Ma`ruza matnlari 1 mavzu: Etika fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunon axloqiy ta’limotlari



Download 0,49 Mb.
bet1/13
Sana23.06.2017
Hajmi0,49 Mb.
#12443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Aim.uz



Etika-estetika, mantiq fanidan

Ma`ruza matnlari
1 - mavzu: Etika fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunon axloqiy ta’limotlari.

2 soat
Mavzu rejasi va bayoni1 - mavzu: Etika fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari.Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunon axloqiy ta’limotlari.

1..


2.Qadimgi Sharq axloqiy ta’limotlar beshigi (Shumer, Bobil, Misr). “Avesto” qadimgi dunyoning axloqiy qomusi.

4.


5. Axloqiy pandnomalar

3.

4.



Tayanch tushunchalar

Axloqshunoslik Etika, Odob, Xulq, Axloq., Noosfera, Etosfera, Biologik axloqshunoslik.



MAVZUGA DOIR QO’SHUIMCHA ADABIYOTLAR:



  1. Karimov I.A. O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Toshkent., «O`zbekiston», 1995.

  2. Karimov I.A. Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo`lsin. Toshkent, «O`zbekiston», 1994.

  3. Islom Karimov.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. “O`zbekiston ovozi ” gazetasi, 2010 yil 12 noyabr.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan sammiti yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so’zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.

  5. Ibn Sino. Bahmanyor al-Ozarboyjoniy bilan munozara. «Sog`lom avlod uchun» jurnali, 1996 yil, 3-4-sonlar.

  6. G.Ionin. Sotsiologiya kulturo`: pult v novoe tusyachelitie. Moskva. Logos. 2000.

  7. G.Maxmudov. "Avesto" haqida. T. 2000.

Baholash mezonlari va ko’rsatkichlari (ball)


Guruh

1 topshiriq

2 topshiriq

3 topshiriq (har bir savol 0,2 ball)

Ballar yig’indisi

(1,0)

(1,4)

1-savol

2-savol


3-savol

(3,0)

1



















2



















3





















2- Mavzu: O`rta asrlar va yangi davr axloqshunosligi.

Jadidlarining axloqiy qarashlari

2 soat
Mavzu rejasi va bayoni
1. O`rta asrlar musulmon sharqi axloqshunosligi.

2. Yangi davr axloqshunosligi.

3. Jadidchilar axloqiy tamoyillari.

4.«Turkiy guliston yoxud axloq», «Oila» asarlarining axloqiy mohiyati.


O`rta asrlarga kelib nasroniylik Ovro`po xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini cherkovga bo`ysundirdi, hamma sohalar bo`yicha cherkov nazorati o`rnatildi. Bu bilan ilm-fan va san'at cherkov belgilab bergan chegaralar doirasidagina rivojlanishga mahkum etilgan edi. Islom dinida esa, ayniqsa, tasavvufning vujudga kelishi tufayli, muayyan ma'noda hurfikrlilik mavjud bo`lib, ilm-fan va san`at taraqqiyotiga keng yo`l ochildi. Natijada Qadimgi dunyo mumtoz axloqshunosligi ilgari surgan g`oyalarni rivojlantirish, u o`rtaga tashlagan muammolarni hal etish, o`sha davr va keyingi davrlar uchun dolzarb bo`lgan muhim nazariy hamda badiiy-axloqiy asarlarni yaratish, asosan, musulmon Sharqi allomalarining zimmasiga tushdi.

Bu davr axloqshunosligi ham turli xil axloqiy-falsafiy oqimlardan tashkil topgan. Lekin bunday oqimlar yoki yo`nalishlarning o`ziga xosligi shundaki, ular Qadimgi dunyo axloqshunosligi singari nisbatan qat’iy chegaralarga ega emas. Chunonchi, Umar Xayyom o`zining tabiiyyunlar yo`nalishiga mansub deb hisoblasa-da, aslida uning falsafiy-axloqiy qarashlari ko`proq tanosux; ul-arvoh (ruhlarning ko`chib o`tishi) oqimiga taalluqlidir. Yoki mashshoiyyunlik oqimining buyuk vakillari deb tan olingan Forobiy va Ibn Sinoning axloqiy qarashlari ba'zi jihatlari bilan tasavvufiy axloqshunoslikka ham taalluqli ekani ko`zga tashlanib turadi, Ammo, shunga qaramay umuman olganda -falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap ketganda, musulmon Sharqida ikki yo`nalish alohida o`rin tutadi. Bular - mashshoiyiunlik va tasavvuf axloqshunosligi.

O`rta asrlar musulmon Sharqida mashshoiyiunlik yoki, boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimini buyuk arab mutafakkiri al-Kindiy boshlab berdi. Uning asoschisi esa turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr al-Forobiy (870-950) hisoblanadi.

Arastu izidan borib, Forobiy ham falsafani ikkiga — nazariy va amaliyga bo`ladi hamda axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning «Baxtga erishuv yo`lini kursatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko`tarilgan. Ularda inson baxti eng asosiy muammo sifatida o`rtaga tashlanadi. «Vaxt - har bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi», deydi Forobiy.

O`rta asrlar musulmon Sharqida o`rtaga tashlangan ko`pgina axloqiy muamolar Ovro`po Uyg`onish davrida ham muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Lekin endi ularga ko`proq insonparvarlik insonni ulug`lash, insonning aqliy qudratiga ishonch singari yangicha nuqtai nazardan yondoshildi. Uyg`onish davri o`rta asrlardan yangi davrga o`tish bosqichi sifatida namoyon bo`ldi.

Uyg`onish davrining diqqatga sazovor axloqshunoslaridan biri italiyalik faylasuf Lorentso Valladir (1407-1457). Vallaning «haqiqiy va yolgon ezgulik », «Ixtiyor erkinligi haqida» kabi asarlarida barcha jonzotlarning tabiatan o`xiri asrashga va iztirobdan qochishga intilishi haqidagi fikrlarni o`z axloqiy qarashlariga asos qilib oladi. «Hech qaysi jonzot kashu va ruxiy iztirob holatida ne'matga ega deb hisoblanishi mumkin emas» - deydi faylasuf.

- Shu sababli ne'mat uning uchun quvonch hissidir».

Ixtiyor erkinligi masalasiga ham Lorentso Balla katta e'tibor beradi. Uning fikriga ko`ra, har bir inson farovonlik uchun intiladi, yovuzlikdan esa, - u o`z yovuzligimi, o`zganikimi, — qochishga urinadi. Ba'zan inson kimgadir zarar yetkazsa, albatta yovuzligi tufayli emas, balki o`z farovonligini ko`zlab shunday ish qiladi. Demak inson o`z farovonligiga intilar ekan, u to`g`ri yo`lni tanlashi kerak. Ne'matga, farovonlikka egalikning eng muhim sharti - baxtsizlik xavf-xatar, bezovtalikdan yiroq va hamma tomonidan suyukli bo`lish hammaga suyukli bo`lish esa barcha lazzatlarning manbai hisoblanadi; nafrat qurshovida yashash — o`lim bilan teng. Shularga qarab, insonning yaxshi yoki yomonligiga baho beriladi.

Lorentso Vallaning axloqiy qarashlariga xulosa yasaydigan bo`lsak, u odamlararo bo`ladigan barcha aloqalar va munosabatlarda manfaatni chetga surib qo`ymaydi, hatto Xudoga munosabatni ham ana shu manfaat bilan bog`laydi. Insonlarning bir-biriga bo`lgan munosabatida bir-biridan foydalanish maqsadi yotadi, manfaat, shaxsiy farovonlik barcha insoniy qilmishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bundan, shaxsiyat va ijtimoiylik bir-biri bilan ajralmaydigan darajada bog`liqdir, degan fikr kelib chiqadi. Vallaning bu va bunga o`xshash fikrlari keyinchalik Spinoza, Xobbs, Lokk singari ma'rifatparvarlar ta'limotiga turtki bo`ldi.

Uyg`onish davri axloqshunosligida keyingi davrlar uchun ham xarakterli bo`lgan ikki yo`nalish ko`zga tashlanadi. Birinchisi-inson tabiati ibtidodan ezgu, ikkinchisi-ibtidodan yovuz, degan g`oya. Lekin ikkala yo`nalish ham, real tajribadagi inson xudbin mavjudot, degan fikrda to`xtaladi. Farq shundaki, birinchi yo`nalishdagi axloqshunoslar xudbinlikni tarixiy sharoitdan, jamiyatning oqilona tashkil etilmaganidan, tengsizlikdan kelib chiqqan deb bilsalar, ikkinchi yo`nalishdagilar uni inson tabiatining ixtiyori sifatida talqin etadilar. Ana shu yo`nalishlardan birinchisiga moyillikni Lorentso Balla qarashlarida ko`rgan bo`lsak, ikkinchi yo`nalishning yirik vakili boshqa bir italiyalik mutafakkkir Nikkollo Makiavellidir (1469-1527).

Nikkolo Makiavelli ilgari surgan axloqshunoslik va siyosatshunoslik borasidagi g`oyalar bu yo`nalishning asosi sifatida qabul qilinadi hamda necha asrlardan buyon italiyalik faylasuf-axloqshunos ko`pchilikka tanqid ob'ekti bo`lib keladi. Xo`sh, haqiqatdan ham shundaymi? Makiavellining axloqiy qarashlari asosan uning «Xukmdor» (1513) asarida o`z aksini topgan. Unda mutafakkir sahiylik va tejamkorlik, shafqat va shafkatsizlik, muhabbat va nafrat singari tushunchalarga batafsil to`xtaladi. Lekin ularga faylasuf O`rta asrlardagiga nisbatan yangicha mazmun va ma'no beradi. U shafqat va shafqatsizlik hakida fikr yuritib, hukmdor fuqarolarni markam tutib turish yo`lida o`zini shafqatsizlikda ayblashlaridan qo’rqmasligi kerak, deydi.

Darhaqiqat, yuzaki qaraganda, Makiavellining bu fikrlari axloqiylik nuqtai nazaridan hech bir mezonga to`g`ri kelmaydigandek ko`rinadi. Aslida esa unday emas. Buni anglash uchun quyidagi omillarni nazarda tutmoq lozim. Birinchidan, mutafakkkir o`z Vatani Italiyani ozod va birlashgan holda ko`rishni istaydi. Bu ezgu yo`lda vatan dushmanlarini aldash, ularga bergan so`zining ustidan chiqmaslik ozoddik va birlikka olib keladigan vosita sifatida namoyon bo`ladi, ya'ni ezgulik hamda ulug`vor orzular tantanasi yo`lida xizmat kiladi. Ikkinchidan, juda ko`p o`rinda Makiavelli «Yangi hukmdor» iborasini ishlatadi. Yangi hukmdor, to`g`rirog`i yangi paydo bo`lgan davlat hukmdori quvlik va qattiqqo`llik siyosatini olib bormasa, davlatni ham, mamlakatni ham, mustaqillikni ham saqlab qololmaydi, ya'ni o`tish yoki tiklanish davridagi turli xil ichki hamda tashqi ig`vogarliklaru qiyinchiliklarni faqat tulkining tadbir korligi-yu, arslonning hamlasi bilan yengib chiqib keta olish mumkin. Uchinchidan, Makiavelli fikr yuritayotganda, Ovro`poda yangi vujudga kelgan milliy davlatni nazarda tutadi. Unig tanqidchilari esa ko`p holarda, allaqachon o`tish yoki tiklanish davrini boshidan kechirgan, o`n yillar, xatto yuz yillar mobaynida o`ziga xos muhim demokratik yo`nalishni ishlab chiqqan va aholisi shu yo`nalishga ongli ravishda munosabatda bo`la olish darajasiga ko`tarilgan mamlakatlarning siyosiy arboblari, faylasuflaridir. Makiavelli ta'limotini esa yuqoridagi har uchala holatda ham Italiya tarixidan ajratib olib tahlil etish mumkin emas. To`rtinchidan, Makiavelli barcha mashhur hukmdorlar tutgan yo`lni, hukmronlik sirlarini shafqatsiz tarzda avra-astarigacha ochib tashlaydi. Bunday «surbetlik» shunday yo`lni bosib o`tgan, lekin o`zini bunaqa yo`lga aloqasi yo`qdek ko`rsatmoqni istagan siyosiy arboblarning g`ashini keltiradi -ularga o`zi uchun hozirda yoqimsiz bo`lgan holatlarni eslatadi. Beshinchidan, shuni doim yodda tutish kerakki, barcha axloqshunoslar ichida faqat Makiavelligina davlat rahbarini alohida, boshqalardan tubdan farq qiladigan axloqiy tip sifatida oladi.

Mana, tariximizdan bir misol. Sohibqiron Amir Temur o`g`li Mironshozh va uning a'yonlarini o`zlariga ishonib topshirilgan hududni boshqarishda adolatsizlikka yo`l qo`ygani, kayfu safoga berilib, raiyyatta jabr qilgani uchun shafqatsizlarcha jazolaydi: barcha a'yonlar o`limga hukm etiladi. Mironshoh esa otasining piri Sayyid Baraka maslahati tufayligina o`limdan saqlanib qoladi va sazoyi qilinadi. Qo`llari bog`liq, tiz chuktirilgan Mironshohning ko`zi oldida barcha a'yonlari bo`g`izlanadi, maxsus o`rnatilgan tarnovdan oqib turgan qon Mironshohning yodida umrbod qoladi - bu ham o`limga teng bir ruhi iiztirob edi. Bu jazo, haqiqatdan ham shafqatsizlik. Biroq, o`n besh-yigirma odamning o`limi va shahzodaning ruhiy iztiroblari evaziga Mironshoh tasarrufidagi Eron, Ozarboyjon, Arran singari ko`plab ulkalarni o`z ichiga olgan ulkan bir hududdagi millionlab aholi amaldor hamda sipozhiylarning bosh-boshdoqligidan, o`z fuqarolik huquqlariga tajovuzidan qutiladi, ya'ni, Amir Temurning shafqatsiz degan nom olishdan qo`rqmay, ota emas, hukmdor sifatida ish ko`rishi tufayli adolat o`rnatiladi; kichik shafqatsizlik ulkan shafq atga aylandi.

Tarixda olmon mumtoz falsafasi deb nom olgan tafakkur o`zining miqyosiyligi va teranligi bilan hanuz fikrlovchi kishilarni hayratta soladi. Olmon mumtoz faylasuflari ingliz, frantsuz faylasuflaridan farqli ularoq, o`z asarlarini keng kitobxon ommasiga emas, balki tor doiradagi o`quvchilarga, falsafani mutaxassislik deb bilgan olimlarga va talabalarga mo`ljallab bitganlar. Shu bois ularning ko`pchilik kitoblari, xususan, axloqshunoslikka oid asarlari ham quruq ilmiy akademik tilda yozilgan va tushunilishi og`ir. Lekin ular o`z asarlarida jahon falsafiy tafakkuri XIX asrning birinchi yarmigacha erishgan barcha yutuqlarni ilmiy tizimlarda umumlashtirganlari va u lardan nihoyatda chuqur ilmiy xulosalar chiqarganliklari bilan ajralib turdilar.

Olmon mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) hisoblanadi. Uning «Axloqiy metafizikaning asoslari» (1785), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788) va «Xulqlar metafizikasi» (1797) asarlari asosan axloqshunoslik va axloqiy muammolarga bag`ishlangan.

Axloqiylikni esa Hegel mana bunday ta'riflaydi: «Axloqiylik xuddi axloqiy borliqda o`zining o`zida va o`zi uchun haqiqiy asosiga va harakatga keltiradigan maqsadiga ega bo`lgan o`zini anglash kabi, o`zidagi o`zini anglashda o`z bilimiga, ixtiyoriga, bu ixtiyorning harakat qilishi orqali o`z voqeligiga ega jonli ezgulik kabi, erkinlik g`oyasidir, axloqiylik o`zini anglashning mavjud dunyosi va tabiiyati bo`lgan erkinlik tushunchasidir... Umuman olganda, axloqiylikda ham ob'ektiv, ham sub'ektiv jihatlar bor, biroq, ular axloqiylik shaklining mohiyati xolos. Ezgulik - bu yerda substantsiya, ya'ni, ob'ektivlikning sub'ektivlik bilan to`ldirilishidir.» Hegel axloqiylik deganda, odamning tarixan axloqdan oldin paydo bo`lgan urf-odatlar va rasm-rusumlarga, ikkinchi tomondan, davlat, tabaqalar, oila oldidagi axloq bilan bog`lik, muayyan majburiyatiga munosabatini nazarda tutadi.

Olmon mumtoz axloqshunosligida bizga ruscha matnlar orqali Lyudvig Feyerbax nomi bilan tanish bo`lgan Ludvix Foyerbaxning (1804-1872) qarashlari o`ziga xos o`rin egallaydi.

Feyerbax yangi falsafani yaratish kerakligi haqidagi g`oyani ilgari suradi; bu falsafasining markazida tabiatdan uzilmagan inson turadi. Shuning uchun uni falsafiylashtirilgan insonshunoslik ham deyish mumkin. «Haqiqiy falsafa, — deb yozadi Feyerbax, — kitob yozishdan emas, odamlarni yaratishdan iborat... Yangi falsafaning ildizi muhabbatning haqiqiyligida». Bu fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, Feyerbax falsafasi, ma'lum ma'noda, axloqshunoslikka borib taqaladi. Axloq, masalalari, ayniqsa, uning «o`lmaslik haqidagi masalaga insonshunoslik (antropologik) nuqtai nazardan qarash» (1846-1866), «Spiritualchilik va moddiyatchilik hamda ixtiyor erkinligiga ular munosabatining o`ziga xosligi haqida» (1863-1866), «Evdeymonchilik» (1867-1869) degan asarlarida, kundalik va xatlarida ko`tarilgan. Faylasufning o`zidan avvalgi mumtozchilardan yana bir farqi shundaki, u muammolarga moddiyatchilik nuqtai nazaridan yondoshadi va aqlni emas, hissiyotni birinchi o`ringa qo`yadi. Uning axloqiy ta'limoti asosan ixtiyor erkinligi va baxt tushunchasiga yo’naltirilgan.

Olmon mumtoz falsafiy tafakkuridan keyin paydo bo`lgan yana bir oqim, nittsshechilik kabi amalda tadbiq etilgan yo`nalish bu markschilikdir. Olmon mumtoz falsafasi zaminida, asosan, Kant, Xegel va Feyerbax qarashlarini yangilash asnosida vujudga kelgan mazkur oqimning asoschilari Karl Xaynrix Marks (1818-1883) va Fridrix Engelsdir (1820-1895).

Insoniyat tarixi mobaynida qadimda ilgari surilgan g`oyalar keyinchalik mohiyatan yangilangan, o`zgargan holda yana maydonga chiqishini kuzatish mumkin. Bu hodisa axloqshunoslik sohasiga ham tegishli. XX asrda yuzaga kelgan va amaliyotda muvaffaqiyatga erishgan yovuzlikka qarshi zo`ravonlik ko`rsatmasdan kurashish -g`ayri zo`ravonlik axloqshunosligi ana shunday «yangilangan eski» g`oyalardan.

Ma'lumki, yovuzlikni yo`qotish, to`g`rirog`i, kamaytirish, zaiflashtirish barcha davrlarda ham asosiy axloqiy muammo bo`lib kelgan. Qadimgi dunyodagi va o`rta asrlardagi Sharq mutafakkirlari yovuzlikni kuchsizlashtirishning yo`li yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob bermaslik deb bilganlar. Bunday yondoshuvni qadimgi hindlar va xitoylarda (yo`ga, jaynchilik buddachilik daoschilik), nas roniylikdagi Iso alayhissalom da'vatlarida, musulmonlikdagi tasavvuf namoyondalarida ko`rish mumkin. Lekin bu davrlarda yovuzlikka yovuzlik bilan javob bermaslikni faqat sabr-toqat Xudoga tashlab qo`yish orqali amalga oshirish mumkin deb bilganlar. Agar hazrati Iso o`z ummatlariga «o`ng yuzingga o`rsa, chap yuzingni tut,» degan bo`lsalar, buyuk mutasavvif va shoir, yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Axmad Yassaviy o`z hikmatlaridan birida shunday deb yozadilar:
Zolim agar jafo qilsa, Alloh degil,

Ilking ochib, duo aylab, bo`yin sungil.


Lekin avvalgi davrlardagi bu qarashlarning mohiyati chidam va bardosh bilan cheklangan bo`lsa, XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan hamda hozirgi paytda muvaffaqiyatli davom etayotgan yovuzlikka qarshi zo`ravonlik ko`rsatmaslik ana shu sabr-bardosh, chidam orqali bo`ysunishni emas, balki kurashishni taqozo etadi. Ana shu yangilangan, mohiyati o`zgargan axloqiy yo`nalishning ibtidosida XIX asr mutafakkiri amerikalik faylasuf-axloqshunos Xenri Deyvid Toro (1817-1862) turadi. Bu yo`nalish doirasida keyinchalik XX asr boshlarida Lev Tolstoy (1828-1910), keyinroq buyuk hind mutafakkiri va jamoat arbobi Mozfndis Karamchand Gandi (1869-1948), amerikalik ruhoniy, faylasuf, jamoat arbobi Martin Lyuter King (1929-1968) singari mutafakkirlar izlanish olib bordilar. Shuningdek AQShdagi Albert Aynshtayn instituti direktori professor Jin Sharp, Polsha fanlar Akademiyasi Falsafa instituti professori Anjey Gjegorchik Rossiya Fanlar Akademiyasi Falsafa instituti professori Abdusalom Guseynov singari zamondosh olimlarimiz ham mazkur yo`nalishda tadqiqotlar olib bormoqdalar.

Keyinchalik shu tajriba asosida «Uolden yoki o`rmondagi hayot» asarini yozdi. Bundan tashqari u «Fuqaroviy itoatsizlik», «Massachusetdagi qulchilik» singari maqola va esselarida ham g`ayri zo`ravonlik axloqshunosligi g`oyalarini ilgari suradi. Toro hayotda ham ana shu g`oyalarga amal qiladi: soliq to`lashdan bosh tortadi. Kunlardan birida shaharga tushganida, uni soliq to`lamagani uchun qamab qo`yishadi. Kimdir uning o`rniga soliq so`mmasini to`lab yuborgandan keyingina Toroni qamoqdan chiqarishadi. U o`zining bu hatti-harakatini quyidagicha tushuntiradi: «Menda, agar shunday imkoniyatim bo`lgan taqdirda ham, dollarlarimga odam sotib olishlarini yoki odamni o`ldirish uchun miltiq sotib olishlarini kuzatib turishga ishtiyoq yo`q». Mutafakkir quldorlik hukm surayotgan Amerika Qo`shma Shtatlari hukumati bilan har qanday aloqani uzishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi va boshqalarni ham shunga chaqiradi.

Martin Lyuter King ham xuddi shunday g`oyani ilgari surar ekan, AQShning mashhur Prezidenti Linkoln hayotidan misol keltiradi. Nima sababdandir Linkolnning ko`rarga ko`zi yo`q. Stenton degan kishi saylovoldi kompaniyasida qo`lidan kelgan yomonlik bilan unga qarshi kurashadi. Linkolnni har qadamda yerga uradi, ming xil gunohda ayblaydi, masxaralaydi, hatto uning tashqi ko`rinishi ustidan kuladi. Linkoln Prezident bulib saylangach, harbiy vazirlik lavozimiga aynan ana shu Stentonni ko`rsatadi. Atrofidagilar unga: «Janob Prezident, Siz xato qilyapsiz, u Sizning dushmaningiz, uning-Siz haqingizda nimalarni gapirganini bilasizmi?!» deb qarshi turadilar. Shunda Linkoln bunday deb javob beradi: «Ha janob Stentonni bilaman. Uning men haqimda nimalar deganini ham eshitganman. Lekin harbiy vazirlikka undan boshqa biror bir loyiq. amerikalik yo`q». Oradan bir necha yil o`tgach, Linkoln o`ldiriladi. Ushanda qabr ustida so`zlangan barcha nutqdan Stentonning nutqi alohida ajralib turadi. U, Linkolnni eng buyuk insonlardan biri deb ta'riflaydi va: «Endi u mangulikka dahldordir», deb o`z nutqini tugatadi. Agar Linkoln Stentonga g`azab bilan qaraganda, ikkisi ham o’lguncha bir-birining dushmani bo`lib qolar edi. Linkoln mehr-muhaabbat vositasida dushmanni do`stga aylantirdi. U bir paytlar o`ziga savol bergan ayolga savol bilan shunday deb javob bergan ekan: «Xonim, axir men o`z dushmanlarimni do`stlarimga aylantirish yo`li bilan halok etmayapmanmi?!»

G`ayri zo`ravonlik axloqshunosligiga qisqacha to`talib o`tishimizning o`zidayoq, biz bu yo`nalishning kelajakdagi asosiy axloqiy ta'limotlardan biri bo`lib qolishini ilgashimiz mumkin. Shaxs, guruh, millat, xalqlar o`z istaklarini, mavjud mustabid tuzum va hukumatdan noroziliklarini tinch yul bilan bildirishlari hamda o`z maqsadlariga zo`ravonliksiz, qon to`kmasdan erishishlari mumkinligi - insoniyatning ulkan yutug`i. Chunki qonli kurashlar, inqiloblar, terror, qurolli quzg`olon singari hodisalar muayyan millat va mamlakat erishgan yutuqlarni yo`qqa chiqaradi, o`lim, vayronagarchilik ma'naviy qadriyatlarning oyoqosti bo`lishi singari ulkan fojialarga olib keladi.

Yangi davr axloqshunosligida tasavvufiy yo`nalishining ham o`z o`rni bor. Bu borada naqshbandiya tariqatining eng kenja bo`g`in mutafakkirlaridan bo`lmish buyuk turk allomasi Muhammad Zohid Qutqu (1897-1980) va uning shogirdi, zamondoshimiz professor Mahmud As'ad Jushonning qarashlari alohida diqqatga sazovor. Muhammad Zohid Qutqu besh jildlik «Tasavvufiy axloq» deb nomlangan fundamental asarida boshqa axloqiy masalalar bilan birga jumardlik mezoniy tushunchasini, Jushon esa o`z asarlarida nafs va uni yengish muammolarini o`rtaga tashlaydilar.

Ular asarlarida inson hayoti oliy qadriyat ekani ta'kidlangani holda, o`zganing hayotini o`zingnikidan oliyroq qadriyat deb qarash g`oyasini ilgari suriladi. Jumardlikning mohiyagi ana shunda. Bunday qarash, shubhasiz hozir zamondoshlarimiz hayotiga kirib kelgan salbiy ma'nodagi o`ta pragmatizmga qarshi kurashda, axloqiy muhitni sog`lomlashtirishda muhimdir.


Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko`rinishidir. Shuning uchun biz bu o`rinda masala bayonini ma'rifat va ma'rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik

Ma'rifatning lug`aviy ma'nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so`zining ko`pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli degani — bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma'lum yo`nalishlarini egallaydilar.

Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi, demak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo`shma mazmuni bo`lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.

Ma'rifat asosan umumiy va o`rta maxsus bilim beruvchi maktab va o`quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo`lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o`z ichiga oladi.

Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar — ma'rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chirog`inii yoquvchi; ma'rifat homiysi va tarafdori demakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o`tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk ongli, oq-qorani tanigan, fidoyisi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko`zlovchi ma'naviyatli. kishilari ma'rifatparvarlik bilan shug`ullanadilar.

Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatning, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g`oyalarni ilgari suradilar, shu g`oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma'rifat ma'naviy qaramlik qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyg`oqligida deb biladilar va ma'rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma'rifatga intilib yashagan. Bu ulkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo`shgan allomalar yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanganligini misol qilib ko`rsatishimiz mumkin.

O`tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek va boshqalar nafaqat ilm chuqqilarini egallab qolmay, uni - ya'ni ma'rifatni keng targ`ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o`tmish va ulkan merosga ega. Maxmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon, o`g`li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishokxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr. oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo`li ma'rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga ma'naviy ko`plik va zulm-zo`ravonlikka qarshi bor kuchlarga kurash olib bordilar.

Prezident Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma'rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo`limida ishlayturgon musulmonlarning boshini silangiz... o`rtadan niqobni ko`taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz Kuymangizlar hammaga ozodlik yo`lini kursatingizlar...» Mahmudxo`ja Behbudiy erksevarlik millatparvarlik ma'rifatparvarlik g`oyalari uchun ta'qib ostiga olinda va o`ldirildi. Jadidchilik harakatining ko`zga ko`ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid-o`g`li (1878-1931). U Toshkentda to`g`ilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb xalqni savodli va ma'rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fiqarodan kelib chiqib, Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabini ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o`qitadi. O`z zamonasi uchun maqbul bo`lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Er yuzi» kabi darsliklar yozadi. U ko`proq yetimlarni, beva-bechoralarning bolalarini o`qitishga ahamiyat beradi.

Munavvarqori ta'lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko`tarmay jamiyatda katta o`zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib yetadi.

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g`oyalari tufayli sobiq zo`ravon Sho`rolar hukumati uni ta'qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib tashlandi.

Milliy uyg`onishga chorlovchi g`oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma'naviy inqirozda bo`lishini tanqid qildi, barchani savodli bo`lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» degan g`oyasi ma'rifatparvarlik jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma'rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma'rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko`rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloh» kitobida ma'rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o`rganish - butun o`zligimizga qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o`rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik «Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o`z aholimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fiqoimizni qilich kabi o`tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To`g`ri yo`lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas'ul bo`lishimizga sabab bulur. Bizlarni ilm jaholat qorong`uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur...

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog`liqdur».

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho`rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo`ldi. Ularning ko`pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg`a bosilib, qatag`on qilindi, jadidlar g`oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga opqara surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g`oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo`lib, to`la ravishda namoyon bo`la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o`rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o`rganishga intilganlar ham ta'qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g`oyalari, ma'rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning g`oyalari o`lmas g`oyalar bo`lgani uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi.

Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston ulkasi general-gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkinning o`z kundaliklarida, biz Turkiston xalqlarini yarim asr mobaynida jahon madaniyati va svilizatsiyasidan chetda tutib turdik degan so`zlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda, rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm-fani va madaniyati ham chor ma'muriyati to`siqlari orasidan sizib kirar edi. Shu ijobiy ta'sir asta-sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi Uygonish davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida o`z xalqini ozod ko`rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uygonish Ovrupa ma'rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli bo`ldi. Shuningdek o`rta asrlar o`rtaga tashlagan ma'rifatparvarlik g`oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha-ma'rifatchilik tarzida namoyon bo`lish imkoniyati yaratildi. Zero, o`sha g`oyalarni yangilangan shakllarda amalga oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar.

Ma'rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular - maorif (yangicha maktablar ochish, ta'lim usulini yangilash), san'at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot.

Shuningdek, Axmad Donish o`z davridagi johillik riyokorliq poraxo`rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta'kidlar ekan, din peshvolarining noto`g`ri yo`lga kirib ketganini, shayxlarning yolg`onchiligini, ulamolarning poraxo`rligini fosh qiladi.

Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdak. (1827-1900) she'rlarida ham o`sha davr axloqiy muhiti o`z aksini topadi; u ham din peshvolarining o`zi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachiliq ochko`zlik tekinxo`rlik illatlariga mubtalo bo`lganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta o`rayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.

Buyuk o`zbek mumtoz shoirlari Furqat (1858-1909), Muqimiy (1859-1903), Dil shod-Barno (1800-1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g`oyalari bilan chambarchas bog`lanib ketadi. Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Tarjimai hol» kabi asarlarida ma'rifatli bo`lish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin, nodonlik oxir-oqibat turli xulqiy notavonlikka olib kelishini ta'kidlaydi.

Muqimiyning hajviy asarlarida esa o`sha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi, adolatsizligi qattiq tanqid qilinadi. Shoirning «Voqeai Viktor», «Voqeai kur Ashurboy xoji», «Tanobchilar», «To`y» singari asarlari Turkiston xalqari oyog`idan tobora tubanlikka tortayotgan illatlarni ayovsiz fosh etadi.

Turkiston xalqlarining axloqiy yuksaklik va ma'rifat vositasida milliy o`zligini anglash darajasiga ko`tarishda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay (1845-1908) axloqiy qarashlarining ahamiyati katta.

Abay she'rlarida, shuningdek «Iskandar», «Mas'ud» dostonlarida ezgulik adolat, mardlik shijoat singari fazilatlar o`rnini illatlar egallab borayotganidan, xalqning yaxshilik bilan yomonlikni farqlay olmaydigan darajaga tushib qolganidan faryod chekadi:


Otalarga o`xshamay qoldi turqing,

Yopiray muncha ketdi, elim, xulqing!

Birlik yo`q, baraka yo`q., buzildi fe'l,

Qani yiqqan davlating, boqqan yilqing?


Umuman olganda, Abayning she'riy asarlarida va, ayniqsa, «Nasihatlar» risolasida kutarilgan axloqiy muammolar bugungi kunda har jihatdan ilmiy tadqiqqa loyiq. Garchand buyuk Turkiston mutafakkiri ko`pgina illatlar haqida o`z xalqiga nisbat berib, fikr yuritsa-da, ular ba'zi bir istisnoli faqat qozoqlarning an'anaviy turmush tarziga taalluqli jihatlarni hisobga olmaganda, umumturkiy ahamiyatga molik axloqiy nuqsonlardir. Shu bois Abayning falsafiy-nazariy hamda amaliy-didaktik fikrlari va talqinlari biz uch un doimo qimmatlidir.

Turkiston ma'rifatparvarlarining yana bir yirik namoyandasi Dilshod Barnoning shogirdi Anbar otindir (1870). Uning axloqiy qarashlari lirik-falsafiy she'rlarida va «Qarolar falsafasi» (1898) risolasida o`z aksini topgan. Anbar otin ham inson axloqiy darajasini akl, ilm-ma'rifat bilan bog`laydi va ijtimoiy taraqqiyotga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi.

Turkiston ma'rifatparvarlari orasidagi yana bir mutafakkir ta'limshunos, pedagog va axloqshunos Abdulla Avloniydir (1887-1934). Uning XX asar boshlarida Turkistonda mashhur bo`lgan «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913) asari axloqiy muammolarga jadidchilik nuqtai-nazaridan yondoshishi, ko`pchilikka tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi» risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy-falsafiylik ilmiy, nazariy xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko`proq tarif berish, ularni sharhlash yo`li bilan yondoshiladi.

Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida an'anaviy-falsafiy yondoshuv bo`lmish antropologik nuqtai-nazar burtib ko`zga tashlanadi. Ammo bu yondoshuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, tadqiqot ob'ekti sifatida makon va zamondagi umumiy mavhumiy inson emas, balki, muayyan, XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha hayot tarziga intilishni o`z oldiga niyat qilib qo`ygan Turkiston fuqarosi olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi bosh masala tarzida o`rtaga tashlanadi.

Uning bu boradagi qarashlari hanuz o`z kuchini yo`qotnmaganligini, tarbiya - hozir ham jamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Islom Karimov mashhur nutqlaridan birida (1995 yil 23 fevral) Avloniydan mana bunday deb ko`chirma keltiradi: «Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir».

Turkiston ma'rifatchilari axloqshunosligida tom ma'nodagi milliy qahramonimiz Abdurauf Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» (1914) kitobi alohida o`rin tutadi. Avvalo, shuni aytish kerakki, «Oila» o`zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Unda ham tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli Fitrat ona Turkistonni ozod ko`rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila bilim, axloq, a'mol va erk uchog`i bo`lmogi lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda ko`rishga da'vat etadi. Har jizhatdan sog`lom bo`lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko`tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: «Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli soglom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib, chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor...» — deydi alam bilan Fitrat.

Vatanparvarlik, millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, muallif kitobning birinchi qismini, ma'lum ma'noda me'yoriy dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi oila qurmoqchi bo`lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo`lgan holatlarning axloqiy asoslari to’g’risida ham to`xtalib o`tadi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning ilmli, har jihatdan yuksak axloq-odob egasi bo`lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat avj oladi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi ya'ni yosh avlod tarbiyasi asosan onalar qo`lida ekani hammaga ayon bo`lib qoladi. Shu bois ilg`or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yo`li bilan ham bo`lajak ziyoli onalarni voyaga yetkazishga hissa qo`shadilar. Shu jihatdan Olimat ul-Banotning Sankt-Peterburgda 1898 va 1899 yillarda ikki marta nashr etilgan «Muosharat odobi» «(Turmush odobi)» asari o`z vaqtida katta ahamiyatga ega bo`lgan. «Agar xotun o`qigan bo`lsa, o`zining kim ekanligini, vazifasi nimadan iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi. Bolalarini esa go`zal tarbiya qiladi, eri bilan yaxshi muomalada bo`ladi va nihoyat Alloh Taolaning amriga muvofiq hayot kechiradi», - deydi risola muallifi.

Unda ayollarning turmushdagi o`rni, oilaviy vazifalari, er-xotin orasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi uy tutish, nikoh va muhabbat borasida fikrlar bildiriladi. Ayni paytda, uy xizmatchilariga munosabatda insof va adolat yuzasidan, ularning ham uy egalariga o`xshash inson ekanliklarini hisobga olib, ish ko`rish lozimligi ta'kidlanadi, turmushning oqilona uyushtirilishi uchun xizmat qiladigan ibratli maslahatlar beriladi. Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul-Banot Sibgatulloz; qizining sakson yetti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa tarbiyaning turli tomonlarini birvarakay o`z ichiga oladi. Axloqshunos olima o`z risolasi mohiyatini quyidagicha belgilaydi: «Oila saboqlari xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlariga oila vazifalari to`g`risida foydali ma'lumot bergani kabi beruvchi tamom yengillik va bir tarafdan asosli bir axloq sabog`i hamdir». U o`n ikkinchi saboqda tarbiyani «ilmli axloqning tani, negizi» deb ta'riflaydi. Asar falsafiy mushohadalardan ko`ra ko`proq; amaliy ko`rsatmalardan iborat. Ayni paytda, unda ham ma'naviyatga, ham moddiyatga zamonaviy munosabat masalasi o`rtaga tashlanadi, yuksak axloqli bolani voyaga yetkazishda har ikki yo`nalishdagi tarbiyaning muhimligi ta'kidlanadi.

XX asr boshlarida amaliy axloq muammolari jadid matbuotida keng o`rin oladi. «Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Ulug` Turkiston», «Turon», «Xurshid» singari gazetalarda e'lon qilingan hajviy-jurnalistik asarlarda o`sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to`rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so`m iona qilish o`rniga, besh yuzlab so`mni restoranlarda fohishalarga sochayotgan axloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxono va Hamza, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho`lpon kabi Uygonish davrining buyuk namoyandalari o`z badiiy asarlarda axloq muammolarini dadil ko`tarib chiqdilar va ana shu nashrlarda o`z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar. Jadid matbuoti butun kuchini ozodlikni, Vatanni jondan sevuvchi, ilg`or, tushungan, har tomonlama kamol topgan erkin Turkiston fuqarosini tarbiyalashni o`z oldiga vazifa qilib qo`ydi. Afsuski, dastlabki fevral inqilobi bergan hurriyat uzoqqa cho`zilmadi. Bolsheviklarning 1917 yilning 25 oktyabrida amalga oshirgan davlat tuntarishi tez orada uning yutuqlarini yo’qqa chiqardi, Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan yangi mustamlakachilik rejasi asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar qatag`on qilindi. Falsafiy fanlar, shu jumladan, axloqshunoslik ham taraqqiyotdan to`xtadi. Ular mafkuraga buysundirilib, soxtalashtirildi, erkin fikr tag-tugi bilan quporib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o`z oldiga qo`ygan vazifalarini to`la ado etolmadi. Lekin, shunga qaramasdan Turkistondagi bu ma'rifatchiliklari qisq muddat ichida bo`lsa ham mazlum xalqlarni ma'lum ma'noda uyg`ota oldi.




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish