Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari


MIKROORGANIZMLARNING AZOT BILAN OZIQLANIShI



Download 0,81 Mb.
bet28/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

MIKROORGANIZMLARNING AZOT BILAN OZIQLANIShI
Azot elementiga munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlar turli gruppalarga bo‘linadi. Ba’zilari oqsil va peptonlarni o‘zlashtirsa, boshqalari nitratlarni, uchinchilari ammiakni, to‘rtinchilari atmosfsra azotini o‘zlashtiradi.
4 jadvalda mikroorganizmlarnipg azot manbalariga nisbatan talabi ko‘rsatilgan.
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so‘ng o‘zlashtirilsa, aminokislotalarning to‘liq aralashmasi bevosita parchalanadi, ba’zi vakillari nntratlarni, ko‘pchiligi ammiakni o‘zlashtiradi.
Mikroorganizmlar uchun turli azot manbalari
(N. D. Ierusalimskiy ma’lumoti)

Azot manbalari

Azot manbalari o‘zlashtiradigan turli fiziologik xususiyatlari

proteoliz

dezaminlanish

nitratlarning qaytarilishi

azotfikasatsiya

Oqsilar

+

+





Peptonlar

+

+





Aminokislotalarning
to‘liq aralashmasi









Ba’zi bir aminokislotalar









Ammiak









Nitratlar





+



Atmosfera azoti







+

Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o‘stirish mumkin. Hayvonlar singari bakteriyalar .ham o‘zi sintez qila olmaydigav amipokislotalarni talab qiladi, lekin hayvonlarning ko‘pchiligi 8—10 ta^ aminokislota talab qilsa, bakteriyalarning ayrimlari 2—3 ta, ba’zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug‘lar, turushlar va aktinoiitsetlar ozig‘ida aminokislotalar bo‘lsa, ular tez o‘sadi, mabodo, aminokislotalar bo‘lmasa, ularni o‘zi sintezlay oladi (Zgjadval).
Bu jadvaldagi « + » albatta zarurligini, «—» zarur emasligini, «( + )» o‘sishni tezlashtiruvchi stimulyator ekanligini ko‘rsatadi.
N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar, sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun zarur bo‘lgan amyushkislotalar ro‘yxatini aminogramma deb ta’riflagan.
Mikroorganizmlarning normal o‘sishi uchun V vitamnnlar gruppasiga kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba’zilari nuklein kislotalar yoki fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba’zi mikroorganizmlar o‘zi vitamin sintezlaydi, ularni Shopfer (1938) auksotroflar deb atagan. Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi.
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o‘zlashtirishi. V. O. Tauson 1925 yildan boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va zamburug‘lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Azr. Iauiz tomonidan parchalanishini va oraliq mahsulot — murakkab efirlar hosil bo‘lishini kuzatgan. Keyinchalik u ochiq zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi formalarni ham topgan. Toluol, benzol, ksilolni parchalovchi turlarni aniqlagan. Ba’zilari faqat toluolni parchalasa, boshkalari 2 halqali (definil, naftalinni), uchinchilari uch halqali (fenantren va antrasen) uglevodorodlarni parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi protsessi nihoyatda xilmaxil ekanligini ko‘rsatadi.
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida SS va N20 dan organik modda hrsil qilish, ya’ni fotosintez protsessidir. Uni tubandagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

6SO2 + 6N2O → S6N12O6 + O2

Fotosintez protsessida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi.
Tuban organnzmlardan ko‘kyashil va bnr hujayrali yashil suv o‘tlarda x.am fotosintez protsessi boradi, ayniqsa xlorella muhim ahamiyatga ega. Yuksak o‘simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar ko‘kyashil suvo‘tlar xlorofillni qorong‘ida hosil qiladi. Rus olimi Lrtari (1899, 1913) aniqlashicha, ko‘pchilik yashil suvo‘tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo‘tlar agaragarda yaxshi o‘sadi (ya’ni oziqda glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo‘lganda). Bu esa V. N. Lyubimenko va A. I. Oparinnnng fikrini tasdiklaydi, ya’ni ular geterotrof oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqqan deganlar. Yashil bakteriyalar va yuksak o‘simliklardagi xlorofill turli nurni yutadi. Yuksak o‘simliklardagi xlorofill qizil va ko‘kbinafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi.
Bundan tashqari, bakternoxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha, nurlarning yutilish maksimumi yashil va qirmizi rang bakteriyalarda 800—890 nm oralig‘ida. Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400—600 nm orasidagi nurni yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadi. Ulardagi xlorofill granalarda joylanadi va faqat elektroi mikroskopda ko‘rinadi. Ularda fotosintez quyidagicha boradi:
Yashil bakteriyalarda: SO2 + 2N2S → 1/6S6N12O6 + H2O + S
Qirmizi bakteriyalarda: SO2 + 2N2S + 2H2O → 1/6S6N12O6 + H2SO4

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish