Hujayradagi ossil sintezi. Mikroorganizmlarning hujayrasida oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar mavjud. Viruslar oqsil sintezini faqat xo‘jayin hujayrasida mavjudligidagina sintezlay oladi. Oqsil sintezini umumiy ko‘rinishini sxematik ifodasi 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Oqsil sintezi hujayradagi sitoplazmada joylashgan ribosomalarda boradi. Ribosomalar kichik va katta subedinitsalardan tashkil topadi. Oqsil sintezida uch xil RNK ishtirok atadi.
1) I-RNK (m-RNK)— informatsion RNK deb nomlanadi va u RNK polnmeraza fermenti ta’sirida DNKdan sintezlanadi. DNKdan I-RNKning sintezlanishi transkripsiya deb yuritiladi. I-RNK sintezlangandan so‘ng ribosomalarga kelib, oqsil sintezi uchun programma bo‘lib hisoblanadi.
2) T-RNK (transport RNK) ribosomaga o‘z antikodonlari bilan aminokislotalarni tashib keladi. T-RNK yordamida bo‘ladigan sintez translyatsiya deb yuritiladi.
3) R-RNK ribosoma RNK deyiladi. U ribosomaii qurilish materiallarini tashkil qilib, oqsil sintezida ishtirok etadi.
Genetik kod. Sintezlangan I-RNK dagi nukleotidlar ribosomada uchtadan bo‘lib o‘qiladi. Ya’ni har uch nukleotid bitta aminokislotani belgilaydi. Bu degan so‘z genetik kod tripletdir. Hozirgi vaqtda 20 ta aminokislotani belgilovchi Y-RNK-dagi uchtadan iborat nuklsotidlar aniqlangan va ularni kodon deb yuritiladi.
I-RNK dagi kodonlar aminokislotalarga mos kelishi 1-jadvalda ifodalangan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ko‘p hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq kodonlar yordamida belgilanishi mumkin.
Masalan:
alanin — GSU, GSS, GSA, GSG;
leysin — SUU, SUS, SUA, SUG;
prolin — SSU, SSS, SSA, SSG.
Gendagi kodonlar bilan oqsildagi aminokislotalarning tartibli bir-biriga mos kelishi koleinarlik deyiladi. Eukariota organizmlarning ribosomasi 808 deb yuritiladi. 603 va 405 tarkibiy qismlardan, prokariota organizmlar hamda mitaxondrnya va plastiddagi ribosomalar 705 bo‘lib, 505 305 tarkibiy qismlardan iborat. Ribosomalardagi oqsil sintezi uch qismdan iborat.
1. Traislyatsiyaning boshlanishi (inssiatsiya).
2. Polipeptit xalqasidagi aminokislota qoldiqlarining iolimerizatsiyasi (elangatsiya).
3. Polimerizatsiyani to‘xtatib hosil bo‘lgan polipeptitni ribosomadan ajratilishi (terminatsiya). Oqsil sintezining inssiatsiyasi I-RNK ni ribosomaning kichik qismiga kelishi, har ikkala ribosoma bo‘laklarining qo‘shilishi bilan boshlanadi. Oqsil sintezi har doim inssiatsiya qiluvchi AUG va GUG kodonlari bilan boshlanadi. Bu kodonlar ribosomada maxsus oqsil
sintezini boshlab beruvchi aminoatsil T-RNK (metionil T-RNK) antikodoni bilan keladi. Natijada ribosomani okseptor qismiga metionil T-RNK kelib, u ribosomani donar qismiga o‘tadi, ribosomann ekseptor qismi navbatdagi T-RNKni qabul qiladi. Oqsil sintezida G‘1, G‘2, G‘3, G va GTF faktorlari
asosiy rol o‘ynaydi. Elangatsiya jarayonida sintezlanayotgan oqsil molekulasidagi aminokislotalar ko‘payadi, Oqsil sintezining tugashi I-RNKdagi maxsus terminator kodonlar yordamida amalga oshadi. Bu kodonlar jadvalda UAA va UAG lar bilan belgilangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |