Andijon mashinasozlik instituti avtomobilsozlik fakulteti energiya mashinasozligi yo’nalishi 76/21-guruh talabasi sodiqjonov azizbekning fizika fanidan mustaqil ishi. Mustaqil ish mavzusi:nurlanish spektorlari
REJA:
1)SPEKTOR HAQIDA MA’LUMOT
2)OPTIK SPEKTRLAR
3)NURLANISH SPEKTORLARI
Spektr (lot. spectrum — tasavvur, tasvir) (fizikada) — 1) tizimni yoki jarayonni tavsiflovchi birorbir fizik kattalikning barcha qiymatlari majmui. S. diskret (uzlukli) va uzluksiz boʻladi; 2) birorbir nurlanishda mavjud boʻlgan toʻlqin chastotalari majmui; 3) har bir yoʻnalishda muayyan uzunlikli yoki chastotali monoxromatik toʻlqin tarqaladigan qilib ajratilgan elektromagnit nurlanish; 4) ekran, fotoplastinkadagi tasvir; 5) elektromagnit nurlanish koʻrinadigan yorugʻlikdan iborat boʻlganda S. hosil qiladigan rangli yoʻl. Turli xil nurlanishlarning modda tomonidan yutilish va chikarish S.lari, elektromagnit toʻlqinlar oʻzgaruvchan toklarining chastota S.lari, Quyosh xromosferasining S. va boshqa koʻpgina S.lar oʻrganilgan. Bu ishlar optik spektral asboblar, toʻlqin va chastota oʻlchagichlar va boshqa yordamida amalga oshiriladi. Koʻpincha tebranish chastotasi S.idan foydalaniladi. Tebranishning tabiatiga qarab elektromagnit tebranishlar Si, akustik S, optik S. xillari mavjud
Elektromagnit tebranishlar Si, ayniqsa, optik diapazondagisi (toʻlqin uz. 103—10~3 mkm) yetarli daraja oʻrganilgan. Optik S.ning chiqarish (obʼyektdan yorugʻlik chiqayotganda hosil boʻladi), yutilish (moddadan yorugʻlik oʻtayotganda hosil boʻladi), sochilish va qaytarish jarayonlarida sodir boʻladigan xillari bor. U kimyoviy taxlidda, atom va molekulyar fizikada va boshqalarda qoʻllanadi. Tebranish Si chizikli va tutash xillarga boʻlinadi. Chizikli S. chastotalari birbiridan maʼlum kattalikda farq qiluvchi garmonik tebranishlarni, tutash S. esa chastotalari turlicha boʻlgan garmonik tebranishlarni oʻz ichiga oladi.
Optik spektrlar — ultrabinaf-sha (toʻlqin uzunligi 1 < 3800A), koʻzga koʻrinadigan (7600A > 1 > 3800A) va in-fraqizil (1 > 7600A) nurlar, yaʼni 100 dan 0,01 mikrongacha uzunlikdagi toʻlqinlar sohasini oʻz ichiga oladigan spektrlar. Koʻpincha, spektr nurlanuvchi manba tabiatiga qarab ajratiladi. Shunga asosan, atom va molekula tash-qi elektron qobiqlari jarayonlarida, molekulalarning aylanma va tebranma harakatida hamda qattiq yoki suyuq moddani qizdirish va lyuminessensiya vaqtida chiqadigan spektrlar Optik spektrlardir. Optik spektrlar tutash (uzluksiz), chizikli va yoʻl-yoʻl xillarga boʻlinadi. Qizdirilgan qattik. yoki suyuq moddalar tutash Optik spektrlar chiqaradi; bunda uzluksiz turli (qizil, toʻq sariq, yashil, koʻk, havo rang, bi-nafsha) spektrlar paydo boʻladi.
Yuqori temperaturada yaraklaydigan gaz va modda bugʻlari chiziqli va yoʻl-yoʻl Optik spektrlar chiqaradi. Chizikli spektrlar ayrim chiziklardan iborat boʻlib, atomlarga xos (qarang Atom spektrlari). Yoʻlyoʻl spektrlar molekulalar nurlanishi boʻlib, har bir yoʻl alohida chiziqli spektrlardan iborat.
Optik spektrlar nurlanish va yutilish spektrlarida ajraladi. Nurlanish spektri qattiq, suyuq, gazsimon moddaning yuqori temperatura yoki elektr razryadi taʼsirida hosil boʻladi. Maʼlum bir manbadan chiqayotgan tutash spektr biron muhitdan oʻtayotganda yutilish spektr i sodir boʻladi. Kirxgof nurlanish qonuniga asosan har qanday jism spektrli nur chiqarsa, shunday spek-trli nurni yutadi. Optik spektrlarni oʻrganish fizika, astronomiya va texnikaning koʻp sohalarida, ayniqsa, atom va molekula spektrlari qonuniyatlarini aniqlashda, ularning tuzilish nazariyasini ishlab chiqishda katta oʻrin tutadi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |