8-MODUL XALQ TA’LIMI BO`LIMLARI ISH FAOLIYATI
9-MAVZU: XALQ TA‘LIMI BO`LIMLARI VA ULARNING TUZILISHI. XALQ
BO`LIMLARI VA MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASALARINI NAZORAT QILISH
Reja:
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
75
1. Xalq ta‘limi bo`limlari
maktabgacha tarbiya nazoratchisining ish mazmuni, vazifalari,
huquqlari, unga quyilgan talablar.
2. Nazoratchining tashkiliy – pedagogik ishlarga rahbarligi.
3. Xalq ta‘limi bo`limlarini
metodik ishlarga rahbarligi.
4. Tuman xalq ta‘limi bo`imining ish rejasi.
Tayanch tushunchar:
nazoratchi, vazifalari, huquq va burchlari, olib boradigan
tashkiliy – pedagogik – metodik ishlar
Maktabgacha tarbiya muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qilish XTB maktabgacha tarbiya
inspektori – nazoratchiga yuklatiladi.
Nazoratchi bu – ma‘lum sohaga tegishli qonun – qoidalarning bajarilishi nazorat qiluvchi shaxsdir.
«Rahbarning qanchalik ma‘suliyat bilan javobgarlikni his qila olgan holda ishlash uning sof
vijdonligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bugun ularning qay darajada bajarayotganliklarini tekshirish
muhim ahamiyatga egadir»
2
.
Maktabgacha tarbiya nazoratchisining ishi murakkab va ko‘p qirralidir. Nazoratchi o‘z ishida
Davlatimizning Xalq ta‘limi sohasi bo‘yicha chiqarilgan qonun, Milliy Dastur, shuningdek,
instruktiv – dasturiy – metodik hujjatlariga amal qiladi.
X.T.B – nazoratchisi (tuman, shahar):
-
Turli tildagi, idora – tashkilot tomonidan tashkil etishidan qat‘iy nazar «Bolalar bog‘chasi ta‘lim
– tarbiya dasturi» talabalarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
-
M.T.M ishini har tomonlama nazorat qiladi.
-
Qonun doirasida yo‘l-yo‘riq, buyruq, tavsiya – ko‘rsatmalar beradi;
-
Qonunga xilof ishlarni to‘xtatadi va XTB – ga xabar beradi.
-
Maktabgacha tarbiya bo‘yicha ishlarni yaxshilash bo‘yicha taklif – mulohazalar beradi;
-
XTB-da mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy – uslubiy kengashlar chiqaradi;
-
Maktabgacha tarbiya xodimlarini Attestatsiyadan o‘tkazadi;
-
Xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash ishdan bo‘shatish masalalariga rahbarlik qiladi;
-
Shahar, tuman nazoratchisi – Xalq deputatlari ijroiya ko‘mitalari oldiga. XTB va MTM. ishini
yanada takomillashtirish bo‘yicha masalalarni qo‘yadi;
Nazoratchiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
1 – Respublika, viloyat, shahar, tuman – nazoratchisi lavozimiga; Eng ilg‘or, yuksak pedagogik
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, maktabgacha tizimi ishini prinsiplarini puxta egallagan,
oliy maxsus ma‘lumotga ega bo‘lgan, ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglardan tayinlanadi.
-
Nazoratchi har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta‘lim
to‘g‘risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi – mutaxasislik malakalariga ega bo‘lgan;
-
U prinsipial, xolis, vijdonli, davlat nutqai nazari - qiziqishlari asosida ish yurituvchi,
javobgarlikni xis etuvchi, aniq xushyor, tartibli, talabchan, o‘z so‘zida tura oladigan, kamchilikka
murosasiz;
-
Maktabgacha tarbiya ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o‘z
vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo‘lishi;
-
M.T.M – ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o‘z vaqtida
bartaraf etish choralarni tezda aniqlab olish, bajarish;
2
I. Karimov. «Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik» asaridan. T-1993 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |