MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
69
6) Maktabgacha ta'lim muassasalarming ishni tanlangan holda tekshirish;
7) Maktabgacha ta‘limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini
aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
8) Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish uchun ko'rsatmalar, amalda yordam
berish. Jamoada muhokama qilish;
9) Tekshirish yakunlari bo'yicha ma'lumotnoma yoki akt tuzish;
10) Bajarilgan ishlar bo'yicha boshqarma, bo'lim (amaliyot rahbari oldida hisobot berish).
4. Nazorat qilishning usul va uslublari
Bu bosqichlarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat qilishning usul va uslublarini
o'rganamiz.
Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar:
Bolalar hayotini uyushtirish mashg'ulotlari, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va
tahlil;
Pedagogik va moliyaviy, xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish;
Bolalar ishlarini tahlil qilish:
Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularniig bilimi, ongi, nutqining
rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;
«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», otaonalar kengashlarida ishtirok
etish;
Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bu usul-uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi
qismi yoki muassasa moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchi-
metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga bog'liqdir.
Bu ko'p qirrali usularni qo'llash - maktabgacha ta‘lim ishini har tamonlama o'rganishda
g'oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli
- bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni
yo'qotish va ta'limtarbiyaviy ish sifatini o'stirishni ta'minlaydi.
Kuzatish
- pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviyxo'jalik faoliyatining ahvoliga to'g'ri
baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal-yalpi - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonni
o'z ichiga oladi, bunda: rejali, talim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini
muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, o'quv-tarbiya usul
va uslublarini tashkil etish, bolalarning o'yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog'liqdir.
Agar ahvoli kuzatilayotgan bo'lsa, unda tekshiruvchi mashg'ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur
mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
O'yin jarayonini kuzatayotganda diqqatni o'yin turiga, o'yin uchun sharoit, bolalarning
munosabatlariga va tarbiyachining ofyinga rahbarligiga qaratadi.
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo'shimcha yoki takroriy
kuzatish o'tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda:
Mudiraning shu ishni to'g'ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir
tekisda olib borishiga, jamoa bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan
suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |