Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining
biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib
keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi leksemalarning
qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida,
so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mantiqiy mushohada uchun
Bir kishi yo‘lovchi avtomobilni to‘xtatib:
– Aka, qayoqqa ketyapsiz, men falon joyga bormoqchi edim, olib ketmolmaysizmi, iltimos, – dedi.
– Olib ketardim, endi olib ketmayman, – dedi haydovchi va mashina yeshigini shartta
yopib, jo‘nab ketdi.
Hadovchi nega ranjidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |