Turli xil amitjislotalarni belgilovchi
I-RNK kodonlardagi nukleotidlar tartibi
1-jadval
Kodonning birinchi nukleotidi
|
|
Kodonning ikkinchi nukleotidi
|
|
Kodonning uchunchi nukleotidi
|
U
|
S
|
A
|
G
|
U
|
UUU fenilalanin
UUS
UUA leysin
UUG
|
USU
USS
USA serin
USG
|
UAU tirozin
UAS
UAA oxra
UAG yantar
|
UGU sistein
UGS
UGA yantar
UGG triftofan
|
U SA
G
|
S
|
SUU
SUS leysin
SUA
SUG
|
SSU
SSS
SIA prolin
SSG
|
SAU gistidis SAS
SAA glitsin
SAG
|
SGU
SGS
SGA arginin
SGG
|
|
A
|
AUU izoleysin AUS
AUA
AUG metionin
|
ASU
ASS
ANA treopin
LIG
|
AAU asparagin AAS
AAA
AAG lizin
|
AGU serin
AGS
AGA
AGG arginin
|
|
G
|
GUU
GUS
GUA valin
GUG
|
GSU
GSS
GSA alanin
GSG
|
GAU asparagin GAS
GAA glyutamin
GAU
|
GGU
GGS glitsin
GGA
GGG
|
|
Eslatma: Oxra va yantar ma’nosiz mutatsiyalar bulib, oqsil sintezining tugallanishini bildiruvchi terminal kodonlardir.
Genning ta’siri. Genning ta’sirida biror belgi, xususiyat yuzaga chiqishi eng muhim masalalardan hisoblanadi. Gendan — belgigacha bo‘lgan etapda murakkab jarayonlar yotadi. Genlar organizmda ma’lum moddalarni va ma’lum sintezlanishni belgilaydi. Uning dastlabki ta’siri murakkab oqsil molekulalaridagi aminokislotalar tartibini belgilab beradi. Gen mutatsiyaga uchrasa, spesifik moddalarning xususiyatini o‘zgartiradi. Genotipdagi genlar ma’lum ximiyaviy moddalarning sintezlanishi bilan turli xil modda almashinuvida boradigan ximiyaviy reaksiyalarning tezligini xam beliglaydi. Genning o‘zgarishi hisobiga fenotnpi o‘zgaradi. Buni o‘rganishda mikroorgaiizmlar qulay ob’ektdir. Neyrospora zamburug‘i mutantlari shu maqsadni amalga oshirishda juda zarur. Neyrospora zamburug‘ida triftofanning sintezlanishi va nikotin kislotasining hosil bo‘lishi quyidagi tartibda boradi;
1. Fenilananin antronil kislota serin trgftofan kinrinin oksiontronil kislota nikotin kislotasi.
Agar neyrosporadagi nikotin kislotasi sintezi davomidagi: uchinchi zvenoda mutasnya yuzaga chiqsa, reaksiya serin hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Mutantlar yashaydigan oziq muxitiga triftofan qo‘shilsa, reaksiya oxirigacha boradi. Xuddi shunday mutatsiyalar bioximiyaviy reaksiyalarning borishini ta’minlovchi fermentlarnnng sintezini to‘xtatadi. Reaksiya to‘xtagan yerda keyingi moddaning ortib ketishi kuzatiladi. Xuddi shu yo‘nalishdagi misollar ichak tayoqchasida, meva pashshasida va odamlarda ham uchraydi. Demak gen, belgi va xususiyatni yuzaga chiqaruvchi oksillar sintezini ta’minlaydi, hujayrada boradigan bioximiyavny reaksiyalar fermentlar tomonidan boshqariladi. Mutatsiya tufayli esa zarur fermentning sintezlanishi to‘xtaydi yoki boshqa biri sintezlanadi va natijada mutatsiyalar yuzaga chiqadi. Dastlabki gen bilan belgi o‘rtasidagi bog‘lanish o‘rganilganda «bir gen, bir oqsil» nazariyasi yaratilgan edi, Bu har bir gen bitta oqsilni belgilaydi degani. Hozirda esa bu nazariya «bitta gen, bitta polnpeptid halqasi» degan nazariya bilan to‘ldirilgan. Chunki ko‘pchilik fermentlar ikki va undan ortiq polipeptid zanjirlardai tashkil topadi, ularning har biri alohida genlar ishtirokida sintezlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |