MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
65
O‘quv-tarbiyaviy jarayon nazoratining o‘ziga xos tomoni bo‘lib, uni rejalashtirish va o‘quv-uslubiy
ta‘minlash hisoblanadi.
Nazorat qilish deganda
- Davlat nazorati, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan
rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi.
Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, ko'rsatma, yo'l-yo'riqlarini, «Maktabgacha ta'lim
to'g'risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, maktabgacha ta'lim yoki tashkilotlar tomonidan,
maktabgacha ta'lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim bilan bog'liq bo'lgan ariza,
imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom», «Maktabgacha
ta'lim konsepsiyasi», «Ilkqadam» davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha ta'lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo'qotish choralarini
ko'ruvchi, pedagogik ta'lim tarbiya, pedagogik ish sifatini o'stirishda aniq amaliy yordam
ko'rsatuvchi tekshirish shaklidir. Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini -
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Maktabgacha ta'lim Konsepsiya»sida ko'rsatib
berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat
farovonligini ko'zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshira borib,
maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo'lib xizmat
qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi» deyiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida.Nazorat qilishda - qonunlarning
ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya
asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.
Ulug' bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qonun hukmronlikqilsa, shuyerda
erkinlikbo'ladi». Maktabgacha ta'lim bo'limlarida nazorat amalga oshiradi.
Nazoratchi-metodist
- bu ma'liim sohaga tegishli qonun qoidalarning to'g'ri bajarilishini nazorat
qiluvchi shaxs.
Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon - uning ishini tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar
ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo'lida g'amxo'rlik qiluvchi va uni
hamma narsadan yuksak qo'yuvchi rahbar, deya olsin».
Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni
mas'uliyat bilan tahlil etish -kelajak yo'lini talab borishini, o'tkir muammolarni tortinchoqlik bilan
emas, balki ro'yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi.
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz Iozim». «Bir haqiqatni
hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so'z va ish birligi
insonparvarlik - biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov «O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari» asarida (1992-
yil).
Bu vazifalarni to'g'ri, o‗z vaqtida amalga oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim bo'limlari
tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |