Genning strukturasi va ta’siri. Irsiyat birligi sifatida gen mavjudligi 1865 yilda chex olimi G. Mendel tomonidan isbotlab berilgan. «Gen» so‘zi fanga Iogansen tomonidan kiritilgan. Mendel o‘z ishlarida ma’nosi jihatidan genga mos keluvchi «faktor» so‘zini qo‘llagan, T. G. Morgan tomonidan meva pashshasi misolida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratilgandan so‘ng 1930 yillarga kelib, A. S. Serebrovskiy va A. P. Dubininlar ishida gen murakkab tuzilishiga ega bo‘lib, u bir qancha markazlarga bo‘linishi ta’riflab berildi. Keyinchalik bu mazmundagi ishlar S. Benzer nshlarida mukammal o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |