Tayanch tushunchalar
Badiiy idrok, nafosatli idrok, hissiy idrok, aqliy idrok, nafosatli tarbiya, san’at, zamonaviy komil inson, omillar, vositalar.
Takrorlash uchun savollar
1. Badiiy idrok nima?
2. Nafosatli idrok deganda nimalarni tushunasiz?
3. Nafosatli va badiiy tarbiya o’rtasidagi farq va birlik nimalarda ifodalanadi?
4. Nima uchun san’atni nafosatli tarbiyaning eng muhim vositasi deyish mumkin?
5. Nafosatli tarbiyaning vositalari va omillari nima?
Mavzuga oid adabiyotlar
1. Karimov Islom. "O’zbekiston XXI asr bo’saqasida; qavfsizlikka taqdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari". Toshkent. "O’zbekiston" nashriyoti. 1997.
2. Karimov Islom. "Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin". Toshkent. "O’zbekiston". 1998.
3. Karimov Islom. "Donishmand xalqimizning mustaqkam irodasiga ishonaman". "Fidokor" gazetasi.2000 yil. 8-iyun'.
4. Islom Karimov.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. “O`zbekiston ovozi ” gazetasi, 2010 yil 12 noyabr.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan sammiti yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so’zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.
6. Umarov E, R. Karimov, M. Mirsaidova, G. Ayxodjayeva “Estetika asoslari”, Toshkent, “O’zinkomsentr” 2002-yil
7.Sh. Siddiqova “Estetika” T.: A. Qodiriy nomidagi xalq myerosi nashriyoti, 2002-yil,
8. Oxunova M. “ Adabiy o’hish darslarida estetik tarbiya” - T.: O’qituvchi 1982y
9. Islomova L. “Estetik myeros va tarbiya” - T.: “O’zbekiston “ 1973.
10. Yoqubov N. “Bolalarga estetik tarbiya berishda tabiatning roli” - T.: O’qituvchi 1982-yil
11. Pinxasova F “San’at va tarbiya” Toshkent, O’zbekiston, 1976-yil
12. Priroda iskusstva i teoriya esteticheskogo vospitaniya. Moskva. 1980.
13. Organova O.N. Specifika esteticheskogo vospitaniya. Moskva. 1986.
14.Lanovenko O.P. Hudojestvennoe vospitanie. Kiev. "Naukavo dumka".1987.
15. Puti i sredstvo esteticheskogo vospitaniya. Moskva. "Nauka". 1989.
16.Mahmudov Tilab. estetika i duhovno’e cennosti. Tashkent. "Shark". 1993.
17. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. Toshkent. O’qituvchi. 1995.
18.Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2-kitob. Toshkent. "Ma’naviyat". 1998.
Baholash mezonlari va ko’rsatkichlari (ball)
Guruh
|
1 topshiriq
|
2 topshiriq
|
3 topshiriq (har bir savol 0,2 ball)
|
Ballar yig’indisi
|
(1,0)
|
(1,4)
|
1-savol
|
2-savol
|
3-savol
|
(3,0)
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
7-mavzu: Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
2 soat
Mavzu rejasi va bayoni
1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.
2. Mantiq fani va til.
3. Formal mantiqning asosiy qonunlari.
Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi.
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.
Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi.
3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi.
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir.
Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, “talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan “Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi.
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir.
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi.
Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.
Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi.
Mantiq fani va til.
Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan.
Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o’z fikrlarini ifodalaydi, o’zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo’lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi.
Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir.
Belgilarning qo’yidagi uch tipini ajratish mumkin:
belgi – indekslar;
belgi – obrazlar;
belgi – simvollar.
Belgi– indekslar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko’tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o’zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo’lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o’rganiladi.
Belgilar o’z ma'no va mazmuniga ega. Til belgisining ma'nosini u ifoda qilayotgan predmetning xarakteristikasi tashkil etadi. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan predmetlar yig’indisi tashkil etadi. Ba'zi belgilar o’z mazmuniga ega bo’lmaydi. Masalan, doirasimon kvadrat. Ba'zi belgilar esa o’z ma'nosiga ega emas.
Belgilarning bilish jarayonidagi rolini dastlab Aristotel tadqiq qilgan. Keyinchalik bu muammo bilan Leybnits va boshqa olimlar shug’ullanishgan. Belgilar haqidagi ta'limot ayniqsa XIX asrda lingvistika va simvolik mantiq talablarini oshishi bilan rivojlandi. Belgilar haqidagi fan – semiotikaga amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839-1914) asos soldi. Bu fan tilning uch jihatini o’rganuvchi uch bo’limga bo’linadi.
1) sintaksis – belgilarning o’zaro munosabatini, ya'ni gap tuzilishi qoidalarini o’rganuvchi soha;
2) semantika – belgi bilan u ifoda qilayotgan predmet o’rtasidagi munosabatni hamda belgilar mazmunini o’rganadi;
3) pragmatika – kishilarning belgilarga munosabati hamda belgilar vositasida kishilar o’rtasidagi munosabatni o’rganadi.
Belgilarning bir turi bu nomlardir. Nomlar haqidagi ta'limot nomlanish nazariyasi deb atalib, nemis olimi Gotlob Frege (1848-1925) tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu ta'limotni rivojlanishiga R.Karnap (1891-1970), A.Cherch (1903 tug’) va ye.K.Voyshvillo (1913 tug’) kabi olimlar katta hissa qo’shishgan.
Nom – bu so’z va so’z birikmasi bo’lib, biror-bir predmetni ifodalaydi. Nom ham o’z ma'nosi va mazmuniga ega. Nomning mazmuni u ifoda qilayotgan predmet bo’lib, denotat, designat, naminat deb ataladi. Nomning ma'nosi u ifoda qilayotgan predmetni boshqalaridan ajratib turuvchi xususiyatlarni anglatadi hamda mantiqda kontsept deb ataladi.
Nomlarning ikki tipi mavjud. Birinchi tip nomlar yakka predmetni ifodalaydi va yakka nom deyiladi. Ikkinchi tip nomlar predmetlar sinfini ifodalaydi va umumiy nomlar deb ataladi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi – yakka nom, respublika – umumiy nom. Nomning mazmuniga kiruvchi predmetlar uning hajmini tashkil etadi. Umumiy nomlar universal bo’ladi. Umumiy nomlarning universal deyilishiga sabab, uning hajmini fikr qilinayotgan butun universum tashkil etadi. Masalan: “Umurtqali hayvon” hamda “Umurtqali emas hayvon” deganda shu peredmetlarning (hayvonlarning) barchasi tushuniladi. “Umurtqali hayvon” desak faqat bir qismi tushuniladi. Nomlar turli ma'noga, lekin bir hajmga ega bo’lishi mumkin. Masalan, “O’zbekiston poytaxti” va “Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar”. Lekin bir ma'noga turli hajmga ega nomlar mavjud emas.
Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo’lib, ular bir-birlaridan qanday ob'ektlarni aks ettirishi bilan farq qiladi. Asosiy semantik kategoriyalarga gap va uning tarkibidagi mustaqil qismlar kiradi. Gaplar hukm, savol, normani ifodalashiga qarab sinflarga bo’linadi. Gap tarkibida deskriptiv va mantiqiy atamalar mavjud. Deskriptiv atamalarga
1) yakka nom;
2) umumiy nom;
3) xususiyat va munosabat belgilari;
4) predmetli funktsiya belgilari.
Yakka va umumiy nomlarga yuqorida xarakteristika berib o’tildi. Xususiyat – bu predmetlarni bir-biridan ajratib turadi. Munosabat – xususiyatdan shunisi bilan farq qiladiki u gapda ikki yoki undan ortiq predmetlarni o’zaro aloqasini ochib beradi.
Zamonaviy mantiqda xususiyat va munosabatlar yagona kategoriyaga kiradi. U deskriptiv atama deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlar to’plami) va predikator (predmetlar xususiyat va munosabatlar)lariga bo’linadi. Mantiqiy atamalar – mantiqiy konstantalar gapda deskriptiv atamalarni bog’laydi. Ular o’zbek tilidagi “va”, “hamda”, “yoki”, “yo”, “yohud”, “barcha”, “ayrim”, “hech bir” kabi so’zlar orqali ifodalanadi. Mantiqda predikatlar mantig’i tili va mulohazalar mantig’i tili mavjud.
1) Mulohazalar mantig’i hukmlarning ichki tuzilishidan chetlashib, ularning o’zaro aloqasini tahlil etadigan, formallashgan mantiqiy tizimdir. Mulohazalar mantig’i tili alifbosi qo’yidagilardan iborat.
-
p, q, r – propozitsional o’zgaruvchilar, ya'ni hukmlar uchun simvollar;
b) – kon'yunktsiya belgisi; o’zbek tilidagi “va”, “hamda”, “ham”, “ila” kabi qo’shuvchi bog’lovchilar o’rnida keladi. Masalan, “Akbar (p) va Farrux (q) 2-kursda o’qiydi”.
c) – dizyunktsiya belgisi; o’zbek tilidagi “yo”, “yoki”, “yoxud” kabi ayiruvchi bog’lovchilar o’rnida keladi. Masalan, “talabalar institut yoki universitetda o’qiydi”.
d) – implikatsiya belgisi; o’zbek tilidagi “agar ... bo’lsa, ... bo’ladi” degan ifodaga to’g’ri keladi. Masalan, “agar yoqilg’i bo’lmasa, ichki yonuv dvigateli ishlamaydi”.
e) – ekvivalentlik belgisi; o’zbek tilidagi “ faqat va faqat shundaki ...” ifodasiga to’g’ri keladi. Masalan, “agar geometrik figuraning to’rt tomoni teng bo’lsa, u kvadrat bo’ladi”.
f) – inkor belgisi. Masalan, “qo’rg’oshin metalldir” hukmini inkori “qo’rg’oshin metall emas”.
2) Predikatlar mantig’i muhokama jarayonida hukmlarning ichki tuzilishini ifodalovchi formallashgan mantiqiy sistemadir. Predikatlar mantig’i tili alifbosi qo’yidagilardan iborat:
a) a, b, c, ..., - predmetlar nomlarini ifodalovchi simvollar, ya'ni konstantalar.
b) x, y, z, ..., - predmetlarning umumiy nomlarini ifodalovchi simvollar.
c) P1,Q1,R1,…, Pn,Qn,Rn – bir o’rinli va ko’p o’rinli predikatorlar uchun simvollar.
Hukmlar miqdorini bildiruvchi simvollar: d) - umumiylik kvantori; o’zbek tilidagi “barcha”, “hamma”, “hech bir”, “har bir” kabi so’zlarga to’g’ri keladi. Masalan, “ har bir inson yaxshi yashashni xoxlaydi”.
e) - mavjudlik kvantori; o’zbek tilidagi “ ba'zi ”, “ayrim” kabi so’zlarga to’g’ri keladi. Masalan, “ba'zi geometrik figuralar o’z burchagiga ega emas”
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari).
Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.
Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.
O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir.
Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir.
2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi.
Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir.
Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.
Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi.
3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.
Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”.
Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:
R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi.
Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi.
4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi.
Fikrning asosli bo’lishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo’lsa. Agar V mavjud bo’lsa uning asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga ega bo’ladi. Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni ko’rsatish muhim rol o’ynaydi.
Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim.
Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi.
Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi.
Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi.
A D A B I Y O T L A R:
-
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.; «O`zbekiston» , 1992y.
-
I.A.Karimov O`zbekiston buyuk kelajak sari. T. «O`zbekiston». 1998 y.
-
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.; «O`zbekiston», 1999.
-
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot, pirovard maqsadimiz.. T.: O`zbekiston, 2000.
-
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida.–T.: O`zbekiston, 2008.
-
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.
-
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. –T.: O`zbekiston, 2010.
-
Karimov I.A. Demokratiya – qonunga va shaxsga hurmat demakdir. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. Ilm-fan imkoniyatlaridan to’laroq foydalanaylik. O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasida bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zlangan nutqdan, 1989 yil 28 noyabr. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. Mustaqil O’zbekistonning davlat siyosati insoniylik va ezgulik qonunlariga asoslanadi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. Xalq irodasi bilan tanlangan yo’l. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. O’zbekiston dunyo xaritasida o’ziga munosib joy oldi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida / I.A. Karimov. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”, 2011.
-
Afanaseva O.V. Logika: Ucheb. posobie. M., 2001.
-
Voyshvillo Ye.K. Degtyarev M.G. Logika.-M., 1999.
-
Getmanova A.D. Logika.-M., 1995.
-
Xayrullayev M, M.Haqberdiev. Mantiq. T.; «O`qituvchi» 1993 y.
-
Sharipov M, Fayzixujayeva D. Mantiq. (Ma`ruzalar matnlari) T.;2001 y.
-
Sharipov M, Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O`quv kullanma. T.; 2004
Internet saytlari
Rus tilida.
http://www.philosophy.ru
http://www.kmr.kemsu.ru/
http://www.logic.ru
O`zbek tilida
www.press-servis.uz - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
www.edu.uz - O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |