvchini o‘yin qoidalarini yaxshilab o‘zlashtirishi maqsadni aniq tushunib yetishi unda qatnasha olish darajasidagi bilimga ega bo‘lishi kerak.

2) har bir o‘quvchini zarur didaktik material bilan ta’minlash;

3) o‘yin topshiriqlarining murakkab o‘yinlarninng ayrim harakatlarini puxta o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash maqsadida bosqichma- bosqich, keyinchalik boshqa variyantlarda o‘tkazishi;

5) o‘quvchilarning hati- harakatining nazorat qilish, o‘z vaqtida to‘g‘rilash va baholash.

6) o‘quvchini o‘yinda yutqazib qo‘yganligi uchun uni haqorat qilish, ustidan kulish kabi shaxsiyatini yerga uruvchi xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

7) o‘yin qoidalarini o‘zlashtirish , xotirani o‘stirish. Ziyraklik, mustaqillik, tirishqoqlik kabi hislatlarni tarbiyalash orqali uni xar bir darsda muntazam o‘tkazib turish lozim.

Modomiki, o‘yinni muntazam o‘tkazib turish shart ekan o‘qituvchi uning qiyinchiligidan eng sodda detallarigacha diqqad qilish kerak.
1) partalarning turlicha joylashtirib guruh bo‘lib, hamda yakka tartibda o‘tkazilib turiladigan o‘yinlar uchun musoboqalarga shartlar belgilash

2) o‘yin o‘tkazish uchun eng oz miqdorda material tanlash.

3) o‘yin uchun ishlatiladigan materiallarni saqlash. Buning uchun turli xil yashikchalar, xaltachalar va ularni qo‘yadigan maxsus tokchalar tayorlanadi .

4) o‘yinlar samarali bo‘lishini kuzatib turish, har bir guruhdagi o‘quvchining yutib chiqishiga umid bag‘ishlash uchun ularni bilim darajasini va aqliy jihatdan yetukligini hisobga olgan xolda partalarga o‘tqazish kerak.
O‘quvchilarda ko‘nikma hosil bo‘lishi uchun umumiy qoidalar birga o‘yinlarga bir xil bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, o‘yinlarning mazmuni va shakillari o‘quvchilarning bilim saviyasiga muvofiq bo‘lishish kerak.

Agar qoidalar oldindan puhta qo‘yilmagan, shakillantirilmagan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘yinni olib borishga, uning mohiyatini tushunib yetishiga qiynaladilar.

Bu xol ularni toliqtirib o‘yinga befarq qarashlariga olib keladi. O‘qituvchi matematika darslarida didaktik o‘yin o‘tkazayotgan vaqtda yuqorida aytib o‘tilgan o‘yinning o‘tkazish qoidalariga amal kiladigan yaxshi natijalarga erishishi mumkin, ya’ni o‘yindan ko‘zlangan maqsadga ega bo‘ladi, o‘quvchilar bilimini mustaxkamlaydi. Rivojlantiradi. Eng muhimi o‘yining sifatli va chiroyli chiqishiga erishmaydi, o‘quchilarning matematikaga qiziqishini ortiradi.

Bolalarning sinflarda matematika darslarida bolalarni yangi mavzuni o‘tishda, mustahkamlashda o‘tilganlarni takrorlashda xisoblash, grafik tuzish malaka va ko‘nikmalarni shakillantirishda , tafakurni mustaqil fikirlashni rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yinlardan muntazam ravishta foydalanishi o‘qitishning samaradorligini oshiradi .

SHu bilan birga o‘yin darsning og‘zaki hisoblash, o‘tilgan matiriallarni takrorlash, giometirik shakillar haqidagi tasavvurlarining boyitishi, atrof-muhitni kuzatish orqali olingan bilimlarni oydinlashtirish tartibga solish va boshqa jaryonlarda ham tashkil qilinadi.

Dars boshida (,,Muzyorar”) o‘tkaziladigan o‘yinlar o‘quvchilar fikrini aktivlatirishga jamlashga, eng asosiy narsalarni ajrata bilishga yordam berishi, diqqatni kerakli narsaga yo‘naltirish kerak.

O‘yin baьzan bir butun darsning tuzilishi uchun asosiy vaziyat, turtki bo‘lishi xam mumkin.O‘quvchilar charchagan paytda ular bilan xarakatli o‘yin o‘tkazish mumkin. Masalan , dastlab juft qatordagi o‘tirgan o‘quvchilarni , so‘ng aksincha toq qatordagi o‘quvchilarni o‘yinga jalb qilish o‘quchining juft yoki toq qatorlarni o‘zi mustaqil anglay olishi uchun foydalidir.

Bunda o‘quvchilarning o‘rnini o‘zgartirib turishi xam maqsadga muvofiqdir . Ammo shuni unitmaslik kerakki, ayriim o‘yinlar o‘quvchilar diqqatini asosiy maqsaddan chalg‘itishi mumkun.

Bolalar shu yoshda hali o‘z hissiyotlarini boshqarishni, kerakli paytda o‘z diqqatlarini asosiy masalaga qarata olishini bilmaydilar.

SHuning uchun kuchli yemotsional tuyg‘ular bilan bog‘liq o‘yinlarni asosan dars ohirida o‘tkazish ma’qul .

1. Darsning boshida o‘tkaziladigan o‘yinlar ,,O‘ylab top” o‘yini .1-2 sinflarda qo‘llaniladi.

O‘qituvchi doskaga tanafusda bir nechta misol yozib qo‘yadi. Misollar nomerlanadi.



1. 27-7= 3. 29-5=

2. 46+6= 4. 19+11=

Dars boshlanganda, o‘qituvchi shulardan birini og‘zaki ishlab javobini o‘quvchilarga aytadi.

Keyin ,, Men qaysi misolni yechdim, kim aytadi ?” deb bolalarga murojad qiladi . To‘g‘ri aytgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi .

2. Darsning o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yinlar ,, Bilaman “ o‘yini Bu o‘ining masalan , 5 sonini o‘rganilgandan keyin o‘tkazish mumkin . Dars o‘rtasida bolalar charchab qoladilar, shunda o‘tkazsa bo‘ladi .O‘qituvchi bolalarga birinchi partadan boshlab ichida sanashni taklif etadi, har bir o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytgan sondan keyingisini aytib o‘rnidan turishi kerak. (oldingi o‘quvchi o‘tiridi ) . 5 sonini o‘rniga beshinchi o‘quvchi ,,bilaman” deb javob beradi keyingisi esa sanashni bir sonidan boshlaydi. Bu esa sinfning ohirgi o‘quchisigacha davom etadi . ,,Bilaman” so‘zini juft – toq sonlar yoki ma’lum bir raqamli sonlar ( 3,13,23,33...) o‘rnida ham aytishi mumkin.



,,Ko‘p , oz , barobar” o‘yini .

O‘yin materiali : partada har bir o‘quvchi oldida sanoq cho‘plar, giometrik shakillar, turli miqdordagi narsalar rasmi solingan kartochkalar va h.z.

O‘yin mazmuni : o‘qituvchi biror bir raqami (3) ko‘rsatib ,,ko‘p” , ,,oz” ,,barovar” so‘zlarning aytganda, o‘quvchilar shu so‘zlarga mos miqdorga narsalarni ko‘rsatishlari kerak. Bu o‘yinni murakablashtirishi ham mumkin. Masalan ,,o‘qituvchi ,,O‘ng qo‘lida bitta,” chap qo‘limga oz, o‘ng qo‘limda esa ko‘p” so‘zlarni aytadi bolalar shunga muvofiq miqdordagi narsa yoki raqamli kartochkalarni bo‘yagan o‘ng va chap qo‘llarini ko‘taradilar

,, O‘ylab top o‘yini

1. Men aylanada joylashgan ikkita soni qo‘shdim va 10 sonnini hosil qildim. Men qaysi sonlarni tanladim ? Ularni kesma bilan birlashtir.

2. Men aylanada joylashgan uchta sonni qo‘shdim va 10 sonini hosil qildim. Men qaysi sonlarni tanladim. Ularni birlashtir

3. men 10 sonidan 1 sonini ayirdim va 2 sonini hosil qildim. Men qanday sonni ayirdim?

I . Yakka tartibda o‘tkaziladigan o‘yinlar.

,,Hisoblash dominosi “ 10 Bu o‘yinni yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib o‘tkazish mumkin. (2- rasm )

Dars ohirida, kuni uzaytirilgan guruhlarda , dars vaqtida a’lochilar zerikib qolmaslik uchun, bo‘sh qolmaslik uchun o‘tkaziladi . O‘yin davomida o‘quvchi 10 dan ortiq misollar dominolarni tuzishda +, -, ., :, amallardan samarali foydalanishi kerak. Toki o‘quvchi o‘yin oxirigacha zerikib qolmasin. Uni rag‘batlantirish kerak.

Bu o‘yin uchun 10 yoki 20 ta bir xil kartochkalar tayorlanadi va ularni chiziq bilan 2 qisimga bo‘linadi . Kartochkaning o‘ng tarafiga mustaqil yechish uchun beriladigan misol, chap tarafdagi qismiga esa boshqa bir kartochkadagi ana shunday misolning javobi yoziladi. Ular konvertlarda saqlanadi. O‘quvchi kartochkadagi misolni yechadi va shu misolning javobini berilgan boshqa kartochkadan topib, uni birinchi kartochkaning yoniga qo‘yadi. Keyin 2-kartochkadagi misolni yechadi, javobini topadi.



II. Guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar.

,,Zanjircha” o‘yini .

Bu o‘yin uchun kartochkadan 6 x 3 sm kattalikdagi kartochkalar qirqiladi.Kartochkalarning bir tomoniga bitta misol va ikkinchi toioniga boshqa kartochkadagi mioslning javobi yoziladi.Masalan, kartochkalarning bir tomoniga 11-6, 18-9, 8+7, 7+9, misollarni yozilgan bo‘lsa, xuddi shu kartochkaning orqasiga 9, 8, 16, 11 javoblar yoziladi. Bir o‘quvchi hamma kartochkalarni aralashtiradi, tarqatadi. Ular o‘zining kartochkasini javob tomonini yuqoriga qilib o‘rtaga qo‘yadi. Qolganlar esa, o‘z kartochkalarini orqasidan shu misolga tegishli javobni qidiradilar. Kim javobni topsa, o‘sha kartochka bilan misol yozilgan tomonini yuqoriga qilib birinchi kartochkani yopadi . O‘yin shunday davom etadi. Oxirgi kartochkasi qo‘yilgan guruh g‘olib bo‘ladi.

Darsda matematika mashg‘ulotlariga qiziqish o‘yg‘otuvchi musobaqa elementlarini o‘z ichigaolgan didaktik o‘yinlarga ko‘piroq o‘rin berish kerak. Bu boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitishi amaliyotidan ma’lum o‘yinlar. Bunday o‘yinlarni tashkil qilish muhimki, bolalar ba’zan ,, o‘qituvchi” rolida bo‘lishsin, o‘zlari tekshirib, topshiriq berishsin.

,,Har-bir uyga-o‘zining tomi o‘yini .

Har bir qatnashchi 1ta to‘plamdan 8ta kartochka oladi. Kim birinchi o‘lchami bo‘yicha bir xil juft ,,uy-tomi “ hosil qilsa va tomni uyning ustiga joylashtirsa, o‘sha g‘olib.



,,Rasimli domino o‘yini. Har bir qatnashchi 5 tadan kartochka oladi. Qatnashchi zanjir hosil qiladi, bunda, birinchi kartochkaning chap tomoni bo‘sh, oxirgisini - o‘ng tomoni. Har bir rasimning oldiga rasm nechta bo‘lsa, o‘shancha doirachali kartochkani qo‘yish kerak. ( 2ta jo‘ja -2ta doiracha va h.z.)

,, Ortiq , Kam O‘shancha “ o‘yini

(2ta guruhni taqqoslash har birida 5 tadan ko‘p bo‘lmagan narsa). 2- kishi o‘ynaydi. Har biri qaramasdan konvertdan 4ta kartochka oladi. Olma (nok, bodring) olishi uchun borishni kelishib oladi. Keyin navbat bilan bittadan kartochkani qo‘yishadi. Kimning kartochkasida olma ( nok, bodring) ko‘p bo‘lsa, o‘sha o‘ziga ikkala kartochkani oladi . Agar olmalar soni teng bo‘lsa, hech kim kartochkani olmaydi. Kim ko‘p kartochka to‘plas, o‘sha g‘olib.



,,Nima qaysi tomonga qarab turibdi o‘yini .

Har bir qatnashchiga 6ta kartochka beriladi. Kim birinchi chap tomonga qarab turgan gullarni (bayroqchalarni) bir qatorga , o‘nga qaraganlarni 2-qatorga tersa, o‘sha g‘olib . (8-rasm)



,,Nima o‘zgardi” o‘yini .

O‘qituvchi stolga birorta o‘yinchoqni, yoki istalgan nakrsani qo‘yadi, so‘raydi : ,,O‘yinchoqlar nechta?” (bitta). O‘qituvchi bolalardan ko‘zlarini berkitishini so‘rab, stolga bir nechta o‘yinchoq qo‘yadi. Bolalar qarab nima o‘zgarganini aytishlari kerak . O‘yinchoq nechta bo‘lganini raqam bilan ko‘rsating, o‘sha sonni qanday xosil bo‘lganini tushuntiring.



,, Aksincha”

Maqsad : o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, ularda ,,qalin” ,,yupqa“, ,,keng”, ,,tor” tushunchalarining shakillantirish.

O‘yin mazmuni: o‘qituvchi to‘pni tashlaydi va birron bir so‘zni aytadi. O‘quvchi to‘pni olgandan so‘ng, shu so‘zga qarama - qarshi so‘zni aytadi . Keyin to‘pni qaytib o‘qituvchiga tashlaydi. Masalan: qalin-yubqa, katta-kichik, baland-past, og‘ir-engil,

,, Katta, kichik, teng, o‘yini

O‘yin materiali har bir o‘quvchiga partada teng belgilar to‘plami, mayda narsalar turli rasm solingan kartochkalar, uchburchaklar, doiralar.

O‘yin mazmuni: o‘qituvchi quydagilar yozilgan jadvalni osib qo‘yadi yoki oldindan raqamlar yozuvi bilan tayorlab qo‘yilgan doskani ochadi. Masalan: I- variant . II.- variant.

34 35 25 31

52 62 43 57

O‘quvchilar har bir variyant bo‘yicha o‘z partalari ustiga yozuv asosida terib, kerkeli belgilarni qo‘yishlari kerak. Bajarilgan ishlarning to‘g‘riligini tekshirishni qo‘shni partadagi o‘quvchiga taklif qilish mumkin. Yoki o‘qituvchi o‘zi tekshiradi. Bu o‘yinni bir oz o‘zgartirib va murakkablashtirib vaqti-vaqtida o‘zgartirib turiladi.

Masalan:, o‘quvchilarga faqat (doskada, jadvalda) belgilarni yoki belgilar va ayrim sonlarni berish mumkin.

I – variant II-variant.

> > = <

= > > =

< = > >

Bu o‘yinda jadvaldagi sonlarga qarab daftarga ham shuncha katakchalarni chizish yoki kerakli belgini qo‘yishni taklif qilgan holda topshiriqlarni o‘zgartirib turishi o‘quvchilar uchun foydalidur. 2-3 sinflarda bu o‘yinni bunday o‘tkazishi mumkin.O‘quvchilar oldindan uylarida alohida varoqlarda 2ta bir hil jadval tayorlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga jadvalning ma’lum qismini to‘ldirishni taklif etadi . U bilan birga, topshiriqni bajarishga krishishdan oldin, o‘quvchilarning topshiriqni aniq tushunibolishlari muhim ahamiyatga ega: ya’ni satr qaerd, ustun qaerda va nimani taqqoslash kerak - satrni ustun bilanmi yoki aksincha?

O‘quvchilarga bu yerda nima muximligini tushuntirib berish zarur. SHuning uchun ham 2ta bir xil jadval to‘ldiramiz. O‘quchilar topshiriqning mazmuni tushunishlari uchun, shu tipdagi topshiriqlarni berib, ularni asta-sekin shu o‘yinga tayorlab borish foydalidir.

Ustunchada yozilgan sonlarni qatoridagi sonlar bilan taqqoslash kerak. Ularni ko‘chirib oz va >, <,= belgilarni qo‘y, jadvalni to‘ldir.







1

2

3

4

5

1

=

<

<

<

<

2

>

=

<

<

<

3

>

>

=

<

<

Ana shunday tayyorlov mashiqlaridan so‘ng bolalar jadvalni kim oldin to‘ldirish bo‘yicha qiziqish bilan musobaqalashadilar. To‘ldirilgan jadval esa quydagicha bo‘ladi.







1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

=

<

<

<

<

<

<

<

<

<

2

>

=

<

<

<

<

<

<

<

<

3

>

>

=

<

<

<

<

<

<

<

4

>

>

>

=

<

<

<

<

<

<

5

>

>

>

>

=

<

<

<

<

<

6

>

>

>

>

>

=

<

<

<

<

7

>

>

>

>

>

>

=

<

<

<

8

>

>

>

>

>

>

>

=

<

<

9

>

>

>

>

>

>

>

>

=

<

10

>

>

>

>

>

>

>

>

>

=

,,Giometirik o‘yinlar” (gugurt bilan o‘yin)

10 dona gugurtdan uycha yasash .

III. Son va miqdorni o‘rganishida foydalanadigan didaktik o‘yinlar.

Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga, narsa va ular guruhini taqqoslash malakalarini shakillantirishga yo‘naltirilgan darsda o‘tkazilayotgan ish bilan bir vaqtda bolalarga narsalarni sanash malakalarini o‘rgatish bo‘yicha sistematik ish o‘tkazishi zarur.

Sanash ishini ongli, ishonchli egallash uchun quydagilar zarur.

1) Natural qator sonlari nomlarini va ketma – ketligini bilish;

2) Narsalar sanog‘i faqat sonlar ketma-ketligini bilishgina emas, balki sanab chiqilayotgan guruhdagi narsalarga sonlarni to‘g‘ri mos keltirishni, ya’ni son-narsa juftini hosil qilishni ham nazarda tuktadi.

3) Bolalar shuni tushunishlari kerakki, narsalarni sanashda eng ohiri aytilgan son ,,nechta” savolga javob beradi. Olti yoshli bolalar uchun ushbu xato tabiydir; bola sanashni to‘g‘ri bajara turib, nechta savoliga boshqa sonni aytadi., ya’ni javob tasodifiy xarkterga ega bo‘ladi. Buning sababi bajarilgan sanashiga bog‘liq bo‘lmagan xolda miqdorni ko‘zda chamalashga urinish.

Bularni hammasini hisobga olib, yuqorida qarab o‘tilgan narsalar sanog‘ining tarkibiga kiruvchi 3ta tarkibiy elementlarning har biri o‘ziga o‘qituvchining maxsus e’tiborini qaratishi, shunga mos mashqlar qo‘yish va hal qilishni talab qilish kerak.



,,Ko‘p-bitta o‘yini

Har bir qatnashchi 8ta kartochka oladi. 2ta kartochkani shunday qo‘yish kerakki, bunda bir tomonda ko‘p, bir tomonda bitta bir xil pridmet bo‘lishi kerak.



,,O‘yini egalla “ o‘yini

Har bir o‘yinchiga 3 yoki 4 soni yozilgan uychaning rasmi beriladi. O‘yinchilarga 8 tadan kartochka beriladi. Rasmdagi narsalar soniga qarab, kartochkalar uychalarga joylashtiriladi . Uychani birinchi bo‘lib to‘ldirgan qatnashchi g‘olib chiqadi.



,,Poezd tuzamiz” o‘yini.

Har bir qatnashchi 6ta kartochka oladi (chap yo o‘ng tomon.) Vagonlarni raqamlarining o‘sishi tartibida joylashtirish kerak. Kim birinchi bo‘lsa boshiga paravozni ulaydi .



,,Sanashni davom ettirish” o‘yini

O‘qituvchi misol tariqasida bir o‘quvchi bilan bu o‘yinni o‘tkazishi tufayli uning mazmuni bolalarga tushuntiriladi:

o‘qituvchi 1,2,3 ,,, deb sanay boshaydi. O‘quvchi esa 4,5,6,7 ,,, deb davom ettiradi. So‘ng dars mavzusiga mos biror sonni aytadi va dam-u, dam bu o‘quvchiga sanashni davom ettir deyman.

,,Diqqat “ o‘yin.

O‘qituvchi kartochkalar tayorlaydi. Ularda 1dan 10gacha bo‘lgan sonlar rasm orqali tasvirlangan. O‘qituvchi ketma-ket rasmli kartochkani magnit doskaga joylaydi, va rasmlar sonni sanab chiqishni taklif qiladi. So‘ng to‘pni o‘quvchilardan biriga oshiradiva chapdan o‘nga qo‘li bilan harakat qiladi. To‘pni olgan o‘quchi ko‘rsatilgan sonni aytadi va shu sondan 20gacha sanaydi; agar o‘qituvchi o‘ngdan chapga harakat qilsa qo‘li bilan, undan o‘quvchi 20 sonidan to aytilgan songacha sanab chiqadi va h.z.



IV. Qo‘shish va ayrish amallarini o‘rganishda foydalaniladigan o‘yinlar.

Pridmetlar sanog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni qarash davomida bolalarni sonlar bilan amallar bajarish va masalalar yechishga tayorlashdagi dastlabki qadamlar. Masalan o‘qituvchi katakli taxtachaga navbat bilan 5ta qizil doirachani qo‘yadi. Bolalar xo‘r bo‘lib sanashadi va nechta doiracha qo‘yilgan, degan savolga javob berishadi.Qizil doirachalar yoniga 3ta ko‘k doiracha qo‘yib, sanab, qizil va ko‘k doirachalar birgalikda nechtaligini so‘raydi. Ko‘rsatma qo‘llanmalardan fodalanishi konkiretdan abstraktga sekin-asta o‘tishi masalasiga bo‘ysindirilgan bo‘lishi kerak. SHu sababli real narsalarni qarashdan ularning tekislikdagi tasvirini qarashga o‘tish, so‘ngra abstrak qo‘llanmalar (abaklar, sonli jadvallar, sonli shakillar, giometirik figuralar va boshqa )ga o‘tish kerak.



,,Doira ichiga kir “ o‘yini.

(± 1, 2, 3, 4 ,,, ko‘rinishida qo‘shish va ayrish)

Har bir qatnashchi 6 tadan kartochka oladi, bittadan namuna doiracha shunga qarab misolni yechib, to‘g‘ri kelganini doirachaga qo‘yadi.



Xulosa

Biz yuqorida boshlang‘ich sinf matematikasini o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida gapirib o‘tdik. Didaktik o‘yinlar shu fanga qiziqtirishni rivojlantirishning samarador vositalaridan biridir . U bilan birga didaktik o‘yin bolalarning aqliy faolligini tarbiyalashning qimmatli vositasidir.U bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, qiziqish o‘yg‘otadi. Bolalar uchun o‘yin eng xaqiyqiy o‘qish ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘yin vaziyatni yaratish shunga olib keladiki, o‘quvchi o‘yinga qizmqib o‘zi bilmagan holda ma’lum bilim va malakalar , ko‘nikmalarni egallaydilar . Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda va tarbiyalashda ayniqsa zarurdir, darslarni qiziqarli , jonli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



2 10 -

0-5 6-10 + - = < >

1 2 3

6-6=




2*8

16 48:8



40 32-5


27 9*5


4-5 24:3


8 4*5


20 16:4


4 8*4




32 27:3

9



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Boshlang‘ich ta’lim” jurnali.

  2. L.SH.Levenberg, E.A.Abdurahmonova.T.Oqilov. “Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida didaktik o‘yinlar”. “Toshkent o‘qituvchi”. 86 y

  3. T.K.Jikalkina. «Igrovыe i zanimatelьnыe po matematika», 2-klass. Maskva. «Prosveщenie»-1989g.

  4. M.I.Moro, N.F.Vapnyar. «Kartochki s matematicheskimi zadaniyami i igrami». 3-klass. Maskva. 1988 g.

  5. L.SH.Levenberg, U.G.Ahmadjonov, A.N.Nurmatov. “Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasi”. Toshkent.1988 y.

  6. S.V.Stepanova, L.N.Muzaffarova. «Pedagogicheskaya tsennostь didakticheskix igr na urokax matematiki v nachalьnoy shkole». Tashkent -2008 g.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa