MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
64
1. Maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi mazmuniga
nimalar kiradi?
2. Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida oilaning qanday turlari ko‗rsatilgan?
3. Ota-onalar qo‗mitasi nima maqsadda tuziladi?
4. Ota-onalar qo‗mitasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak?
7-MODUL MTMni NAZORAT QILISH VA METODIK ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH
8-MAVZU: NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI. MAKTABGACHA TA‘LIM
MUASSASASI BO`YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI
Reja:
1.
Nazorat va uning funktsiyalari
2 .
Nazorat
qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo'yiladigan talablar
3. Maktabgacha ta‘lim bo‗limlarining nazorat qilishga tayyorgarligi va uning bosqichlari
4. Nazorat qilishning usul va uslublari
5. Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal уalpi tekshirishning asosiy yo'llari
6. Maktabgacha ta‘lim bo‗limlari tomonidan MTT ni tematik tekshirishning maqsad
va vazifalari
Tayanch tushunchalar:
patronaj, dolzarb, istiqbol reja,
frontal-yalpi, tematik
tekshirish, hisobot
1. Nazorat va uning funktsiyalari.
Nazorat
— boshqaruvning muhim vositasi, u yuzaga chiqadigan
muammolarni ular hali
jiddiylashib ulgurmasidanoq aniqlash va hal etishi uchun zarurdir.
Muntazam nazorat
— "rahbar — jamoa" tizimidagi o‘ziga xos "qaytar aloqa". U avtomatik
boshqaruv sistemalaridagi qayta aloqa singari umuman jamoa yoki uning ayrim a‘zosining muayyan
vazifani hal etishdan olganligini o‘z vaqtida aniqlashi kerak. SHundan keyin rahbar faoliyatning
amaldagi ahvolini rejalashtirilgani ("taqqoslash qurilmasi") bilan "qiyoslaydi
va boshqarish uchun
qanday harakat qilishni belgilaydi. Bu nazorat funktsiyasini "mexanik" tasavvur etishdir. Amalda
esa nazorat tufayli faqat faoliyatdagi chetga chiqishlikgina emas, balki bunday
chetga chiqishlikni
sababi, ularni bartaraf etish yo‘llari belgilanadi.
Nazorat yuqorida qayd etilgan funktsiyalarni amalga oshira olishi uchun u quyidagi talablarga javob
berishi lozim:
1. Strategik yo‘nalish — tashkilot yoki uning bo‘linmalari ustuvorligi va maqsadlarini aks ettiradi,
ularni qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Mayda-chuyda narsalar ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadga
muvofiq emas.
2. Natijalarni mo‘ljallash — tashkilot oldidagi aniq maqsad va vazifalarni hal etish.
3. Nazoratning o‘z mohiyatiga muvofiqligi — tashkilot ishi muhim ko‘rsatkichlarini ob‘ektiv
o‘lchash va haqqoniy baholash.
4. O‘z vaqtidagi nazorat — tashkilot faoliyatini tekshirishning vaqt oralig‘i natijaviyligi nuqtai
nazaridan samaradorligini belgilash.
5. Nazoratning moslashuvchanligi — tashkilot faoliyatidagi sodir bo‘layotgan
muhim
o‘zgarishlarga moslasha olishlik.
6. Nazoratning soddaligi — nazoratni tekshiriluvchilar va tekshiruvchilar tomonidan tushunilishi
MTTdagi muntazam nazorat uning xodimlar tarkibining o‘quv-tarbiyaviy jarayon kabi faoliyat
turlarini o‘z ichiga olishi lozim.