MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
52
yondashuvlar qaror topmoqda. Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy
yondashuvga tayanishida namoyon bo'ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil
etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo'lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun,
avvalo, yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko'plab ma'naviy-axloqiy xislat va fazilatlar
sohibi bo'lishi darker. Ta'lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish ham
bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko'nikmalarni
o'zaro uyg'un holda qo'llash ta'lim-tarbiya bilan bog'liq masalalarni talab darajasida hal etish, bu
jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda,
maktabgacha ta'limtarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma‘noda, kadrlar tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik
salohiyati va ma'naviyatini yuksaltirish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Munozara texnologiyasi
Munozara qatnashchilariga eslatma:
1. Munozara - masalani hal etish, yechish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog'i lozim,
2. Ko'p gapirmasdan, boshqalarning so'zlashiga imkon ber!
3. Maqsadga erishish yo'lida hissiyotlaringni jilovlab, pishiqpuxta o'ylagan holda so'zla!
4. Raqiblarning fikr-mulohaza va dalillarini diqqat bilan tingla!
5. Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo'l!
6. Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!
Munozarani boshqarish subyektlari
Boshlovchi
- munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi,
atama va tushunchalarning o'rinli qo'llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar o'rtasidagi muloqotni,
taqdimotlar taqsimotini to'g'ri boshqaradi.
Taqrizchi
- tomonlarning ma'ruzalarini yo'nalishlar bo'yicha tahlil etib, masalaning dolzarbligi,
aniq qo'yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning
asosli va to'g'riligini baholab boradi.
Raqib
- munozarada ishtirok etadigan bir guruhga muxolif bo'lgan boshqa guruhyoki guruh
a'zosi.U asosiy ma'ruzachining mulohazalarini quruq tanqid qilish bilan cheklanmasdan, uning
qarashlaridagi zaif yoki xato tomonlarini ko'rsatib berish hamda o'zining fikrini asoslab berishga
intiladi.
Ekspert
- munozara jarayoni, jumladan, munozara ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha
fikr-mulohazalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning izchilligi, haqqoniyligi va
samaradorligini baholaydi.
Munozara o'tkazish reglamenti
1. Boshlovchi ma'ruza mavzusi va ma‘ruzachilarning taqdimotlarini e'lon qiladi.
2. Ma‘ruza 5 daqiqa davom etadi.
3. Taqrizchiga 2 daqiqa ajratiladi.
4. Raqib tarafga ma'ruza mavzusi bo'yicha fikrlarini bayon etish uchun 1-3 ndaqiqa beriladi.
5. Yalpi muhokama 5-10 daqiqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |