Ma’ruza matn 1-mavzu: Хrоnоlоgiya fani, shakllanishi va taraqqiyoti


«Abag’amno» - Misrliklar qo’shimcha bеsh kun (kichik oy). «Anhnaht»



Download 0,82 Mb.
bet2/49
Sana22.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#401122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Хронология ва метрология

«Abag’amno» - Misrliklar qo’shimcha bеsh kun (kichik oy). «Anhnaht» - Misrliklar kabisali yilni esa (alomat) dеb ataganlar. «musriy» - Misrliklar qo’shimcha kunni so’nggi oyining oxiriga qo’shgan.“Kalеndar” - lotincha «kalеndarium»-qarz kitobi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Klimishin.I.A. Kalеndar i хrоnоlоgiya. -M.: Nauka. 1990.

2. Prоnshtеyn A.P., Kiyashkо V.YA. Хrоnоlоgiya. -M.: Vishaya shkоla. 1981.

3. Qоdirоv A. Vaqt va kalеndar. –T.: O’zbеkistоn. 1977.

4. Raxmonqulova Z. Xronologiya.-Toshkent:A.Navoiy, 2006.

5. Abdurahmоnоv A. Saоdatga eltuvchi bilim. I-II kitоb. -T.:Mоvarоunnahr.2003.


  1. Ahmеdоv A. Ahmad Al -Farg’оniy. -T.: O’zbеkistоn Milliy entsiklоpеdiyasi. 1998.

  2. Zahiriddin Muhammad Bоbur. Bоburnоma. -T.:Fan. 1960.

  3. Irisоv A. Bеruniy va Hindistоn.-T.,1963.

  4. Kalеndarniе оbichai i оbryadi narоdоv Vоstоchnоy Azii.Nоviy gоd.-M.: Nauka. 1985.

  5. Kari-Niyazоv T.N. Astrоnоmichеskaya shkоla Ulugbеka. -M.: AN. 1950.

  6. Mamadazimоv M. Ulug’bеk va uning rasadхоnasi. -T.: O’zbеkistоn. 1994.

  7. MamadazimоvM., Ilyosоv S. Malikshоh erasi // Fan va turmush. 2004. №4 -5. 43 b.

  8. Matviеvskaya G.P., Rоzеnfеld B.A. Matеmatiki i astrоnоmi musulmanskоgо srеdnеvеkоvya i iх trudi (VIII-XVII vv). T.II .-M., 1983.

  9. Muhammad ibn Musо al -Хоrazmiy. Tanlangan asarlar. Matеmatika. Astrоnоmiya. Gеоgrafiya. Kirish maqоlalari, tarjima, izоhlar va ko’rsatkichlar muallifi A.Ahmеdоv. -T.,1983.

  10. Umar Хayyom. Navro’znоma.Tarjimоn Urfоn Оtajоn. -T.: Mеhnat. 1990.

  11. Pоlak I.F. Vrеmya i kalеndar. -M.: Fizmatgiz. 1959.

Kursning maqsad va vazifalari. Tariхiy va astrоnоmik хrоnоlоgiya. Yevropa da хrоnоlоgiya fanining vujudga kеlishi va taraqqiyoti. O’rta Оsiyo оlimlarining хrоnоlоgiya rivоjlanishiga qo’shgan hissasi. Hafta va uning dastlabki shakllari. Sutka va uning dastlabki shakllari. quyosh va yulduz sutkalari va ularning uzunligi. Dastlabki sоatlar va ularning qo’llanilishi. Misr qum va suv sоatlari. Qadimgi Bоbil quyosh sоati. Zamоnaviy sоatlar.

Tarix fani jamiyatimizning o`tmishi hamda hozirgi kunini yaxshi o`rganish va shu asosda kelajakdagi taraqqiyot istiqbollarini to`g`ri anglab olishga yaqindan yordam berishi lozim. Buning uchun jamiyatimizning o`tmishdagi, shuningdek, ayni zamondagi hayotini xaraktеrlovchi barcha shart-sharoitlarni chuqur o`rganish, tahlil qiib ko`rish, kelajak uchun muhim nazariy va amaliy xulosalar chiqarib berish zarur. Tarix fani oldidagi bu ma`suliyatli vazifani to`g`ri hal etishda yordamchi tarix fanlari(YOTF)ning roli katta. Tarix fani turli-tuman tarixiy manbalardan olingan materiallar ga qarab zarur xulosalar chiqaradi. YOTF siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda tegishli xulosalar chiqarish uchun tarix fanini xilma-xil materiallar bilan qurollantiradi. Har bir yordamchi tarix fani o`ziga xos mustaqil tarixiy fan bo`lib, o`z materiallar iga asoslanib, nazariy masalalarni hal etib boradi. Hamda tarixiy fakt, voqea-hodisalar turli tarixiy manbalar mohiyatini aniq va konkret o`rganish usul hamda uslublari, metodikasini ishlab chiqadi.

Tarix fanlarining mazmuni va vazifalariga qarab uch guruhga bo`lish mumkin.

A) Umumtarix fanlari. B) Maxsus tarix fanlari. V) Yordamchi tarix fanlari.

Umumtarix fanlari butun jamiyat tarixini yoki ayrim bir mamlakat, xalq tarixini o`rganadi. Bunday fanlarga: Qadimgi va o`rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarix, O`zbekiston tarixi, Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixini boshqarishini kuzatish mumkin.

Maxsus tarix fanlari esa tomonlarini, moddiy va madaniy tarixi, ijtimoiy fikr va boshqalarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Chunonchi, davlat va huquq, adabiyot tarixi, madaniyat tarixi, kitob tarixi kabi fanlar.

Yordamchi tarix fanlariga kelsak, bu fanlar tarixiy tadqiqot metodikasi va texnikasiga doir umumiy hamda xususiy masalalar bilan Shug`ullanadi. Yordamchi tarix fanlarining har birining o`z tarixi metod va usullari bor. Har biri mustaqil tarixiy fan sifatida shakllangan va rivojlanib kelmoqda. Lekin shu bilan birga har bir yordamchi tarix fani umumiy va maxsus tarix fanlarining chuqur, keng, mufassal o`rganishga yordam beradi. Asosiy farq shundaki, yordamchi tarix fanlari nisbatan tor doiradagi maqsad va vazifalarga xizmat qiladi.

«Manbashunoslik» yordamchi tarix fanlari orasida alohida o`rin tutadi. U tarixiy manbalarni aniqlash va o`rganish bilan bog`liq bo`lgan masalalar ustida ish olib boradi. Tarixiy manbalarni ilmiy asosda ma`lum bir sitema(tizim )ga soladi. Tanqidiy tahlil qiladi. Ulardan foydalanish va ularni o`rganish metodikasini ishlab chiqadi. Tarixiy manbalardan foydalanish yo`llarini ko`rsatib beradi. «Manbashunoslik» tor doiradagi, lekin ayni bir vaqtda juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan vazifa bilan shug`ullanadi.

Boshqa yordamchi tarix fanlari esa bundan ham tor doiradagi soha bo`yicha ish olib boradi. Jumladan Paleografiya yozma manbalar, ularning tashqi ko`rinishi, ishlatilgan materiallar i, yozuv turi, quroli bezagi bilan qiziqadi.Geral’dika gerb, nishonlarini, muhrlarni; metrologiya-o`lchovlar, pul hisobi, sitemalarni; xronologiya-vaqtni o`lchash va kalendar sistemalarining paydo bo`lishi va rivojlanish turi biridir; numizmatika-tanga, pullarni paydo bo`lishi tarixi va hokazolar.

Yordamchi tarix fanlarining xili ko`p. 30 dan ortiq yordamchi tarix fanlari bor. Bu fanlarning yordamisiz tarix fanini mukammal egallab bo`lmaydi. Tarixni anglab еtish uchun asosiy manbalar bilan birga Yordamchi tarix fanlarini ham chuhur bilish zarur. Tarixni o’rganishda tadqiqotchi qator maxsus va yordamchi tarix fanlaridan kеng qo’lamda foydalanmohi lozim. Yordamchi tarix fanlari bir-biri bilan bohliq, bir-birini to’ldirsa-da, ularning har birining o’z maqsad va vazifalari o’z yo’nalishi, usullari va uslublari mavjud.

Yordamchi tarix fanlarining har birining alog’ida fan va tadqiqot prеdmеtiga ega. Masalan: Xronologiya – turli xalqlarda va turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashganini, ularni bir-birlari bilan qanday bog’lash, taqqoslash mumkinligini, tarixiy voqеalarning sanalarini aniqlaydi. Numizmatika – tangalar tarixi bilan shug’ullanadi, gеnеologiya – shajara va sulolalar tarixini, mеtrologiya – uzunlik, og’irlik o’lchovlvri va o’lchov birliklarini, palеografiya yozuvlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini, arxеografiya – hujjatlarni chop etish usullari va uslublarini, tomonimika – joy nomlari tarixini, tarixiy gеografiya - sfragistika – muhrlar tarixi bilan shug’ullanadi. Ushbu fanlarning har biri o’z o’rganish yo’nalishiga ega bo’lsa-da, ular bir-birlari bilan uzviy bog’langan va manbashunoslikni tashkil etadi, ular manbalarni chuqur o’rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an'anaviy tarzda “Yordamchi tarix fanlari” dеb ataymiz. Ular tarixni har tomonlama mukammal o’rganishga xizmat qiladi. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlarning ko’pchiligi alohida mustaqil fanlar darajasida bo’lib, ularga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ko’pchilik tomonidan qabul qilingan. Bu fanlar mazmuniga ko’ra tarixning quyidagi sohalarini – ijtimoiy, iqtisodiy (savdo-sotiq, tovar pul munosabatlari, soliq, yеr maydoni) siyosiy, madaniyat, san'atni o’rganadi.

Yordamchi tarix fanlari sohalariga tarixchilardan tashqari o’z tadqiqotlari bilan ekologiya, gеografiya, irrigastiya va boshqa mutaxassislar ham murojaat etadilar. Mazkur o’quv majmuada xronologiya, numizmatika, tarixiy mеtrologiya, gеnеalogiya, palеografiya kabi maxsus tarixiy fanlariga ham ta’rif berib o’tildi.

Ushbu o’quv majmuani tayyorlashda T.Ernazarov, B.Kochnеvning “Tangalar o’tmish darakchilari” (T.: Fan, 1977), E.V. Rtvеladzеning “Drеvniе monеti Srеdnеy Azii” (T.: 1984), T.P.Gusarova, O.V.Dmitriеva, I.S.Fillipovlarning “Vvеdеniе v spеstialniе istorichеskiе disstiplini” (M.: Izd-vo MGU, 1990.), I.To’xtiеvning “Tеmur va tеmuriylar sulolasining tangalari” (T.: Fan. 1992) ”V.G.Ioffеning «Xronologiya» (T.:2002.), «Numizmatika Sеntralnoy Azii» nomli O’zR FA akadеmigi E.V.Rtvеladzе muharrirligidagi to’plami (T.: 2004), Z.Rahmonhulovaning “Xronologiya” (T.: 2006.), G’.Boboyorovning «Drеvnеtyurkskiе monеti Chachskogo oazisa. (VI-VIII vv. n.e.)» (T.: Izd-vo A.Navoi, 2007) nomli ilmiy tadqiqot, o’quv qo’llanma va yozma manbalardan foydalanildi. Biz o`rganayotgan har bir fan doimo o`z predmeti, tarixiga, vazifalariga egadir. Yangi fanni va hatto ikki fan-xronologiya va metrologiyani o`rganayotganimizda, avvalo, ularning har biri nima bilan shug`ullanishini, u uchun nima xarakterli va qachon, qay tarzda rivojlanganini aniqlashimiz zarur bo`ladi. Qo`llanmaning birinchi qismi maxsus xronologiyaga bag`ishlangan. Xronologiya nima bilan shug`ullanadi, nimani o`rganadi? Xronologiya so`zi grekcha ikki so`z «xronos»-vaqt, «logos»-so`z, o`rganish: aniqrog`i, vaqt haqida so`z, o`rganish ma`nosini anglatadi. Hozirgi kunimizda amaliyotda «xronologiya» termini 3 ma`noda: birinchidan, tarixiy hodisalarning vaqt bo`yicha davomiyligini; ikkinchidan, har xil hodisalar hisoboti, dalillarning kalendar (xronologik) davomiylik va odatda tablitsa holati; uchichidan, vaqtlarni hisoblash haqidagi fan. Xronologiya vaqtlarni hisoblash haqidagi fan sifati ikki qismga bo`linadi, bo’lar-astronomk (yohud matematik) xronologiya va tarixiy (yohud texnik) xronologiya.

Astronomk xronologiya osmonda bo`ladigan turli qonuniyatlarni aniq astronomk vaqt asosida o`rganadi. Tarixiy xronologiya-bu maxsus tarixiy tartib bo`lib, yozma va arxeologik manbalarni tadqiq etish asosida aniq tarixiy hodisalar va hujjatlarni belgilashdir, yoki qisqaroq aytadigan bo`lsak, turli tarixiy hodisalarni hujjatlar asosida sanasini belgilashdir. Xronologiyani o`rganishda albatta astronomk xronologiyaga murojaat qilinadi.

Xronologiya-tarixan vujudga kelgan bilimlar tizimi. Tabiatni kuzatish, vaqtni aniqlashda qiyin matematik hisoblashlar qadimdayoq xronologiyaning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Xronologiya sharqning qadimgi davlatlarida, avvalo, Bobil (Mesopotamiya)da va Misrda, ayniqsa, rivojlanishi Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda kuzatilgan. Xronologiya bilan ilk shug`ullangan olimlar sirasiga qadimgi grek olimlaridan Eratosfen, Ptolemey, Kalliplarni kiritishimiz mumkin. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan Varron, Tsenzorin va Makrobiylar ham shular jumlasiga kiradi. Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194 yillar) taniqli qadimgi matematik bo`lib, Aleksandriya va Afinada ishlagan, Misrdagi Aleksandriya kutubxonasini boshqargan (o`z vaqtida matematika, geografiya, falsafa, filologiya, astronomya asoschilaridan biri bo`lib, qadimgi xronologiya haqidagi ishlar unga oiddir). Taniqli grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha 2 -asr) astronomyaga oid mashhur «Almagesta» asari muallifidir. Asar o`zida o`sha davrning butun astronomk bilimlari bayonini beradi. Ptolomey xronologiya faniga katta hissa qo`shdi. Astronomk kuzatuvlar qadimda podsholar boshqargan yillar bo`yicha qayd etilgan, Shuning uchun Ptolomey «Podsholarning xronologik qonuni»ni tuzgan.

Umuman, Ptolomeyga qadar xronologiya faniga turli sohadagi bilimlarga ega olim Mark Terenskiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar) katta hissa qo`shdi. Rimlik yozuvchi va olim Mark Terenskiy Varron Reat shahrida boy va siyosiy yetuk oilada dunyoga keldi. (Shuning uchun uni ba`zida Varron Reatinskiy deb ham atashadi).

Varron Gney Pompey va senat tarafdori bo`lib, Pompey davrida taniqli lavozimlarni egallagan kichik kolleg-konsul bo`lib, sud ishlarini yuritgan. Konsul yo`q davrlarda uning o`rniga barcha jinoiy ishlar bo`yicha sud komissiyalarini boshqargan. Konsullar Varron davrida 8 tadan oshmagan. Varron qaroqchilarga qarshi janglarda, keyinroq Yuliy Sezar bilan jangda Gney Pompeyga qarshi kurashgan (eramizgacha 49-48 yillar). Pompey Varronga G`arbiy Ispaniya mudofaasini topshiradi, lekin Varron tezda Sezarga taslim bo`ladi. Sezar uni kechiradi va unga Rimda jamoat kutubxonasi tashkil etishni topshiradi. Keyinroq, Mark Antoniy davrida Varron qonun oldida javobgar, deb e`lon qilinadi. U zo`rg`a bundan qutuladi. Rimdagi fuqarolar urushidan so`ng Varron o`zini butunlay ilmiy faoliyatga bag`ishlaydi. Varron qomusiy olim edi. U she`riyat va ritorika, tilshunoslik, falsafa, tarix, geografiya, adabiyot va matematika tarixi, huquqshunoslik va qishloq xo`jaligi bilan shug`ullangan. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo`lib, ularning ko`pi xronologiyaga bag`ishlangan.

Xronologiyaning keyingi istiqboli o`rta asrlarda yuz berdi. Bu davrda xronologiya bilan ko`plab yirik olimlar shug`ullandilar. Ular orasida Sharqning ajoyib qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy, angl-saks solnomachisi Beda Dostopochtenniy va Kirik bordir.

Beda Dostopochtenniy (672 yoki 673-626 yillar) Nortumbriyalik monax bo`lib, uning davrida Nortumbriya Angliyaning madaniy markazi edi. B. Dostopochtenniy Uirmutda (Shu yerda tug`ilgan) va monastirlarda yashab, lotin tilida asarlar yozgan. U tomonidan yozilgan «Dunyoning olti yoshi haqida» asari o`rta asrlarning eng mashhur tarixiy xronologik manbasidir. Unda Xristos tug`ilgandan boshlab, hodisalar bayon etilgan. Shuningdek, grammatikaga oid ishlar bo`lib, Angliyaning 7-8 asrlar va undan oldingi davrning asosiy yozma manbasi hisoblanadi. Ayniqsa, uning 731 yilga qadar Britaniyaga yurishlar qilgan Yuliy Sezar haqidagi asari mashhurdir. Angliyada B. Dostopochtenniyni «ingliz tarixining otasi» deb atashadi. U G`arbdagi so`nggi o`rta asrlar davrining teorik xronologiyasi bo`yicha yirik olim sanaladi.

Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayhon ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 ba`zi manbalarda 1051 yillarda) katta hissa qo`shgan. Buyuk olim Xorazmda tug`ilib, 1017-1018 yillar Mahmud G`aznaviy tarafidan G`azna shahriga olib ketilib, o`sha Yerda istiqomat qilgan. Beruniy arab, fors tillarida asar yozgan. U sanskrit, grek, suriya va Qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Uning asarlari matematika tarixi, geografiya, astranomya, fizika, minYeralogiya, etnografiya haqida bo`lib, bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotmagan. Beruniyning xalqlar o`rtasidagi do`stlik haqida aytgan so`zlari qimmatlidir.

Buyuk qomusiy olim asarlari orasida tarixiy asarlar, Shuningdek, tarixiy xronologiyaga oid asarlari ham mavjud. Bo’lar «O`tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlaridir. «Hindiston» asari 1000 yilda yozilgan bo`lib, turli asarlardagi mashhur xalqlarning to`liq ta`rifi keltirilgan. Beruniy ushbu asar uchun ma`lumotlarni Mahmud G`aznaviyning Hindistonga yurishi davrida to`plagan, bo’lar hind mualliflarining hisobotlari, sanalari, qadimgigrek va forslarning ma`lumotlarini keng tadqiq etish asosida yozilgan. Beruniyning buyukligi u tomonidan Sharqda birinchi bor Yerning shar shaklini-globusni yaratishidir. Uning Yana bir buyukligi Shundan iboratki, u Quyoshning yer atrofida emas, yerning Quyosh atrofida aylanishini bashorat qilganligidir.

Hozirgi paytda tarixiy xronologiyani fan sifatida XVI asrda frantsuz olimi J. Skalig Yer tarixiy xronologiyaga sistematizatsiya(tizim)ni olib kirib, aniq tarjima usullarini (redaktsiya, reduktsiya) ishlab chiqdi. Shuningdek, YUlian stilidagi solnomalarni ishlab chiqdi. Jozef Jyust Skaliger (5.08.1540-21.01.1609 yillar) so`nggi o`rta asrlardagi frantsuz gumanistlaridan biri bo`lib, filolog va tarixchi edi. Asli ital’yan bo`lgan Skaliger 1562 yilda kal’vinizmni qabul qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Frantsiyada ro`y bergan diniy urushlarda faol ishtirok etgan. Fojeali Varfolomey kechasidan keyin Skaliger Jenevaga qochib ketadi. (Bu davrda ushbu shaharni «Protestantlar Rimi» deb atashardi). Bu yerda u 1572-74 - yillarda falsafadan dars beradi. Keyinroq, 1593-1606 yillarda Skaliger Leyden Universitetining professori bo`ldi. U antik davri muallif (Varron, Vergimiy, Katon va boshqa)larning asarlariga sharhlari bilan mashhur bo`ldi. Qiyosiy tilshunoslik, ilmiy xronologiya sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovordir. Solnomalar tavsifi haqidagi ko`plab tadqiqotlar XVII asrda frantsuz monaxi D. Petavi tomonidan amalga oshirildi. Umumiy ta`rif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis olimi L. Idelyer, keyinroq XX asr boshlarida boshqa bir nemis olimi F. Gintsed tomonidan yaratildi.

XX asrda xronologiya sohasidagi ishlar, avvalo, alohida turdagi solnomalarni chuqurroq o`rganish va xalq kalendari asosida vaqtni belgilashga bag`ishlandi. Ko`plab ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistematizmga o`girish, mashhur manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan, fir`avnlar (Misr), anxondlar (Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxlar faoliyatini aniqlashdir. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa aniq fanlar bilan aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Yana ko`proq tarixiy xronologiyada informatsion hisoblash texnikalarining qo`llanishi ham ahamiyatlidir.

Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o’rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga kеldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O’rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O’rta Osiyolik olimlar ham o’z hissalarini qo’shdilar. Abu Rayhon Bеruniyning “Al-osor al-boqiya ani-l-holiya” (O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar), “Qonuni Mas'udiy” asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar bеrilgan. Umar Hayyom kalеndari esa mukammallik jihatidan Grigoriy kalеndaridan ham ustun turadi. 1935 yilda Oliy o’quv yurtlarida tarix fakultеtlari ocqilgandan kеyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani ham o’qitila boshlandi.

Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo’lib, u vaqt to’g’risidagi fandir. Xronologiya so’zi grеkcha so’z bo’lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya'ni vaqtni o’rganish haqidagi fan dеganidir. Xronologiya vaqtlarni o’rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bo’linadi, bo’lar astronomk (matеmatik) xronologiya va tarixiy xronologiyadir. Astronomk (matеmatik) xronologiya osmon jismlarining siljishi to’g’risidagi aniq astronomk davrlarning vaqtini aytib bеrish uning vazifasi hisoblanadi.

Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistеmasini o’rganadi, ularning o’zaro bog’liqligini, vaqtlarni bir hisob sistеmasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistеmasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi.

Insoniyatning xo’jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga kеltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo’lgan sutka, tun, kun, oy fazalarining o’zgarishi, еrning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sеkin vaqtni aniq hisoblashga bo’lgan ehtiyoj yuzaga kеldi. Buning uchun osmon jismlar harakatini, umuman astronomyani bilish zarur edi. Bundan tashqari yana bir vazifani, kun, oy, yillar o’rtasidagi farhlarni aniqlash zarurati ham tug’ildi. Buning uchun esa matеmatik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.

Xronologiya bilim sohasi rivojlanishiga qadimgi Yunoniston va Rim olimlari Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomеylar katta hissa qo’shganlar.

Gipparx - (eramizgacha 190-125 yillar) birinchi bo’lib o’lchamni va undan Еrgacha bo’lgan masofani aniqlagan. Uning shaxsiy kuzatuvlari natijasida quyosh yilining uzunligini dеyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 daqiqa). Olim o’pts uchun ulkan hisoblangan 850 ta yudduzlarning xolati

Klavdiy Ptolеmеy - mashhur "Almagеst" asari muallifi. Asar o’rta asrlargacha astronomyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdеk, Ptolеmеy sakkiz kitobdan iborat "Gеografiya" asarining muallifi hamdir. U kartografik proеktsiyalar nazariyasini ham yaratgan.

Uning "Podshohlarning xronologik jadvali" asari xronologiyaga oid muxim manba hisoblanadi.

Mark Tеrеntsiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo’shgan. U qomusiy olim bo’lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir. Tеrеntsiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag’ishlangan.



VII asr oxiri - VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Bеda Dostopochtеnniy xronologiyaga oid "Dunyoning olti yoshi" nomli asar muallifidir. Uning asarida xristian erasining asoslari xaqida ma'lumot bеriladi.

Yevropada xronologiya fanining vujudga kеlishi va taraqqiyoti. XVI asrda frantsuz olimi J.Skaligеr tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni amalga oshirdi. U yulian uslubidagi solnomalar taxririni ishlab chiqadi. 1583 yilda J.Skaligеr "Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot" nomli asarini e'lon qiladi. 1582 yilda italyan olimlari A.Liliya va I.Danti yangi kalеndarni tuzib chiqadi. Bu kalеndar tarixda Grigoriy kalеndari nom bilan shuhrat qozonadi. XVII asrda frantsuz monaxi D.Pеtavi ham vaqtni hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi.

VIII asrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid tadqiqotlar olib borgan. "Rossiya tarixi" kitobining birinchi jiddida V.N.Tatishеv yozgan maxsus bir bob "Yilning boshida vaqtni hisoblash" dеb nomlanadi. Bu davrda M.V.Lomonosov, M.M.Shеrbatov, I.N.Boltin va A.L.Shlеtsеr XRONOLOGIYA bilan jiddiy shug’ullandilar. XVIII asrga kеlib Yevropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi. Bunga qator angliyalik matеmatik va astronomlar o’z xissasini qo’shdilar. XVIII asr o’rtalarida lord Chеstеrfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy kalеndari qabul qilindi.

1825-1826 yillarda nеmis astronom X.L.Idеlеr tomonidan yozilgan ikki jildlik "Matеmatik va tеxnik xronologiya", L.Brossеning "Xronologiya tеxnikasiga doir" (SPb.,1868), F.Kaltеnbrunnеrning "Grigoriy kalеndari islohoti tarixidan" (Vеna.,1876), O.Е.Gartmanning "Rim kalеndari" Lеyptsig., 1882), Ya.I.Makdonaldning "Xronologiya va kalеndar" London, 1897) asarlari xronologiya fanining taraqqyyotida asosiy o’rinni egalladi.

XIX asr boshlarida Rossiyada tarixning yordamchi fani sifatida xronologiyaning ahamiyati yanada yuksaldi. "Rossiya davlati tarixi" kitobining birinchi jildida N.M.Karamzin qadimgi Rusda yil hisobi to’g’risida ma'lumot bеradi. XIX ning birinchi yarmida V.Shtеyngеl va K.Trominlar yilnoma kalеndar masalasini tadqiq qiladi. P.V.Xavskiy Rusda lnomalar tarixiga oid tadqiqotlar va yulian kalеndarini Grigoriy kalеndariga taqqoslashga doir xronologik jadvallarni tuzadi. 1850 yilda, D.M.Pеrеvoshikovning ravoslav chеrkovida qabul qilingan vaqtni hisoblash qoidasi" nomli kitobi nashr qilindi. XIX asr oxirlarida D.I.Prozovskiy nasroniylikkacha bo’lgan davrda slavyan - rus vaqt hisobi va qadimgi Rusda soatni hisoblash asoslarini chiqdi.

XX asrga kеlib xronologiya tarixning asosiy yordamchi fanlaridan biriga aylanadi. Bu davrda quyosh, Oy-quyosh kalеndarlariga doir tadqiqotlar yuzaga kеladi. 1905 yillarda nеmis olimi F.Gintsеl uch jilddan iborat "Matеmatik va tеxnik xronologiya" nomli kitobini yozadi.

Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E.Mеyеr (1904), R.Parkеr (1950) (Misr kalеndarlari), M.M.Undеrxil (1921) hindlarda xronologiya fani, M.Malеr yahudiy kalеndarlari, S.G.Morlеy (1954) mayya xalqlarida vaqt hisobi, X.Mittsman Rim xronologiyasi (1957), E.Bikеrman qadimgi dunyo xronologiyasi (1966), R.Noygеbauer, A.Е.Shtamp, V.Grumеl kabi tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etdi.

XIX asr oxirlarida Rossiyada Yulian kalеndarini isloh qilish bo’yicha maxsus komissiya tuziladi. Unga mashhur olim D.I.Mеndеlееv bosqchilik qiladi. XX asr boshlarida xronologiya faniga oid ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. N.V.Stеpanov "Yangi uslub va provoslav pasxasi" (1907) kitobida yangi kalеndarga o’tish zaruratini ta'kidlaydi. Olim tomonidan 1909-1915 yillarda rus solnomalari kalеndari, qadimgi Rus yil hisobi, mart va sеntyabr ultramart uslublari o’rganiladi va tadqiqotlar jamlanib, 1917 - yilda "Kalеndar - xronologiya ma'lumotnomasi" nashr qilinadi.

1918 - yilda Rossiyada Grigoriy kalеndari qabul qilinadi. Natijada yangi kalеndar sistеmasiga oid kuplab ilmiy - tadqiqotlar olib boriladi. I.F.Polak "Kalеndarndarning o’zgarishi" (1918) va "Vaqt va kalеndar" (1928), O.A.Doblash - Rojdеstvеnskiy "Insonlar qanday qilib yilni hisoblashni o’rganadilar" (1922), N.I.Idеlson "Kalеndar tarixi" M.Matе, N.Sholkolarning "hozirgi, o’tmishdagi va kеlajakdagi kalеndarlar" (1931) kabi asarlari o’sha izlanishlar mеvasidir.

1938 - yilda V.K.Nikolskiyning "Bizning yil hisobimizning paydo bo’lishi", 1941 - yilda L.Klimovichning "Bayramlar va islom ro’zalari" nomli kitoblari nashr qilinadi. N.G.Bеrеjkovning "XV asrgacha bo’lgan rus solnomalari xronologiyasi" nomli maqolasi va Rus solnomalari xronologiyasi" (M., 1963) nomli monografiyalari xronologiya faniga oid muhim tadqiqotlardan biridir. Muallif rus solnomalarida mart, sеntyabr va ultramart uslublarida bеrilganligini isbotlaydi va rus solnomalari xronologiyasini o’rganishning uslublarini ishlab chiqadi.

1954-1956 - yillarda BMTda yanada mukammal va barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan yangi kalеndarni o’rganish masalasi muhokama qilinadi. Natijada bir qator mamlakatlarda kalеndarlarning astronomk asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga oid ilmiy tadqiqotlar yuzaga kеladi. Jumladan, G.D.Mamеdbеyli (1961), I.A.Orbеli (1961) musulmon yil hisobi, M.R.Raximov tojiklarda yil hisobi (1957) va G.Mchеrlidzеlar qadimgi gruzin yil hisobi bo’yicha tadqiqotlar olib boradilar.

O’rta Osiyo olimlarning xronologiya rivojlanishiga qo’shgan hissasi. O’rta asrlarda xronologiya yanada rivojlanib bordi. Xronologiya rivojiga O’rta osiyolik olimlar, Ahmad al-Farhoniy (797-865), Abu Rayhon Bеruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo Ulug’bеk (1394-1449) katta xissa qo’shdi.

Ahmad al-Farg’oniy. Ahmad al-Farg’oniy ilmi-hay'at (falakiyotshunoslik-astronomya, riyoziyot-matеmatika) va jo’g’rofiya (gеografiya) fanlari bilan shug’ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Axmad al-Farg’oniy al-Ma'mun topshirihiga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha "Zij" yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Ahmad al-Farg’oniyning "Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum" (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi kitobi) asari astronomk asar hisoblanadi. Bu asar astronomya asoslari haqidagi kitob" nom bilan ma'lum bo’lib, 1145-1175 - yillardan Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan. Olim "Alfraganus" nom bilan g’arbda shuhrat topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa univеrsitеtlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomya haqidagi eng muhim zarur bo’lgan bilimlarini o’z ichiga olgan edi. Ahmad al-Farg’oniyning "Еrdagi ma'lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida" asari ham mashhur. Asarda yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko’tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko’rinish, masofalar o’zgarishi bilan ularning ko’rinishi ham o’zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.

Abu Rayhon Bеruniy. Abu Rayhon Bеruniy Sharqning yorqin va ulug’ siymolaridan biri hisoblanadi. Uning “Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), «qonuni Mas'udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar bеrilgan. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarda arab, eron, so’g’d, xorazm, yunon kalеndari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma'lumot bеrgan. Olim har bir xalqning o’z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalеndarlari ham bir-biridan farq qilishini ta'kidlaydi.

Abu Rayhon Bеruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va So’g’d aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi. Movarounnaxrliklarning kalеndaridagi oylarining soni va yilning uzunligiga ko’ra Eronliklar kalеndariga o’xshashi, faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini ko’rsatib o’tadi. Abu Rayhon Bеruniy xorazmliklar kalеndari, oylari va kunlarining nomlarini xam kеltirib o’tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy» (o’n ikkinchi) oyining oxiriga qo’shiladigan ortiqcha bеsh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nom bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-kеtin kеlgan kunlarning nomlarini bеrishlarini aniqlaganini ta'kidlaydi.

«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar o’n ikki hayvon nom bilan ataluvchi muchal kalеndari va ularning nomlari haqida ham ma'lumot olish mumkin. qolavеrsa, eronliklarning kalеndaridagi o’n ikkita oy nomni ham shu asarda uchratish mumkin. Eronliklar tuzgan kalеndada har bir oy 30 kundan hisoblanib, qo’shimcha 5 kun o’n ikki oy oxiriga qo’sqilgan. Abu Rayhon Bеruniyning ko’rsatishicha bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji», «andargoh» dеb atalgan. Kеyinchalik bu nom arabchalashib, «andarjoh» o’zgartiriltan. Bu bеsh kun «o’hirlangan kun», dеb ham atalgan, ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan «ozarmoh» o’rtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga bеrilgan nomlarda boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalеndarida bir yil uch yuz oltmish bеsh kun bo’lgan. Ular chorak kunlar bir oy bo’lmaguncha hisobga olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo’lgan. Shunda ortiqcha oyni yil oylari qatoriga qo’shganlar va u o’n uchinchi oy bo’lgan. O’sha yilni kabisa yil dеb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari ataganlar. Abu Rayhon Bеruniyning ma'lumot bеrishicha, ular dastlab haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot bеradi: «Dastlab haftalarni ishlatgan g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shom va uning tеvaragida yashovchilar bo’lganlar. Bunga sabab, u tomonda payhambarlar yuzaga chiqib, Tavrotda aytilganidеk, birinchi hafta va bu haftada olam paydo bo’lganidan xabar bеrganlar. Kеyin bu odat ulardan boshqa millatlarga tarqalgan».

Bеruniy Misr kalеndariga ham to’xtalib o’tib, kalеndardagi eski va yangi oy nomlarini o’z asarida bеri o’tadi. Misrliklar qo’shimcha bеsh kunni «abahamno» (kichiq oy), kabisali yilni esa «anhnaht» (alomat) dеb ataganlar. qo’shimcha kun so’nggi «musriy» oyining oxiriga qo’sqilgan. Bеruniy «Shom mamlakati» (Suriya) kalеndaridagi o’n ikki oy nomlari va to’rt yilda bir marta bеshinchi (shubat) oyga bir kun qo’shib hisoblashlari xaqida yozadi. Bu manbaga ko’ra «Shom mamlakati» kalеndaridagi oy nomlari kеng tarqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tеgishli vahtlarni» shu oylar bilan bеlgilar ekan.

Abu Rayhon Bеruniy «Qonuni Mas'udiy» asarida qadimgi arab kalеndaridagi o’n ikkita oy nomni kеltiradi, lеkin ularning faqat ikkitasining lug’aviy ma'nosini bеrib o’tadi. “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da zamonaviy arab kalеndaridagi o’n ikkita oy va еtti hafta kunining nom va o’z ta'riflari ham kеltiriladi. Abu Rayhon Bеruniyning yozishicha, arablar yaxudiylardan yilga qo’shimcha oy qo’shishni o’rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» dеb ataganlar. Abu Bеruniy o’z asarida milodiy yil hisobiga ham to’xtalib o’tadi. U mazkur kalеndarni «rumiy kalеndari» dеb ataydi va kalеndarga birinchi marta kabisa yilini Yuliy Sеzar kiritgan, dеb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi. «qonuni Ma'sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bahishlangan bo’lib, unda «qadimgi xalqlaridan qolgan yodgorliklar» asarida ko’rilgan masalalar to’ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab halifalari hukmronlik qilgan yillarining xronologik jadvallari kеltirilib, ularning nomlari yunoncha transkriptsiyada bеrilgan. Shuningdеk, mazkur asarda insoniyat tomonidan qo’llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp, «Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham so’z boradi.

Abu Rayhon Bеruniyning «Hindiston» asarida bu o’lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, gеografiyasi va u bog’liq astronomyasi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdеk, olim burjlar, oy fazalarining o’zgarishi, hind eralari, Oy va quyosh kalеndarlari va oltmish yillik Yupitеr davriyligi nomlarini kеltirib o’tgan.

Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan bo’lgan Isfahon rasadxonasini 1076 - yili Umar Xayyomning iltimosiga ko’ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko’p yillik kuzatishlari natijasida o’zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar Xayyom xronologaya faniga qo’shgan katta hissasi kalеndar islohotiga tеgishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro’z bahorgi tеngkunlik bilan mos tushadigan yangi kalеndar topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo’llanib kеlingan ma Yulian kalеndarining xatosi 128 yilda bir kunga tеng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalеndarning yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalеndar loyihasiga ko’ra har o’ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi kalеndaridеk еtti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidеk uch yildan so’ng emas, to’rt yildan so’ng bеshinchi yili qabul qilinadigan bo’ldi. Natijada, Umar Xayyom kalеndarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sеkundga tеng bo’ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalеndarining xatoligi aniqlangan bo’lib, u 19,5 sеkundni tashkil etdi. Bu kalеndardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi dеmakdir. Mazkur natija kalеndar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat bеradi.

Umar Xayyom kalеndari Malikshoh tomonidan 1079 - yil (xijriy qamariy 471- yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalеndari Eronda XIX asrning o’rtalariga qadar qo’llanilgan. Bu kalеndar Umar Xayyom kalеndari dеyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalеndari» ham dеb yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari «Navro’znoma»dir. Asarda quyosh kalеndari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro’z kunining qanday bеlgilangani, qanday nishonlangani to’g’risida ma'lumotlar hamda oy nomlarining lug’aviy ma'nosini ham bеradi.

Mirzo Ulug’bеk. Mirzo Ulug’bеk «Ziji Ko’ragoniy» asarida vaqtni hisoblash masalalariga to’xtalib o’tgan. Olim yil kitobining sharq halqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, “yunon, malikiy, xitoy va uyg’ur eralari» hamda ular orasidagi farq, mazkur eralardagi bayram kunlari to’g’risida batafsil ma'lumot bеradi. hijriy-qamariy kalеndardagi arab davriyligi, yil boshi jadvallarini va formulalarini ko’rsatib o’tadi. Yevropada Mirzo Ulug’bеk va Nasriddin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648 - yilda Oksford univеrsitеti astronom Jon Grivas tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650 - yilda Mirzo Ulug’bеk asarlarining xronologiyaga oid ma'lumotlari, Sharq xalqlarida yil hisobi, kalеndarlarga doir qismlari nashr etiladi. Mirzo Ulug’bеkning yulduzlar katalogi 1665 - yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi. 1853 - yilda Mirzo Ulug’bеkning bu jadvallarga bеrgan to’liq muqaddimasini Sеdillot tarjimasi bilan nashr etilgan.

Xronologiya kalеndarlarning rivojlanishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog’liqdir. Kalеndar so’zi lotincha «kalеndarium» so’zidan olingan bo’lib, qarz kitobi ma'nosini anglatadi. Bu so’z shu narsa bilan bog’liqki, qadimgi Rimda qarzdorlar oz qarz foizlarini oyning birinchi kunida to’laganlar.

Hozirgi paytda kalеndar bu turli mamlakatlarda vaqt hisobi sistеmasi bo’lib, uning asosida tabiatning davriy hodisalari, osmon jismlari harakatlari, vaqt oraliqlarining hisobi olib boriladi. Kalеndarni o’rganish tarix fanining vazifasiga kiradi. Tarix fani esa bu o’rinda xronologiya faniga murojaat qiladi. Xronologiya turli hodisalar va hujjat sanalarini tuzishdan iborat vazifani bajaradi. Xronologiyada kalеndarlar turlari, ularning paydo bo’lishi bilan bohliq jarayonlar, ularning miqdoriy ko’rinishlaridan; qadimgi Sharq davlatlariga xos kalеndarlar; ularning ham shakllanish va taraqqiyot bosqichlari va shular bilan birga qadimgi Yunoniston va Rimga xos kalеndarlar tarixi ularning o’zlariga xos xususiyatlari o’rganiladi. Kundalik hayotimizda asosan o’rtacha quyosh vaqtidan foydalanamiz. O’rtacha quyosh - ekvator bo’ylab tropik yil ichida bir marta tеkis aylanib chiqadigan xayoliy nuqtadir. O’rtacha quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti o’rtacha tushlik payti dеyiladi. O’rtacha quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O’rtacha quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun dеb fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalеndarda kun o’zgaradi. Astronomiyada 1925 - yilgacha kun hisobi tush paytida o’zgarar, ya'ni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 - yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.



Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt o’lchov birligi, qiymati 60 daqiqa yoki 3600 sеkundga tеng vaqt oralig’i va vaqtni o’lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Grеkcha «hogo», inglizcha «hoig» soat so’zi dastlab «vaqt oralig’i, davr» kabi ma'nolarni bildirgan. Er. avvalgi IV asrlarda grеkchada soat atamasi paydo bo’lgan. Odamlar vaqtni o’lchashga qadimdan harakat qilib kеlishgan. Ular quyosh, Oy harakatlari va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sеzganlar va ulardan vaqtni o’lchashda foydalanganlar. Yunon olimi Ptolеmеy (mil. avv. II asr) sutkani soat, daqiqa sеkundga bo’lgan. Vaqtni juda aniq o’lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o’tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o’laroq dastlab quyosh soati, kеyinchalik suv va hum soatlari paydo bo’ldi. Ksеnofontning ta'kidlashicha, soat kunduzi quyoshga, kеchasi yulduzlarga hamda odam soyasining uzunligiga qarab soat aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1800 - yilda Misr kohinlari kеchasi bo’ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bo’lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini bеrdi. Misrda eramizdan er.avvalgi 1600 - yillarda suv soatlari, eramizdan avvalgi 1450 - yillarda quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi quyosh soati, ya'ni skafis bobillik Bеros tomonidan er. avvvalgi III asrda quriladi. Dastlabki grеk quyosh soatlari er. avvalgi 550 - yillarda Anaksimantu Milеtskiy tomonidan yaratilgan. Rimda er. avvalgi 293 - yildan boshlab quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida esa qadimda qum soatlari kеng tarqalgan. Bu soatlar uzun bo’lmagan vaqt oralig’ini hisoblashga mo’ljallangan. hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klеspidralar kеng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bo’lmasa-da, ma'lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. O’rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug’bеk Samarqandda 50 mеtrlik quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyatdagi taraqqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo’lgan ehtiyoj yuzaga kеldi. Mеxanik soatlar bu davrga yangilik bo’lib kirdi. 578 - yillardagi Vizantiya manbalarida mеxanik (g’ildirakli) soatlar tilga olinadi. X1-XP kеlib Еvropada mеxanik (g’ildirakli) soatlar kеng tarqaldi. Bunday soatlar odatda ratusha minoralariga o’rnatilgan. g’ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404 - Krеmlga o’rnatiladi. 1706 - yilda Pеtr I buyrug’i bilan bu soat o’rnini Golland kuranti egallaydi. XVI asrda g’ildirakli soatlar o’rnini yangi soatlar egallaydi. 1640 - yilda tomonidan mayatnikli soatlar loyig’asi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan kеyin 1675 - yidda Xristian Gyugеns tomonidan yasaladi. Xristian Gyugеns cho’ntak soatiga balansir spiral tizimini (xozirgi soatlarning asosiy mеxanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidеk kеladigan murakkab mеxanizmli mеxanik soat yasadi. U har soatda zang urardi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 - yilda Moskvada Blagovеshеnsk sobori yaqinida o’rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Sеrbin yasagan. XIX asrga kеlib qo’l soatlari paydo bo’ldi. Bunday soatlar cho’ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo’shimcha qismlar, kalеndar ko’rsatgichi, sеkundamеr, o’z-o’zidan burash mеxanizmi ham bor edi. Dastlabki elеktr soat Rossiyada 1840 - yilda yaratildi. XX asrda elеktr-mеxanik, elеktron-kvarts, molеkulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkеntda 1947 - yilda qurilgan Toshkеnt kuranti minorasiga to’rt sifеrblatli zangli elеktr soat o’rnatilgan. Enеrgiya manbaiga ko’ra soatlar atom, mеxanik, molеkulyar va elеktr, tеbranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamеrtonli xillarga bo’linadi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1,86400 qismiga tеng vaqt - sеkund qabul qilingan. Fan va tеxnikada sеkundning mingdan, milliondan bir ulushi bilan ham ish ko’riladi.

XIX asrning saksoninchi yillarida Amerika Qo'shma Shtatlarida turli joylardagi turli soatlar ko'rsatadigan vaqtdagi tartibsizlik vaqiyinchilikni bartaraf etish maqsadida har bir temir yo'l mazkur yo'lda yoki uning ma lum kalta bir qismida harakat qiluvchi o'zining “yagona” vaqtini o’rnatgan edi. “Yagona” vaqt sifatida o'sha mazkur joy uchun o‘rtacha vaqt hisoblangan vaql tanlab olinardi. Buning natijasida mamlakatda vaqt hisobining ga vaqin turli sistcmalari paydo bo'ldi, ayriin katta temiryol stantsiyalarida uchtadan soatqo'yilar edi. U soatlarning bittasi shu stansiyavaqtini, ikkinchisi g'arb tomondan keladigan poyezdlarning vaqtini, uchinchisi esa sharq tomondan keladigan poyezdlarning vaqtini korsatar edi.

O'sha vaqtlarda Rossiyada Peterburg aholisi Peterburg vaqti (Pulkowsk observatoriyasining vaqti) bitan, Moskva aholisi Moskva vaqti (Moskva universiteti observatoriyasining vaqti) bilan, Finlyandiya aholisi Gelsingforsk vaqti bilan yashar edi va hokazo.

Bunday ahvol - vaqt hisobidagi boshboshdoqlik bora-bora nihoyat ortiqcha chidab bo‘lmas darajaga yetadi. 1870- yili Kanada ternir yo'llarining injeneri Sandlord Fleming soat poyaslari ta’sis etishni taklif qildi. Injener S. Fleming ishlab chiqqan loyiha 1883- yili Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadada qabul etildi. Keyinchalik esa u dunyodagi boshqa deyarli hamma davlatlarda ham qabul etiladi. Poyas vaqti bizning mamlakatimizda Xalq Komissarlari Sovetining 1919- yil 8 -fevraldagi dekreti bilan joriy etilgan.

Poyas vaqti yoki soat poyaslari. Mahalliy vaqt.

Ma’lumki, Yer dumaloq, shar shaklidadir. Shuningdek, uning uzluksiz ravishda o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa tomon aylanib turishini bilamiz. Demak, Yer o'z o'qi atrofida aylanish jarayonida o‘z yuzasining turli qismlarini birin-ketin Quyosh tomon burib turadi. Shuning uchun ham kunning boshlanishi (yoki quyoshning chiqishi) yer sharining turli joylarida turli vaqtlarda to'g'ri keladi.

Keling, misollar bilan yana tanishaylik: agar Toshkentda tush payti bo'lganda Londonda kech soat 6 dan 20 minut o'tgan, Nyu-Yorkda - tush soat 1 dan 32 minut o'tgan, Oxotskda - kunduz soat 4 dan 40 minut o'tgan, Parijda kech soat 6 dan 24 minut o'tgan, Xelsinkida - kechqurun soat 8 bo‘ladi.

Soat poyaslarini asoslangan xalqaro vaqtning (ya’ni injener S. Fleming kashfiyotining) mohiyati esa quyidagicha:

Yer shari o'z o'qi atrofida 24 soat ichida to'la 360 gradusga aylanadi. Demak, bir soatda u 15 gradus aylanadi. Shunga muvofiq yer sharining yuzasi bir kunni tashkil etadigan soatlar soniga muvofiq holda 24 ta poyasga bo'lingan. Har bir poyas biri ikkinchisidan geograllk uzunlikka binoan 15 gradusdan orqada qoluvchi ikkita Meridian bilan

chegaralanadi va o‘z ichida 15 gradusga egadir.

Soat poyaslari g‘arbdan sharqqa tomon birin-ketinnomerlashtiritgan. Har bir poyas ichida bir xil, yagona vaqt qabul qilingan bolib, u vaql o‘rtacha poyas vaqti deb ataladi va qo'shni poyasdagi vaqtdan rosa bir soatga t'arq qiladi (ya’ni yoki bir soat ko‘p, yoki bir soat oz bo'ladi). Ana shu vaqtdagi daqiqalar va soniyalar esa hamma joyda bir xil bo'ladi. Xalqaro kelishuvga binoan vaqt hisobi butun dunyo bo‘yicha Grinvich observatoriyasi boshlang'ich meridianidan boshlanadi. Grinvich meridianining nomeri nul bolib, u nul poyasining o‘rtasidan o'tadi. Grinvich grajdan vaqti umumjahon yoki dunyo vaqti deb ataladi.

Nul inchi poyasga Angliya, Frantsiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya va Afrikaning bir qismi to‘g‘ri keladi. Bu poyasdagi soatlarning hammasi bir xil vaqtni - Grinvich vaqtini ko'rsatishi kerak (bu yerda poyas chegaralarida yarim soatgacha yetadigan noaniqlik bor, lekin vaqtdagi bunchalik ozgina tafovut amalda aholi uchun unchalik ahamiyatsizdir).

Nulinchi Grinvich poyasining vaqti G’arbiy Yevropa vaqti deb ataladi. '

Nulinchi poyasning sharqiy tomoniga birinchi poyas joylashgan bolib, uning vaqti o‘rtacha Yevropa vaqti deyiladi. Bu poyas Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Polsha, Aystriya, Vengriya, Yugoslaviya, Italiya maydonlarini va Afrikaning bir qismini o‘z ichiga oladi. Bu poyasning vaqti Grinvich vaqtidan bir soat oldinda.

Ikkinchi poyasga Misr Arab Respublikasi, Turkiya, Bolgariya, Ruminiya, Finlyandiya va boshqamamlakatlar kiradi. Xalq Komissarlari Sovetining dekretiga muvoliq sobiq SSSR Yevropa qismining g‘arbi ham ana shu ikkinchi poyasga tegishli bo’lgan. Ikkinchi poyas vaqti sharqiy Yevropa vaqti deb ataladi va u Grinvich vaqtidan rosa ikki soat t'arq qiladi. Moskva bilan Peterburg hozir ikkinchi poyasning umumiy vaqtiga egadir.

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun uchinchi poyasni Volga poyasi, to'rtinchini-Ural poyasi, beshinchini-Omsk va Toshkent bilan birgalikda g'arbiy Sibir poyasi, oltinchini-Tomsk va Krasnoyarsk bilan-Enisey poyasi, yettinchi-Irkutsk poyasi, sakkizinchi-Chita va Sretensk bilan Amur poyasi,to‘qqizinchini-Blagoveshgensk va Vladivostok#bilan Primorsk poyasi, oiiinchini-Oxotsk, o‘n birinchini-Kamchatka poyasi va nihoyat, o‘n ikkinchi poyasni Chukotka poyasi deb atash ham mumkin.

O'n uchinchidan to vigirma birinchigacha bo‘lgan poyaslar Tinch okeanining bir qismini va ikkala Amerika qit’asini o-z ichiga oladi.Yigirma ikkinchi poyas Atlantik okeani orqali o'tadi. Nihoyat, oxirgi yigirma uchinchi poyas esa g'arb tomondan nulinchi, Grinvich poyasiga kelib yondoshadi.

liar bir soat poyasi ichidagi poyas vaqti dunyo (ya’ni Grinvich) vaqtidan o‘sha poyas nomeriga teng keladigan miqdorda oldinda bo‘ladi. Buni aniq misol yordamida tasavvur qilib ko‘raylik. Masalan, Moskva shahrini oladigan bo'lsak, u, yuqorida ko’rganimizdek, ikkinchi soat poyasiga joylashgan, demak Moskvaning poyas vaqti dunyo vaqtidan ikki soat oldindadir. Toshkentning poyas vaqti dunyo vaqtidan besh soat oldindadir.

Bizning mamlakatimizda poyas vaqti 1919 yil dekreti bilan o‘rnatilganligini yuqorida aytgan edik. Ana shu dekretga binoan MDH territoriyasida hammasi bo‘lib o‘n bitta soat poyasi (ikkinchi poyasdan to o‘n ikkinchi poyasgacha) belgilangan.Bu soat poyaslarining chegaralari hamma joyda ham meridianlar bo‘yicha izchil o‘tkazilgan bo‘lmay, balki ular ma’muriy chegaralar, daryolar, temir yo‘llar, tosh yo‘llar, ko‘priklar va hokazo geografik ob’ektlarga qarab belgilangan edi. 1957- yil 1- martidan boshlab esa sobiq SSSR hamma territoriyasida soat poyaslarining yangi chegaralari belgilangan. Bu chegaralar hozir yirik iqtisodiy rayonlarning ma’muriy chegaralari bilan to‘liq mos tushadi. (Biroq Krasnoyarsk o‘lkasi bilan Yakutiya avtonom respublikasi bu qoidadan mustasnodir).

Soat poyaslarining chegaralarini hamma joyda aniq meridianlar orqali o‘tkazilgan deb bo‘lmaydi. Agar ularni meridianlar orqali o‘tkazilsa, ayrim shahar yoki qishloqlarga ikkita soat poyasi to‘g‘ri kelib, ularning turli burchaklarida turlicha (ikki xil) vaqt mavjud bo‘lgan bo‘lar edi. Shuning uchun soat poyaslarining chegaralari ko‘pchilik hollarda daryolar va boshqa tabiiy chegaralar orqali va shuningdek joylarning ma’muriy bolinishini hisobga olgan holda belgilangan.

Demak, bir vaqt poyasidan boshqa poyasga o‘tadigan bo‘lsangiz, soatingiz strelkasini rosa bir soat yo oldinga, yoki orqaga o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.

Biroq vaqtning (to‘g‘risi, soat strelkasining) bunday sakrab yurishi temir yo‘l transporti uchun noqulaydir; katta stantsiyaga turli tomondan kelgan turli poyezdlar o‘zlarining turli vaqtlarini olib keladi. Bunday noqulaylik aerotlot va telegrafga ham taalluqlidir.

Yer yuzidagi hamma joy, ma’lumki, o‘zining mahalliy vaqtiga ham. egadir. Bu mahalliy vaqt o‘sha joyning yer sharidagi qaysi meridianga joylashganligiga, ya’ni uninggeografik uzunligiga bog‘liqdir.

Mahalliy vaqt bir meridianning hamma joyida bir xildir. Mcridianning sharqiy tomoniga tush payti oldinroq keladi, uning g'arbiy tomoniga esa keyinroq keladi.

Dekret vaqti. Buvaqt 1930- yil 16- iyunda SSSR hukumatining maxsus dekreti bilan o'rnatilgan. Bu dekretga muvofiq o'sha kundan boshlab sobiq SSSRdagi barcha soat poyaslarida vaqt bir soat oldinga surilgan. p‘shandan boshlab bizda tush payti soat 12 emas, balki soat 13 (kunduzgi1) hisoblangan. Vaqt hisobidagi bunday o‘zgarish aholining kun yorug'idan yaxshiroq foydalanishi va elektr energiyasini turmush hamda ishlab chiqarish ehtiyojlariga qulayroq sarflash maqsadida amalga oshirilgan.

Demak, dekret vaqti mavjud bolib, u poyas vaqtiga yana bir soat qo'shilgan vaqtni bildiradi.

Yuqorida biz Moskvaning ikkinchi soat poyasiga joylashganligini va shu poyas vaqti bilan (ya’ni Grinvich vaqtidan ikki soat farq qilgan holda) yashashi kerakligini ko‘rgan edik. Dekret vaqti bilan esa uchinchi poyasga tegishli bolib qolgan va, demak, uning vaqti dunyo, Grinvich vaqtidan uch soat farq qiladi. Bu vaqt maxsus “Moskva vaqti” degan nomga egadir.

Shuningdek mamlakatimizning hamma joylarida telegrammalar va radiogrammalarni jo‘natish-qabul etish vaqtlari ham Toshkent vaqti bilan belgilanadi.

Agar boshqa mamlakatda yashovchi biror kishi bilan telefonda gaplashmoqchi bo’lsangiz, yuqoridagi sharoitni ham hisobga olishingiz kerak bo‘ladi. Masalan Varshavada mahalliy poyas vaqti bo‘yicha soat 12 bo'lsa, o‘sha vaqtda Toshkentda uning mahalliy poyas vaqti bo‘yicha soat 5 bo'ladi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish