MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
70
Kuzatishda
- kuzatilayotgan jarayonning, kun tartibi jarayonlardagi aniqlilik, kun tartibining
buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq me‘yorlari, tarbiyachining dastur
tinglovchilarini va metodikani egallaganligi va boshqalarga ahamiyat berish kerak.
Kuzatish
-jarayonida shu narsa ayon bo'ladiki, tarbiyachining yetarli darajadagi
mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi^ uning ishdagi tajribasi
sayozligi, bolalar jamoasini tashkil eta olmasligi, uning o'ta hayajonlanishi, tormozlanib qolish
namoyon bo'ladi.
Moliyaviy xo'jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish yuritishdan ham
kelib chiqish mumkin.
Tahlil qilish
- tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan qanday qilib talab
qilish kerakligini belgilab beradi.
Kuzatish turlicha xarakterga ega bo'lib, nazoratchimetodist bu jarayonlarni amalga oshirish
uchun tekshirish reja-sxemasini tuzadi.
5. Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va tematik tekshirish turlaridan
foydalaniladi
Frontal-yalpi tekshirishi
- bu maktabgacha ta'lim muassasasi ishini hayotiy har tomonlama,
atroflicha tekshirish shaklidir. Ya'ni, muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha ta'lim dasturi
talablarini bajarilishi, mudira va metodistning ta'lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik
ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari,
tibbiy yordam xizmati, maktab bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va
ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari, ularning kuchli
yoki kuchsizligidan qat'i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko'proq jalb qilishi
lozimdir.
Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha ta'lim bo'limlari (viloyat MTM,
shahar, tuman MTM) tomonidan o'tkaziladi.
Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda
nazariyadagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish
vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko'rsatiladi
So'ngra nazoratchi-metodist yana bir bor maktabgacha ta'lim bo'yicha chiqarilgan qaror,
ko'rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan
kechirib, maktabgacha ta'lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib bu muassasada xalq xo'jaligi rejasi,
bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar
metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi
o'rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi
aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchimetodist nimalarga ko'proq ahamiyatberish
kerakligini belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, organlari bilan, korkabinet va
tashkilotlarga qarashli bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalar bilan aloqa o'rnatiladi. Nazorat
Do'stlaringiz bilan baham: |