3. Leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish.
Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish quyidagi
natijalarga olib keladi:
1.Leksema nutqiy ma’nosining ixtisoslashuvi natijasida yangi
sememaning vujudga kelishi.“Qushning ikki yonida harakatlanib uchish
vositasi” sememasigagina ega bo‘lgan qanot leksemasi bugungi kunda
“samolyotning ikki yonidan chiqib turgan havoda suzish va muallaq turish
vositasi” sememasiga ham ega polisemantik leksemaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |