1. Morfologik belgilarga kulturani zich oziq muhitidagi rangi, o‘sish xarakteri, mitselilarining borligi, o‘lchami, formasi, koloniyalarining cheti va ustidagi xarakterli belgilar, hamda suyuq oziq muhitida o‘sishi kabilar kiradi.
2. Fiziologik belgilarga hujayraning temperaturaga bo‘lgan munosabati, ya’ni past va yuqori temperaturada o‘sishi yoki o‘sa olmasligi, radiatsiya, turli xil zaharli moddalarga hamda antibiotiklarga chidamliligi va boshqalar taalluqlidir.
3. Bioximiyaviy belgilarga mikrob kulturasining ba’zi bir vitaminlar, aminokislotalar yoki boshqa faktorlar bo‘lmagan oziq muhitida o‘sishi ba’zi bir oziq muhitlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlash qobiliyati kiradi. Agar mikrob kulturasi yashayotgan oziq muhitida uning hayoti uchun faqat ayrim elementlargina uchrasa-da, lekin shunga qaramasdan mikrob kulturasi o‘zi uchun zarur oziqlarni sintezlab olsa, bunday kultura prototrof kultura deyiladi. Oziq muhitiga vitaminlar, aminokislota va shu kabi moddalar qo‘shilgandagina o‘sadigan kultura auksotrof kultura deyiladi.
Achitqi zamburug‘i (saxaramitses servisia) odatda mineral tuzlar, glyukoza, vitaminlardan tiamin va biotindan iborat oziq muhitida o‘sa oladi. Bunday kultura prototrof kultura deyiladi. Agar zamburug‘ oziq muhitida adenin yoki lizin bo‘lmasa, boshqa aminokislotasiz o‘sa olmasa, bunday kultura auksotrof kultura deyiladi.
Tabiatdan ajratib olingan mikrob shtammlari odatda yovvoyi tur (dikiy tip) deyiladi. Bitta hujayraning bo‘linishidan hosil bo‘lgan koloniya klon deyiladi. Klondagi xujayralar bir xil bo‘ladi. Mikroorganizmlarning har qanday belgi va xususiyatlari genotip va tashqi muhit ta’sirida shakllanadi. Genotipga ko‘ra bir xil bo‘lgan kulturalar turli xil sharoitda har xil fenotipga ega bo‘lishi mumkin. Bunday xolat nasldan-naslga berilmaydi va modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb yuritiladi. Mikroorganizmlarning geni ham odatda DNK dan tashkil topgan. Bitta gigant DNK molekulasi minglab oqsil sinteziga ega bo‘lishi mumkin. DNK molekulasidan I—RNK sintezlanadi, bundan I—RNKda bir yoki bir necha oqsil sintezlanadi. Bitta oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan I—RNKni yetkazib beruvchi DNK molekulasi sistron deb yuritiladi. Oqsil molekulasi o‘rtacha o‘lchamini bilgan holda gen o‘lchamini aniqlash mumkin. Biz yuqorida aytganimizday oqsil molekulasi 300—500 aminokislotadan iborat. Ichak tayoqchasi bakteriyasining DNK molekulasida taxminan 3-106 juft nukleotid bor. Demak ichak tayoqchasi bakteriyasining 2—3 ming geni bo‘liish mumkin. T2 fagini genlari esa taxminan 200 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |