Dunyoning ba'zi mamlakatlariga Grigoriy kalеndarining joriy qilinishi
Mamlakat
Yulian kalеndarining oxirgi kuni sanasi, Grigoriy kalеndarining birinchi kuni sanasi
Italiya
1582- y 4- oktyabr
1582- y 15 -oktyabr
Ispaniya
1582- y 4- oktyabr
1582- y 15- oktyabr
Portutaliya
1582- y 4- oktyabr
Prussiya
1582- y 15- oktyabr
Polsha
1582- y 4- oktyabr
1582- y 15- oktyabr
Fransiya
1582- y 9- oktyabr
1582- y 20- dеkabr
Lyuksеmburg
1982- y 21- dеkabr
1583- y 1- yanvar
Gollandiya
1582- y 21- dеkabr
1583- y 1- yanvar
Bavariya
1983- y 5- oktyabr
1583- y 16 -oktyabr
Avstriya
1584- y 6- yanvar
1584- y 17- yanvar
Shvеytsariya
1584- y 11- yanvar
1584- y 22- yanvar
Vеngriya
1587- y 21- oktyabr
1587- y 1- noyabr
1610- y 22- avgust
1610- y 2- sеntyabr
Gеrmaniya
1700- y 18- fеvral
1700- y 1- mart
Gеrmaniya (protеstantlik)
1700- y 18- fеvral
1700- y 1- mart
Norvеgiya
1700- y 18- fеvral
1700- y 1- mart
Daniya
1700- y 18- fеvral
1700- y 1- mart
Buyuk Britaniya
1752- y 2- sеntyabr
1752- y 14- sеntyabr
Shvеtsiya
1753- y 17- fеvral
1753- y 1- mart
Finlyandiya
1753- y 17- fеvral
1753- y 1- mart
Bolgariya
1916- y 31- mart
1916- y 14- aprеl
Sovеt Rossiyasi
1918- y 31- yanvar
1918- y 14- fsvral
Sеrbiya
1919- y 18- yanvar
1919- y 1- fеvral
Ruminiya
1919- y 18- yanvar
191-9 y 1- fеvral
Yunoniston
1924- y 9- mart
1924- y 23- mart
Turkiya
1915- y 18- dеkabr
1916- y 1- yanvar
Misr
1928- y 17- sеntyabr
1928-y1-oktyabr
Grigorian kalendari o`rniga yangisini joriy qilish fikri revolyutsiyadan bir necha yil ilgari frantsuz ateist-publitsisti va shoiri Sil’ven Marshal tomonidan ilgari surilgan. U 1787 yil oxirlarida shu yilni «Aql podsholigining birinchi yili», deb belgilab «Halol odamlar al’manaxini» chiqardi.
Al’manaxda har bir kun avliyolarga emas, balki haqqoniy, haqiqatparvar odamlarga bag`ishlangan edi. Qirol hokimiyati al’manaxni yoqib, muallifni qamoqqa tashladi, lekin al’manax respublikachilar orasida shuhrat qozongan edi. Al’manaxda yil martdan boshlanib, har bir oy nomYerlangan edi: mart-printseps (birinchi), aprel’-ter (ikkinchi), may-ter (uchinchi) va hk. Har bir oy 30, yil 360 kundan iborat edi. Yilga yana qo`shimcha 5 kun qo`sqilib, sevgi, nikoh, do`stlik va buyuk shaxslar bayram, deb hisoblangan. Ushbu kalendar yangi revolyutsiya kalendari uchun prototip (asos) qilib olingan.
Jahon mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan tobora rivojlanib yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kelgan sari, haftalar bilan oylar va choraklar o’rtasidagi nisbat noto’g’ri bo’lib , amaldagi o’zgarib turuvchi , nomukammal Yuliy taqvimi tuzilishining noqulayligi tobora ko’proq sezilishi natijasida XVIII asrning oxirlaridayoq Frantsiyada islohot o’tkazishga urinib ko’rildi.
1793- yilda amalga oshirilgan Frantsiya inqilobi davrida taqvimni isloh etish xalq ta’limi Qo’mitasi zimmasiga yuklandi.Yangi taqvimning bosh ijodkori milliy inqilobiy Konvent deputati Rom Jilber edi.Taqvim umuman olganda korolning taxtga o’tirganidan boshlanib eski yil hisobini yo’qqa chiqargan edi. Rom Jilber ta’kidlaganidek: “1564- yilga qadar Frantsiyada yil pasxadan boshlangan. Qattiqqo’l va aqlsiz korol Karl IX varfolomey qatlini o’tkazishni buyurib, o’z hoxishiga ko’ra hech qanday asossiz yil boshlanishini birinchi yanvardan belgiladi. Bu yil vaqtiga ham burj ko’rsatkichlariga ham tarixiy yilnomalarga ham muvofiq kelmas edi”.
1793- yilda Frantsiya inqilobining “Respublika taqvimi” joriy etildi. Qadimgi Misr taqvimidagi kabi bu taqvimda ham yil 12 oydan va har oy 30 kundan iborat bo’lib, oylar hafta o’rniga uchta dekadaga bo’lingan hamda yil oxirida besh yoki olti qo’shimcha kun qo’shilgan edi. Rom oylarni inqilob voqealari bilan atadi (respublika oyi, birlik oyi, do’stlik, ozodlik, tenglik oyi va h.k.) Yetti kunlik hafta bekor qilinib o’n kunlik dekada bilan almashtirildi. Oyni uch dekadaga bo’ldi. U dekada kunlarini mchnat qurollari (omoch, kompas), yoki urush va inqilob qurollari (pushka), inqilob ramzlari (tamg’a, qizil qalpoq) nomlari bilan atashni taklif qildi. O’ninchi kun dam olish kuni deb ataldi. Qo’shimcha kunlar ham shunday: ishlab chiqarish, mukofotlash, keksalik, oltinchi kun esa - olimpiada musobaqalari kuniga bag’ishlandi.
Yilning boshlanishi birinchi yanvar o’rniga Parij vaqti bilan kuzgi kun-tun tengligi davriga to’g’ri keladigan yarim kechasiga belgilangan edi. Kuzgi tengkunlikning astronomik holati taqvim ifodasida yillar bo’yicha yondosh sanalar doirasida o’zgarib turadi, shu sababli yangi yilning boshlanish kuni o’zgaradigan bo’ldi va har yil uchun alohida belgilandi.
Konvent bir qancha o’zgartirishlar bilan yangi respublika taqvimini joriy etdi. Oy va kunlarning nomlanishi qabul qilinmadi. Ularning sonlar bo’yicha ko’rsatkichi saqlab qolindi.
Bu hoi noqulaylik tug’dirishi bilan birga yil mobaynida taqvim sanalarining o’rni almashuviga, voqealarning vaqt jihatidan aniq hisobga olinishi buzilishiga sabab bo’ldi. Bunda Grigoriy taqvimining kabisa yillari ham buzildi.
Oy va yil hisobi Respublika e’lon qilingan kundan – 1792- yil 22- sentyabrdan olib borila boshlandi. Bu kun o’sha yili kuzgi tengkunlikka tasodifan to’g’ri kelib qoldi (22- sentyabr 1792- yil, soat 9 dan 10 daqiqa o'tganda). Birinchi yanvar yangi yil bayrami bekor qilinib, uni bayram qilish taqiqlandi. Shu kuni pochta orqali jo’natilgan xatlar hatto bayram tabrigi emasmikan deb ochib o’qildi. yangi yil 22- sentyabrga yaqinroq kunga keltirildi. Doimiy yangi yil Respublika taqvimida belgilanmadi.
Bu taqvimni to’g'rilash chtiyoji konvent qabul qilgan davrdayoq tug’ilgan edi.
Oy va kunlarning yangicha nomlanishini sobiq aktyor va shoir Fabr de Hglantin konventga taqdim etdi. Oylar yangi nom bilan atalib Frantsiya tabiiy sharoitiga muvofiq edi:
Kuz oylari.
1Vandemer- uzum uzish.
2Bryumer tumanli.
3Frimer izg'irinli.
Qish 'oylari.
4Nivoz - qorli.
5Plyuviz - yomg’irli.
6Ventoz shamolli.
Bahor oylari.
7Jerminal - unib chiqish.
8Florial - gullash.
9Prerial - ko’klamzor.
Yoz oylari.
10Messidor - dala.
11Termidor - issiq.
12Fryuktidor - mevali.
Bu oylar amaldagi taqvimning hamma tomondan qabul qilingan oylariga to’g’ri kelmadi, chunki ular taxminan bir dekadaga surilgan edi. Taqvim ko’proq qishloq xo’jaligi ishlariga asoslangan, dchqonchilik xarakterida edi.
So’nggi respublika taqvimi quyidagicha ko’rinishda edi: yil 12 oy 30 kun bo'yicha bo’lindi. Yil oxirida 12-oyga oddiy yilda besh qo’shimcha kun va kabisa yiliga olti qo’shimcha kun qo’shildi. Yana bir qancha yangiliklar kiritildi. Konvent dekritiga muvofiq Parij vaqti bo’yichayarim tunda to’g’ri keluvchi kuzgi tengkunlik yil boshi hisoblandi. Shunday qilib yilning boshlanishiga har doim aniq astronomik hisob asos qilib oldindi. Yilning uzunligi 365 yoki 366 kundan iborat bo’ldi. Bu hisob shunga olib keldiki qo’shimcha kun to’rt yilda bir marta, yoki besh yilda bir marta kiritildi. Bunday qo’shimcha kiritish tizimini 1074 yildayoq Umar Hayyom taklif etgan edi.
Respublika taqvimi Frantsiyada rasmiy inqilob dekriti bilan 14 yilga yaqin, 1793 yil 25 oktyabrdan - 1806 yil 1 yanvargacha Napoleon bekor qilgunga qadar amal qildi.
1871 yil Ikkinchi imperiya qulashi bilan “Xalq mudofasi Hukumati” respublika taqvimini joriy etdi. Ma’lumki Parij kommunasi 72 kun - 1871 yilning 18 martidan 28 maygacha yashab, u qulashi bilan Frantsiyada yana Grigoriy taqvimi joriy etiidi.
Kalendarni reforma qilish vazifasi xalq maorifi komitetiga topshirilgan.Islohotga boshchilik qilgan shaxs Jil’ber Romm –revolyutsion milliy konvent deputati edi.
Muhokama qilinib qabul qilingan kalendar shunday ko`rinishga ega edi: yil har biri 30 kundan iborat 12 oyga bo`lingan, 10,20 va 30-kunlar bayram hisoblanar edi. Yil boshidagi 1-(22-sentyabr’) va yil oxiridagi 5 yoki 6 kun bayram hisoblangan:
Birinchi kun-Daholar bayram. Bu kun shu yildagi fandagi eng katta ixtiro, yangilik bayram qilingan.
Ikkinchi kun-Mehnat bayram bo`lib, mehnat qahramonlari ulug`langan.
Uchinchi kun-Jasorat bayram bo`lib, jasorat ko`rsatganlar ulug`langan.
To`rtinchi kun-Mukofot bayram. Bu kuni oldingi uch kunda nom chiqqan shaxslar mukofotlangan.
Beshinchi kun-Fikr (Mneniya) bayram-umumxalq tanqid kuni hisoblanib, mansabdor shaxslar tanqid qilingan.
Oltinchi kun-kabisa yilida qo`sqilib olimpiada, sport o`yinlariga bag`ishlangan.
Frantsuz inqilobi kalendari erasi, deb 1792 - yil 22 - sentyabr’-respublika e`lon qilingan kun belgilandi. Bu kun tasodifan kuzgi tenglikka to`g`ri kelib qolgan. 1 - yanvarda yangi yil bayram ta`qiqlandi. Yil boshidagi yangi yilni bayram qilish (taxminan 22 - sentyabr’) aniq astronomk hisoblardan so`nggina e`lon qilinardi. Bu yangi kalendarning eng katta kamchiligi edi.
Kalendar oylari nomlarini konventga aktyor va shoir Fabr d’ eglantin taklif etgan. Nomlar Frantsiya ob-havosiga xos tabiiy xususiyatlarga moslangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |