2. Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish -
1
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil qa`tiy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahnar faoliyatining
kundalik qoidasi bo`lishi kerak- Toshkent ―O`zbekiston‖ 2017.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
49
iqtisodiy taraqqiyot asosi
Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi
rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilidayozilgan
muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet
va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta‘lim
muassasasi yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini
aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq
moliya me‘yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'Iardan
foydalanishda:
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida
bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan
mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar
smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
3. Maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini
shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni,
jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovi
miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To'lov banklar orqali tegishli g'aznachilik bo'limlarida ochilgan shaxsiy g'aznachilik
hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va
ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo'shimcha mablag'larning jalb etilishi
byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat maktabgacha talim muassasasida zarur moddiytexnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud
bo'lgan taqdirda, ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta'lim tarbiya xizmatlari
ko'rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida pullik qo'shimcha ta'lim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish
faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
Do'stlaringiz bilan baham: |