Hukmning umumiy xarakteristikasi. Hukm va gap.
Hukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida bo’ladi. Masalan, tushuncha tafakkur shaklidir – tasdiq hukm, tushuncha gap emas – inkor hukm. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning ichki, zaruriy xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini bilib boramiz. Predmetlar haqida hosil qilingan bilimlar hukm yordamida ifodalanadi. hukm ham tushunchaga o’xshash ob'ektiv voqe'lik in'ikosi natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari, o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli belgisidir. Shuning uchun, agar hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo’lmasa, u hukm bo’la olmaydi. Demak, hukm narsa va xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir.
Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida okeandir – chin hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi. Masalan, Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir – xato hukmlar hisoblanadi.
Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. Fikrlash jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob beriladi. Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning sub'ekti – bu hukmning predmetini ifodalovchi tushuncha bo’lib, S simvoli bilan ifodalanadi. hukmning predikati – uning predmeti belgisi va munosabatini ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. Sub'ekt va predikat hukmning terminlari hisoblanadi. Subekt va predikat munosabatini mantiqiy bog’lovchi “ – ” ifodalaydi. U o’zbek tilidagi “ifodalaydi”, “hisoblanadi”, “boradi”, “keladi” kabi fe'llarga to’g’ri keladi. hukmning formulasi – S – P. Masalan, daftar (S) – (bog’lovchi) o’quv quroli (P).
Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi.
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz.
Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”.
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. Bunday holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor ham bo’lishida ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor hukm esa S – P emas formulasi bilan ifodalanadi.
b) hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan predmetlarning miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm faqat o’z sifati bilangina ajralmasdir balki son bilan xam ajraladi. hukm bir predmet, predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar sinfiga kiruvchi barcha predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor qilishi mumkin. Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga bo’linadi.
Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. Masalan: Ahmedov ikkinchi kurs talabasi yoki Ahmedov uchinchi kurs talabasi emas. Yakka hukmlar formulasi:
“S – P dir” yoki “S – P emas”.
Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm «ba'zan S – P dir» yoki «ba'zan S – P emasdir» formulasiga ega. Masalan: ba'zi yoshlar talabadir yoki ba'zi yoshlar talaba emas.
Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti hamma vaqt tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma», «har bir», inkor etuvchi bo’lsa «hech bir», «hech qaysi» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan: hamma fanlar o’z tadqiqot ob'ektiga ega. hech bir metall gaz emas. Umumiy hukmlar tasdiqlovchi shaklda «hamma S – P dir», inkor shaklida esa «hech bir S – P emas» formula bilan ifodalanadi.
Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar son va sifat jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy inkor hukmlarga bo’linadi. Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida guruhga ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan tenglashtiriladi.
Umumiy tasdiq hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan: hamma daryolar (S) o’z oqimiga ega (R). Umumiy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi.
Umumiy inkor hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan: hech bir o’simlik hayvon emas. Umumiy inkor hukmlar lotin alifbosidagi ye harfi bilan belgilanadi.
Juz'iy tasdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan: Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi I harfi bilan belgilanadi.
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan: Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlarda terminlar(sub'ekt va predikat)ning hajmiga ko’ra to’liq va to’liqsizga bo’linadi.
Umumiy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liq, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: “hamma talabalar o’quvchidir”. Bu yerda hukmning sub'ekti to’liq, predikati to’liqsie, chunki barcha o’quvchilar talaba emas. “hamma insonlar ongli mavjudotdir”. Bu yerda hukmning sub'ekti ham, predikati ham to’liq olingan, chunki faqat insonlargina ongli mavjudotdir.
Umumiy inkor hukmlar ning sub'ekti va predikati har doim to’liq hajmda olingan bo’ladi. Masalan:
Juz'iy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liqsiz, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Masalan: “Ba'zi o’simliklar daraxtdir”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liq olingan, chunki fikr o’simliklarning bir qismi va daraxtlarning barchasi haqida ketayapti. “Ba'zi respublikalar yevropada joylashgan”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz, predikat esa to’liqsiz olingan, chunki respublikalarning va yevropa davlatlarining bir qismi haqida fikr yuritilmoqda.
Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti to’liq va predikati to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi.
Hukmlarning predikat mazmuniga ko’ra turlari. 1.Atributiv (xususiyat) hukm. 2.Mavjudlik hukmi. 3.Munosabat hukmi.
1.Atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o’z belgilari bilan bo’lgan bog’lanishlarini ifodalaydi.
Buyumlar belgisiz bo’lmagani kabi, belgilar ham buyumlardan ajralgan holda bo’lmaydi.
2.Munosabat hukmi ob'ektiv borlikdagi buyumning bor yoki yukligin haqida ma'lumot, bilim beradi.
3. Munosabat hukmlari. Bu hukmlar ikki yoki undan ko’p buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga, ketma-ketlikka va tenglikka nisbatan bo’lgan munosabatlarini aks ettiradi.
Mantiq ilmida munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar xaqidagi tushunchani; «R» belgisi esa ular orasidagi munosabatni ko’rsatadi.
Endi yuqorida aytilgan munosabatlarni kursatadigan hukmlaga misol keltiramiz.
1. Buyumlarning fazodagi munosabati: «Ukraina Rossiyaning g’arbida joylashgan».
2. Vakt munosabati: «Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi».
3. Tenglik: «institutning bosh binosi uning yangi binosidan katta».
4. Jins munosabati: «Ulug’bek qaxramonning ukasi».
5. Ketma-ketlik : «Ikkinchi jaxon urushi birinchi jaxon urushidan yigirma besh yildan keyin bo’lgan».
Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishi. Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishiga hukm predikatidagi belgining fikrimiz predmetida tasdiq yoki inkor shakldagi bog’lanish darajasi asos bo’ladi. Shunga ko’ra, mantiqda hukmlar ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va ikkinchidan, uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli hukmlarga ajraladi.
1. Hukmnng ob'ektiv modalligi inson ongidan tashqari bo’lgan buyumlarning ob'ektiv, ehtimoliy, voqeiy yoki zaruriy bog’lanishlarini aks ettiradi.
a) Ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishning tasdiq yoki inkor shakli extimoliy bo’lishini yoki bo’lmasligini ko’rsatadi. Mantiqda ehtimoliy hukm «extimol S - R emas» formulasi bilan ifodalanadi.
Ehtimoliy hukmlarning chinligi va bu hukmlarning voqeiy hukmlarga aylanishi, aytilgan xodisaning qanday darajada yuz berishi bilan bogliq. Odatda, ehtimoliy hukmlar haqiqatga zid bo’lmasalar, albatta, chin vokeiy hukmlarga aylanadi.
b) Voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi, ya'ni S va R orasidagi bog’lanish aniq ekanligi, ya'ni hukm fakt va bo’lgan voqeaning haqiqat ekani yoki emasligi haqida xabar beradi. Odatda, voqeiy hukmlar ifoda etilgan voqeaning mavjud xolatini qayd qilishga qaratilgan bo’ladi. Bunday vaqtda bog’lanishning tasodifiy yoki zaruriy ekanligi alohida ko’rsatiladi.
O’zbek adabiy tilida voqelik hukmlar, agar ular tasdiqlovchi bo’lsa, «so’zsiz», «haqiqatan», «ham», «albatta», «shubxasiz», «darhaqiqat» kabi so’zlar yordami bilan ham ifodalanadi.
c) Zaruriy-apodiktik hukmlar turli sharoitlardi ham buyumlar, ham ularning belgilari o’rtasidagi bog’lanishlarning zaruriy bor yoki yo’kligini aks ettiradigan hukmlardir. Zaruriy hukmlar tabiat, jamiyat qonuniyatlari va aqidalarini ifodalaydi. Ikkinchi xil qilib aytganda, zaruriy hukm narsalar, xodisalar bilan belgilar orasidagi bog’lanishning muqarrar ekanligini aniqlab beradi.
2. Fikrning isbotlanuvchanlik darajasiga qarab hukmning mantiqiy modalligi ikki asosiy qismga: a) problematik va b) ishonchliga bo’linadi.
a) Mantiqiy modallikdagi problematik hukm o’z xususiyatlari bilan ob'ektiv modallikdagi extimoliy hukmlardan ajraladi. Ob'ektiv modallikdagi problematik hukm tajribadan tekshirilgan bo’lib, uning yukorida bayon etilgandek, voqelikka o’tishi, ya'ni ob'ektiv voqelikni aks ettirishi muqarrardir.
Mantiqiy modallikdagi problematik hukmning xulosasi hali tajribada tekshirilmagan bo’ladi. Shuning uchun ham narsa, xodisa va ular belgisi orasidagi bog’lanish tasdiq yoki inkor problematik shaklda ifodalanadi.
Shuning uchun mantiqiy modallik shaklidagi problematik hukm: tasdiq shaklida «ehtimol S – P dir» va rad etuvchi shaklda «ehtimol S – P emas» formulalaridan foydalaniladi.
b) Ishonchli hukmlar tafakkur premetlari uchun ma'lum xususiyatni – belgining xos yoki xos emasligini aniqlaydi. Bunday hukmlar “S – P dir” yoki “S – P emas” formulalari bilan ifodalanadi.
Murakkab hukmlar va ularning turlari.
Biz shu vaqtga qadar, sodda hukmlar, ya'ni bir sub'ekt va predikatdan iborat bo’lgan hukmlar ustida fikr yuritdik. Agar hukm tarkibida birdan ortiq sub'ekt va predikat bo’lsa, u murakkab hukm xisoblanadi. Mantiqiiy munosabatiga qarab murakkab hukmlar uch asosiy qismga, ya'ni qo’shuvchi (kon'yunktiv), ayiruvchi (diz'yunktiv), shartli (implikativ), va ekvivalentlik hukmlarga ajraladi.
a) qo’shuvchi (kon'yunktiv) hukmlar. Ikki yoki undan ortio` sodda hukmlarning «va» bog’lovchisi yordamida qo’shiluvidan tashkil topgan murakkab hukmlar qo’shiluvchi (kon'yuktiv) hukmlar deb yuritiladi. qo’shuvchi murakkab hukmlar formal mantiq fanida qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: p(q Masalan, Alisher Navoiy va Z.M. Bobur o’zbek mumtoz adabiyoti vakillaridir.
Pq
P
|
q
|
Pq
|
CHin
CHin
Xato
xato
|
CHin
Xato
CHin
xato
|
CHin
Xato
Xato
Xato
|
b) Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda ifodalanadi:
«S yoki R yoki R1 yoki R2 dir»
Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir».
Birinchi shaklda bir sub'ekt va bir predikat bo’lsa, ikkinchi shaklda, aksincha bir necha sub'ekt va bir predikat bor.
Bo’lingan hukmlarda sub'ektga ta'luqli bo’lgan predikatlar ba'zan o’zaro bog’langan va ba'zan esa bir-biriga zid bo’ladilar.
Pq
-
P
|
q
|
Pq
|
CHin
CHin
Xato
Xato
|
CHin
Xato
CHin
Xato
|
CHin
CHin
CHin
Xato
|
-
P
|
q
|
Pq
|
CHin
CHin
Xato
Xato
|
CHin
Xato
CHin
Xato
|
Xato
CHin
CHin
Xato
|
s) Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi:
R → q
P
|
q
|
Pq
|
CHin
CHin
Xato
Xato
|
CHin
Xato
CHin
Xato
|
CHin
Xato
CHin
CHin
|
Shartli hukm tasdiqlovchi bo’lsa: «Agar S – P bo’lsa, unda S1 – P1 dir» inkor etuvchi bo’lsa u « S – P bo’lmasa, S1 – P1 emas» formulasi bilan ifodalanadi va xokazo. Shartli hukmlar ham boshqa turdagi hukmlarga o’xshash chin yoki xato bo’lishi mumkin. Agar asos uchun keltirilgan shart natijasi extiyoj bilan bog’liq bo’lsa, u chin bo’la oladi. Agar shartli hukmda bir xodisaning ikkinchi bir xodisa bilan shartli munosabatda bo’lishi noto’g’ri aks ettirilsa, u xato bo’ladi.
d) Ekvivalentlik hukmlar. Ekvivalentlik hukmlari “agar va faqat agar ... unda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmlarning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Unda ikki holatning mavjud bo’lishi bir-biri uchun zarurat hisoblanadi. Ekvivalentlik hukmlar formulasi qo’yidagicha ifodalanadi: p(q
Pq
P
|
q
|
Pq
|
CHin
CHin
Xato
Xato
|
CHin
Xato
CHin
{ato
|
CHin
Xato
Xato
CHin
|
Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar.
Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz'iy tasdiq (J); juz'iy inkor (O); umumiy tasdiq (A) va umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu hukm shakllari o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi. hukm munosabatlari chin va xato hukmlar orasidagi holatni belgilaydi. hukmlar o’rtasidagi munosabatlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan munosabatlar o’z navbatida sig’ishadigan va sig’ishmaydigan munosabatlarga bo’linadi. Mantiqda hukmlar o’rtasidagi munosabatlar «Mantiqiy kvadrat» ko’rinishida ifodalanadi.
1.Qarama-qarshi munosabat umumiy tasdik (A) va umumiy inkor (E) hukmlar
O’rtasida bo’lib ular o’zlariga xos sub'ekt va predikatga ega bo’ladi. Bunday munosabatga muvofiq agar bir hukm chin bo’lsa, unga qarshi bo’lgan hukm xatodir, ikki qarama-qarshi hukm bir vaqtda chin bo’la olmaydi, ammo bir vaqtda xato bo’la oladi. Bu qarama-qarshi hukmlarning (A yoki ye) xatoligidan ikkinchisining chin bo’lishi xaqida xulosa chiqarish xatodir, u xato yoki chin bo’lishi mumkin.
2. Bir-biriga zid munosabatlar. Bunday munosabat umumiy tasdiq (A) bilan juziy inkor (O) va umumiy inkor (E) bilan juziy tasdik (1) hukmlari orasida bo’ladi. Bu munosabat qoidasiga muvofiq hukmlar chin va xato bo’la olmaydi; hamma vaqt biri chin va ikkinchisi esa xato bo’ladi. Bunday bir-biriga zid bo’lgan hukmlar o’rtancha chin hukmning bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
a) Bir-biriga zid munosabatda bo’lgan hukmdagi belgilar bir yoki bir guruhdagi buyumlarga ta'lukli yoki ta'lukli emas. Shuning uchun ham bir vaqtda chin yoki xato bo’la olmaydi. qarama-qarshi hukmda esa buyumdagi belgi ta'lukli yoki ta'lukli emasligiga qarab birdaniga xato bo’lishi mumkin.
b) Qarama-qarshi hukm o’rtancha holat bo’lishi mumkinligini bir-biriga zid hukm esa o’rtancha holat bo’lmasligini ko’rsatadi. qarama-qarshi hukmlar sub'ekti bir sinfdagi buyumning xajmini o’z ichiga oladi. Bir-biriga zid buyum sub'ekti to’la xajmini o’z ichiga olmaydi.
3. Qo’yi qarama-qarshi munosabat juz'iy tasdik (J) va juz'iy inkor (O) hukmlar orasida bo’ladi. Bunday hukmlar formulasi «Ba'zi S - P» va «Ba'zi S – P emas» shaklida ifodalanadi. qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar juz'iy bo’lib, biri tasdiq ikkinchisi inkor hukmdir. qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar qarama-qarshi munosabatdagi hukmlardan farq qiladi. qo’yi qarama-qarshi hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi, ammo bir vaqtda xato bo’lmasligi mumkin.
4. Buysunuvchi munosabatdagi hukmlar. Bu hukmlar umumiy tasdiq (A) va juz'iy tasdiq (J) hamda umumiy inkor (E) va juz'iy inkor (O) hukmlari orasida bo’ladi. Ikkinchi xil qilib aytganda, A – J va ye – O munosabatlaridir. Bunday vaqtda umumiy hukmlar itoat buysuntiruvchi va juz'iy hukmlar esa itoat buysunuvchi bo’ladi. Umumiy hukmlarning chinligi juz'iy hukmlarning chinligiga olib boradi.
Savol va javob. Norma va hukm.
Savol va javob orqali bilimlarimiz predmetlar haqida avval hosil qilingan hukmlardan ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab boradi. Bu jarayon savolni qo’yish va javobni topish orqali amalga oshadi. Savollar so’roq gap orqali ifodalanganligi uchun hukmni ifodalamaydi. hukm predmet xaqidagi ma'lum bilimni qayd qilsa, savol uning yangi xossa va munosabatlarni aniqlashga qaratiladi.Savolning qo’yidagi xususiyatlari mavjud.Birinchidan,savolda ma'lum bir boshlang’ich bilim mavjud bo’ladi; ikkinchidan, savoldagi asosiy bilim noaniq bo’ladi; uchinchidan, savolda predmet haqida to’laroq bilimga ega bo’lish ehtiyoji bo’ladi.
Demak, savol bilimdagi noaniqlikni yo’qotish hamda aniq va to’la bilim hosil qilishga qaratilgan fikrlash vositasidir.Savolning asosi (datum questioins ) unda mujassamlashgan bilimdir.
Savolning qo’yidagi turlari mavjud:
To’g’ri va noto’g’ri savol.
Aniqlovchi va to’ldiruvchi savol.
Oddiy va murakkab savol.
Masala – savolning alohida bir turi bo’lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o’zgartirishni, yetishmayotgan ma'lumotlar bilan to’ldirishni, muhim jihatlarini ajratishni, muhim bo’lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Savol qo’yishning qoidalari:
Savol til talablariga javob berishi kerak.
Savol aniq va qat'iy ifodalanishi kerak.
Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo’lishi kerak.
Javob – predmet haqidagi avvalgi qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtirilgan yangi hukm. Javob savolni asosiga tayangan holda yangi bilim hosil qiladi. Javobni maqsadi savoldagi noaniqlikni aniqlashdir.
Javobning turlari:
Bevosita javob – savolda ko’rsatilgan noma'lum sohaga taaluqli mulohaza.
Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetlashib, qo’shimcha ma'lumotlarga murojaat qilish orqali hosil qilingan mulohaza.
To’liq javob – o’zida savolning barcha elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza.
To’liqsiz javob - o’zida savolning ba'zi elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza.
Chin javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq keladi.
Xato javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq kelmaydi.
qisqa javob “ha” yoki “yo’q” tarzidagi tasdiq va inkor shaklida bitta so’zdan iborat bo’ladi.
Batafsil javob savolning har bir elementini takrorlaydigan mulohaza.
Aniq javob – to’g’ri qo’yilgan savolga bildirilayotgan fikr bo’lib,undagi so’zlar mazmuni aniq bo’ladi.
Noaniq javobda ikki xil ma'noni anglatuvchi so’zlar ishtirok etadi.
Javobning to’g’ri bo’lishi qoidalari:
Javob aniq varavshan bo’lishi kerak.
Javob mantiqan ziddiyatsiz bo’lishi kerak.
Javob yetarli asosga ega bo’lishi kerak.
Javob savoldjagi noaniqlikni kamaytirishi kerak.
Norma amalga oshirilishi lozim bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlardir.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. hukmni ifodalagan gapni toping va hukm terminlarini ko’rsating.
Masalan: O’zbekiston(S)Markaziy Osiyoda joylashgan mustaqil davlatdir (P).
Kit yer yuzidagi eng katta hayvondir;
inson faoliyati mahsuli bo’lgan til tafakkur bilan uzviy bog’liqdir;
Germaniya yevropaning markaziy qismida joylashganmikan?
odami ersang demagil odami (A. Navoiy);
qaysi talaba imtihondan a'lo baho olishni hohlamaydi;
dunyoda har doim tinchlik va barqarorlik bo’lsin;
axborot asri bo’lgan XXI asrda internet tarmog’ining mavqei oshadi;
inson uchun qimmatbaho bo’lgan sog’liqni asrash kerak.
2-mashq. hukmni turini aniqlang, atributiv va munosabat hukmlarni
sxemasini keltiring hamda munosabat va mavjudlik hukmlarni
atributiv hukmga aylantiring.
Masalan: Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan. S-Pdir.
Navoiy viloyati hududi boshqa viloyatlarnikidan kattadir-munosabat hukm, xRy. Atributiv hukmga aylantirsak: Navoiy-hududi bo’yicha boshqa viloyatlardan katta bo’lgan viloyatdir. O’zbekiston o’zining avtomobil sanoatiga ega-mavjudlik hukmi. Atributiv hukmga aylantirsak: o’zbekiston-avtomobil sanoatiga ega davlatlardan biridir.
terrorizm-jamiyat taraqqiyoti tahdid soluvchi fenomen;
Alisher Anvardan katta;
O’zbekistonning shimolida qozog’iston joylashgan;
Ulug’bek Amir Temurning nevarasi;
Toshkent shahrida drama teatri bor;
I. Kant – nemis klassik falsafasining vakili;
Osiyoning hududi yevropanikidan katta;
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning ko’pchiligi yevropada joylashgan.
3-mashq. Qo’yidagi mavjudlik hukmlarning sub'ekti, predikati va
bog’lovchisini toping. hukmlarning soni va sifatini aniqlang,
kvantor so’zlarni ko’taring.
Masalan: Barcha (kvantor so’z) davlatlar (S) o’zining huquqiy
normalariga (P) egadir (bog’lovchi)-soniga ko’ra umumiy,
sifatiga ko’ra tasdiq.
Hech bir sporchi mag’lubiyatni istamaydi;
ba'zi talabalar a'lo bahoga o’qishadi;
ba'zi daraxtlar mevalidir;
O’zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatdir;
ba'zi sut emizuvchi hayvonlar yirtqichdir;
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng katta shahardir;
“Avesto” zardo’shtiylik dinining asosiy manbasi hisoblanadi;
barcha halqlar tinchlik tarafdoridir;
gap grammatik kategoriya hisoblanadi.
4-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, ularni
chizma va harflar bilan belgilanashini ko’rsating.
Masalan: Barcha tadbirkorlar ko’proq daromad olishga intilishadi. hamma S-P dir-umumiy tasdiq (A).
hech bir dengiz suvsiz bo’lmaydi;
ba'zi qo’shiqchilar opera ijrochilaridir;
ba'zi hayvonlar suvda yashaydi;
ba'zi mutafakkir olimlar o’rta asrlarda yashagan;
barcha ilmiy nazariyalar isbotlangan bo’ladi;
barcha ilmiy gipotezalar isbottalab qiladi;
hech bir muvofaqqiyat mashaqqatsiz qo’lga kiritilmaydi;
ba'zi kasb egalari sanoat ishlab chiqarishida ishlaydi;
dangasalarning barchasi osonlik bilan boylik orttirishga intilishadi;
internetdagi ba'zi ma'lumotlar o’zbek tilida berilgan;
ba'zi davlatlar o’z parlamentiga ega emas.
5-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, terminlar
o’rtasidagi munosabatlarni Eyler doirasi bilan ifodalang, sub'ekt bilan predikatning taqsimlanishini aniqlang.
Masalan: Olma mevali daraxtdir.Umumiy tasdiq hukm (A). S-taqsimlangan P-taqsimlanmagan.hech bir jinoyat to’la oqlanmaydi;
barcha yolg’on fikrlar o’zining yetarli asosiga ega bo’lmaydi;
guruhimizning ba'zi talabalari ingliz tili to’garagida ishtirok etishadi;
jahonda sodir bo’layotgan barcha siyosiy jarayonlar ma'lum darajada tarixiy taraqqiyotga o’z ta'sirini o’tkazadi;
ba'zi hayvonlar qizil kitobga kiritilgan;
tabiatda ro’y berayotgan ba'zi ekologik o’zgarishlar inson faoliyati natijasida sodir bo’lmoqda;
O’zbekiston Respublikasi hududida turli millat vakillari istiqomat
qilishadi;
h) barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlar tabiiy resurslar uchun ehtiyoj
sezishadi;
i) o’z sog’lig’i haqida qayg’uradigan kishilar doimiy vrach ko’rigidan o’tib
turishadi;
j) ilmiy induktsiya metodlari tabiiy fanlarda ham qo’llaniladi;
k ) terroristik harakatlar insoniyat sivilizatsiyasi uchun tahdid saladi.
6-mashq. qo’yidagi hukmlarda terminlar o’rtasidagi munosabatlarni
Eyler doirasi bilan ifodalang.
Masalan: Iikkinchi kursda mantiq fani o’tiladi.
Mantiqga oid qarashlar dastlab qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan;
genetikaning muammolarini o’rganish hozirgi zamon fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir;
c) paxta O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan texnik o’simlik;
d) Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasining parlamentidir;
e) buyuk davlatchilik shovinizmi g’oyasi bugungi kunda ko’p tarqalgan geosiyosiy qarashlardan biridir;
f) ba'zi talabalar pedagogika institutida o’qishadi;
g) hamma talabalar ham o’tilgan mavzuni to’liq o’zlashtirisha olmaydilar;
h) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’z samarasini bermoqda;
i) Farobiy Sharq falsafasining yirik vakillaridan biridir;
j) institutimizning barcha fakultetlarida mantiq fani o’tiladi.
7-mashq. Murakkab hukm turini aniqlang, uning tarkibidagi oddiy
hukmlarni ajratib ko’rsating hamda hukmlarni mantiqiy bog’lovchilar yordamida simvollar bilan ifodalang.
Masalan: munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli yoki ta'luqli emasligini ifodalaydi – diz'yunktiv (ayiruvchi) hukm. Uning tarkibidagi sodda hukmlar:
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli ekanligini ifodalaydi
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli emasligini ifodalaydi.
p q
a) zilzila, vulqon otishi va suv toshqini tabiiy ofatlar hisoblanadi;
b) o’z sohasini yaxshi o’zlashtirgan hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirgan bo’lajak o’qituvchilar maktabda o’quvchilarga chuqur bilim bera olish imkoniyatiga ega bo’lishadi;
c) harakat vaqt va fazo bilan uzviy aloqadadir;
d) hech bir inson o’ta aqlli yoki aqlsiz bo’lib tug’ilmaydi;
e) har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi nafaqat
tabiiy resurslarga, balki tashabbuskor va intelaktual
salohiyatga ega shaxslar faoliyatiga ham bog’liq;
f) agar fuqaro 18 yoshga tulgan bo’lsa O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiq saylash huquqiga ega bo’ladi;
g) bizning fikrimiz agar quruqlikda yashaydigan eng yirik
hayvon haqida bo’lsa, u albatta fil haqida bo’ladi;
h) Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda So’g’d, Baqtriya va
Xorazm davlatlari bo’lgan;
i) ushbu o’yinni “Paxtakor” jamoasi mag’lubiyat yoki durang bilan
yakunlasa shu mavsumda O’zbekiston chempioni bo’la olmaydi.
8-mashq. hukmlarni tahlil etib uning turini aniqlang va simvollar
yordamida ifodalang.
Masalan: 1) Abdurahmon Jomiy o’rta asrlar mumtoz adabiyotining yirik vakili hamda buyuk mutafakkir va shoirdir. (p q r)
2) Agar kasallikni vaqtida oldi olinmasa yomon asoratlar qoldiradi va inson hayoti uchun xavf tug’diradi. (p q r)
3) ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deyiladi.
tinchlik va barqarorlik jamiyat taraqqiyoti kafolatidir;
qonunbuzarlik holati jinoyat yoki ma'muriy javobgarlik kodeksi bilan jazolanishi mumkin;
agar fakultetimiz talabalari fan olimpiadasining institut bosqichida o’rin egallashsa respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi;
har bir fuqaro o’zi yashaydigan mamlakat qonunlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni rioya etishadi;
halqaro shartnomalar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan ma'lum muddatga va biron-bir maqsadni ko’zlab tuziladi;
agar talaba surunkali tarzda darslarga ishtirok etmasa va fanlar bo’yicha materiallarni o’zlashtirmasa reyting nazoratlarini topshirishda qiyinchiliklarga duch keladi;
talaba Ahmedov Farobiyning “Falsafani kelib chiqishi” yoki Aristotelning “Kategoriyalar” asarlaridan birini o’qishga ahd qildi;
agar ikki yoki undan ortiq hukmlar asosida xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish deyiladi;
etika, estetika, mantiq va sotsiologiya fanlari falsafa bilan uzviy bog’liq;
predmetning begisini bildirib qanday? va qanaqa? Savollariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi.
9-mashq. qo’shuvchi va ayiruvchi hukmlarni gap tarkibidan ajratib alohida ko’rsating hamda ularni sitmvollar bilan ifodalang.
Masalan: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan va madaniyat
antik davr fani va madaniyati asosida rivojlandi
1)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda fani antik davr fani asosida
rivojlandi;
2)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan antik davr fani asosida
rivojlandi;
3)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati
asosida rivojlandi
4)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati asosida rivojlandi
hukmlarning inkor qilinishi.
10-mashq. qo’yidagi hukmlarni inkorini keltiring hamda chin va
xatoligini ko’rsating.
Masalan: A – Barcha talabalar tarix fakultetida o’qiydi (xato).
O – Ba'zi talabalar tarix fakultetida o’qimaydi (chin).
I – Ba'zi hayvonlar quyosh yuzida yashaydi (xato).
ye – hech bir hayvon quyosh yuzida yashamaydi (chin).
barcha halqlar o’z tarixiga ega (chin),
ba'zi mamlakatlar Avstraliyada joylashgan,
hech bir sabab oqibatsiz emas,
barcha binolar o’z poydevoriga ega,
bugun dars yoki imtihon bo’ladi,
ba'zi transmilliy kompaniyalarning ishlab chiqarish
korxonalari faqat bir mamlakatda joylashgan,
g) ba'zi tarixiy asarlar o’rta asrlar tarixi haqida hikoya
qiladi,
h) hech bir metall oksidlanmaydi,
i) ba'zi hukmlar o’rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilik va
zid bo’ladi,
j) barcha cherkovlar gumbazli binolar.
11– mashq. quyidagi kon'yunktiv va diz'yunktiv hukmlarni inkor qiling hamda simvollar bilan ifodalang.
Masalan: 1) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
Bugun guruhda Nargiza yoki hilola navbatchi. Bugun guruhda Nargiza va Hilola navbatchi emas.
2) ayiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Jinoyat sodir etmagan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir etmagan shaxslar huquqbuzar emas. Jinoyat sodir etgan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir qilgan shaxslar huquqbuzardir.
3) birlashtiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
qishda qor va yomg’ir ko’p yog’adi. qishda qor va yomg’ir ko’p yog’maydi.
4) birlashtiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Arzon va sifatli bo’lmagan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’lmaydi. Arzon yoki sifatli bo’lgan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’ladi.
a) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qiling:
1) ushbu guruh talabalari falsafa yoki dinshunoslik to’garagiga qatnashishadi;
2) tayyorlangan taom shirin yoki sho’r bo’ladi;
3) jahon dinlari politeistik yoki monoteistik bo’ladi;
4) fizikaga oid bilimlar asosan tajriba yoki kuzatish orqali qo’lga kiritiladi.
b) ayiruvchi inkor hukmni inkor qiling:
1) shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmaydigan va o’z sog’lig’i haqida doimiy qayg’urmaydigan bemorlar kasallikdan tez forig’ bo’lishmaydi;
2) jamiyat taraqqiyotiga va inson manfaatlariga xizmat qilmaydigan g’oyalar ijtimoiy ahamiyatli emas;
3) sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan munosabatda bo’lmagan tushunchalar taqqoslanmaydi;
A D A B I Y O T L A R:
-
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.; «O`zbekiston» , 1992y.
-
I.A.Karimov O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. «O`zbekiston». 1998 y.
-
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.; «O`zbekiston», 1999.
-
Karimov I.A. Mustaqil O’zbekistonning davlat siyosati insoniylik va ezgulik qonunlariga asoslanadi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. Xalq irodasi bilan tanlangan yo’l. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. O’zbekiston dunyo xaritasida o’ziga munosib joy oldi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Istiqlolimiz tarixining yorqin ko’zgusi, “Xalq so’zi”, 2011 yil 2 avgust.
-
Voyshvillo Ye.K Simvolicheskaya logika: klassicheskaya i relevantnaya. M. Izd. MGU 1989 g.
-
Voyshvillo Ye.K. Ponyatie kak forma mishleniya.-M., 1989.
-
Voyshvillo Ye.K. Degtyarev M.G. Logika.-M., 1999.
-
Getmanova A.D. Logika.-M., 1995.
-
Gorskiy D. P., Ivin A.A., Nikifirov A.L. Kratkiy slovar po logike. M., 1991.
-
24. Logika i kompyuter. Modelirovanie rassujdeniy i proverka pravilnosti programm. -M.; «Nauka» 1990.
-
Logika: nauka i iskusstvo. – M.; 1993.
-
Makovelskiy A.O. Istoriya logiki. –M., 1967.
-
Malik Murod. O`zbek qadriyatlari. – T.; «Cho`lpon», 1995.
-
Markin V.I. Silogisticheskie teorii v sovremennoy logike.- M. Izd-vo MGU, 1991.
-
Al – Farabi. Logicheskie traktatы. Alma-ata, 1975
-
Forobiy va uning falsafiy risolalari. (M. Xayrullayev taxriri ostida) T.; «Fan» 1969
-
Xayrullayev M. Uygonish davri va sharq mutafakkiri. – T.; «O`zbekiston», 1981
-
Xayrullayev M, M.Haqberdiev. Mantiq. T.; «O`qituvchi» 1993 y.
-
O`zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. Akademik M.Xayrullayev tahriri ostida. – T.; «O`zbekiston», 1995
-
Sherbatskoy F.I. Teoriya poznaniya i logika po ucheniyu pozdneyshix buddistov. CHasti 1-2. M.; 1995.
-
Sharipov M, Fayzixujayeva D. Mantiq. (Ma`ruzalar matnlari) T.;2001 y.
-
Sharipov M, Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O`quv kullanma. T.; 2004
-
Internet saytlari.
-
O`zbek tilida
-
www.press-servis.uz - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
-
www.edu.uz - O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi
-
www.gov.uz - O`zbekiston Respublikasi Hukumati
-
www.ziyonet.uz –
-
www.faak.uz – O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi
-
www.pedagog.uz-
-
www.vak.uz –O`zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi
-
www.nuu.uz - O`zbekiston Milliy universiteti
-
www.uwed.uz – Toshkent jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti
-
www.samdu.uz – Samarqand davlat universiteti
9-mavzu: XULOSA CHIQARISH
4soat
Mavzu rejasi va bayoni
-
Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi.
-
Bevosita xulosa chiqarish turlari.
-
Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm).
-
Induktiv xulosa chiqarish.
-
Analogiya.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning hararat yo’nalishiga ro’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Maskur tasnifda xulosa chiqarishnifikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |