03/22 guruh talabasi Karimjonzoda Dinoraning Jahon tarixdan tayyorlagan mustaqil ishi
YUNON-FORS URUSHLARI Yunon-Fors urushlari mil avv 490-449 yilgacha davom etgan Marafon jangi mil avv 490 yil sentabr Fermopil Jangi mil avv 486 yil Salamin Jangi mil avv 480 yil Platiya shahri yaqinidagi jang mil avv 479 yil
Miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi.
Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan bo‘lib, ular miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib, mil. avv. 449-yilga qadar davom etgan.
Mil. avv. VI asr oxirida. Fors shoxi kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib oldi.
Afina hukmdori yunon polislariga yordam qildi. Bundan g’azablangan Doro I Afinadan shavqatsiz qasos olishga ahd qildi.
Yangi urushga tayyorgarlik ketayotgan paytda Doro I vafot etdi. Qo‘shinlarni Yunonistonga uning o‘g‘li Kserks boshlab keldi.
Kserks
Mil. avv. 480 - yilda Kserks qo‘shinlari Gellespont bog’oziga yetib keldi. Podsho buyrug‘i bilan bir kilometrdan uzun ko’prik qurildi.
Tog‘lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo‘l edi.
Yunonlar qo‘shiniga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan.
U 300 spartalikdan boshqa barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan.
Sparta qonunlariga ko‘ra, spartalik askarlar jang maydonidan chekinishi mumkin emas edi. Ularning barchasi qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Harbiy dengiz qo’shini qo‘mondoni Femistoklning maslahati bilan yunonlar 200 ta harbiy kema – triyeralar qurishdi.
Bu harbiy kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o’tar o’sha davr uchun kata tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan.
Hal qiluvchi dengiz jangi miloddan avvalgi 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi.
Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 479- yilda forslar tag’in Afinani bosib olishga urinib ko‘radilar.
Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo‘shinlarini tor-mor etdi.
40 yildan ko‘proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlandi.
Savol va topshiriqlar
1. Forslarning Yunonistonga bostirib kirishi sabablarini aytib bering.
2. Xaritadan forslar Yunoniston ustiga yurishlarining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating.
3. Marafon jangi qatnashchisi (forslar yoki yunonlar armiyasi jangchisi) nomidan hikoya tuzing.
4. Salamin jangining borishi va yakuni haqida gapirib bering.
5. Salamin orolida Fors davlati floti mag’lubiyatining asosiy sabablarini ayting.