Ribonuklein kislotasi (RNK) ham polimer bo‘lib, uning monomerlari nukleotidlardir. RNK molekulasi bitta zanjirdan, riboza, azotli asoslardan A, U, S, G va fosfat kislota qoldig‘idan iborat. Hujayrada 3 xil RNK mavjud; 1) I—RNK bu polimeraza fermenti ta’sirida DNKdan sintezlanadi. 2) R—RNK — oqsil sintezinn amalga oshiruvchi ribosomani tarkibiga kiradi. 3) T—RNK — oqsil sintszida I—RNK ga o‘z antikodonlari bilan kerakli aminokislotalar tashib keladi. Ba’zi bir viruslarning irsiyati moddiy asosida DNK o‘rnida RNK ham bo‘ladi. Bunday viruslar qatoriga gripp, poliamelig viruslari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |