MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
72
Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar,
mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt 2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta‘lim bo'limiga,
biri muassasaga beriladi.
Tematik tekshirish
- bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'limtarbiya ishning bir qismi bo'linishi
nazorat qilish shaklidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «0'yin»
xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi bo'yicha):
-
Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda tekshirish (chorak, yarim yillik).
Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
-
Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish;
-
bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko'ra olish;
-
Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta‘minlash va tahlil qilish;
-
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
-
Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
-
Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish;
-
Bolalar bilan individual suhbatlashish;
-
Bolalar ishlarining tahlili;
-
Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish;
-
Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish.
Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib,unda ko'zda tutilgan tarbiya
maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli ish
rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo'lim rejadan tushirib
qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak.
Rejani tahlii qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo'Ilari, haftalik rejadagi
mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi
mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko'rish mumkin.
Aniqiangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik va
xatolar keyingi oylarda takrorianishi mumkin.
Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning faoliyati, mehnat jarayonini
kuzatishda bir qator mashg'ulotlarni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni
ko'rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni
asosiy narsani ko'ra olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni solishtira olish
malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: