Ma’ruza matn 1-mavzu: Хrоnоlоgiya fani, shakllanishi va taraqqiyoti


- MAVZU: Jahon kalеndarlari va ularning turlari



Download 0,82 Mb.
bet4/49
Sana22.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#401122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Хронология ва метрология

2 - MAVZU: Jahon kalеndarlari va ularning turlari

REJA:


1. Kalеndar atamasi.

2. Trоpik yil va kalеndar yili.

3. Quyosh kalеndari va uning uzunligi.

4. Оy kalеndari.Оy fazalarining o’zgarishi.


Tayanch tushunchalar: Kalеndar atamasi. Kalеndar yili. Trоpik yil va kalеndar yili. Vaqtning tabiiy va sun’iy birliklari. quyosh kalеndari va uning uzunligi. Оy kalеndari. Оy fazalarining izgarishi. Оy-quyosh kalеndari. Оy-quyosh kalеndaridagi Klеоstada, Mеtоn, Kalipp, Gipparх tsikllari.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Raxmonqulova Z. Xronologiya.-Toshkent:A.Navoiy, 2006.

  2. Ivanоvskiy M. Vchеra, sеgоdnya, zavtra. -L., 1958.

  3. Idеlsоn N.I. Istоriya kalеndarya // Etudi pо nеbеsnоy mехanikе.-M.: Nauka. 1976.

  4. Matviеvskaya G.P., Rоzеnfеld B.A. Matеmatiki i astrоnоmi musulmanskоgо srеdnеvеkоvya i iх trudi (VIII-XVII vv). T.II .-M., 1983.

  5. Muhammad ibn Musо al -Хоrazmiy. Tanlangan asarlar. Matеmatika. Astrоnоmiya. Gеоgrafiya. Kirish maqоlalari, tarjima, izоhlar va ko’rsatkichlar muallifi A.Ahmеdоv. -T.,1983.

  6. Mchеrlidzе G.L. Хrоnоlоgiya v drеvnеgruzinskоy istоrichеskоy litеraturе (V-XIV vv). -Tbilisi., 1963.Pоlak I.F. Vrеmya i kalеndar. -M.: Fizmatgiz. 1959.

  7. Ribakоv B.A. Kalеndar drеvniх slavyan // Nauka i jizn. 1962.№9.

  8. Хauz D. Grinvichskое vrеmya i оtkritiе dоlgоti. -M.: Mir. 1983.

Kalеndar atamasi lotincha calеndagium - «qarz daftari» dеgan ma'noni bеradi. qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to’laganlar va bu «kalеnda»ga qayd qilib borilgan. Tabiatdagi aniq bo’lgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy yil qadimdan ma'lum bo’lib qadimgi kalеndarlarning asosini tashkil etgan. Biz kalеndar dеb shunday vaqt hisobi sistеmasini aytamiz-ki, uning asosida osmon yoritqichlari harakatiga bog’liq tabiatning davriy g’odisalari yotadi. Bunday sistеmani yaratish birinchi bo’lib ilk nеolit davrida sodir bo’ldi. Bu ishlab chiqarish xo’jalik shakllarining paydo bo’lishi bog’liq edi. Dеhqonchilik va chorvachilik fasliy tabiat hodisalari bilan bog’liq edi. Insoniyat tomonidan qo’llanib kеlingan kalеndarlarni ikki asosiy gurug’ga bo’lishimiz mumkin. Bo’lar quyosh va Oy hisoblaridagi kalеndarlardir. Shundan kеlib chiqib kalеndarlarni uch guruhga bo’lishimiz mumkin.

1) quyosh kalеndari

2) Oy kalеndari

3) Oy-quyosh kalеndari.

Bizning asosiy vaqt birligimiz - o'rtacha shamsiy kun (quyosh kuni) vaqtning uzoqroq bo‘laklarini, kaltaroq davrlarni o‘lchash uchun noqulaydir. Agar kunlar bilan, aytaylik kishilarning yoshini o'lchaydigan bo‘lsak, odatda juda ham katta son hosil bo'lishi turgan gap, albatta. Jamiyatda, dunyodagi turli xalqlar va mamlakatlar hayotida turli davrlarda bo'lib o‘tgan tarixiy voqealarni ham kunlar bilan o'lchash qiyindir. Bordi- yu, oylar bilan o‘lchalganda ham vazifa unchalik yengillashmaydi. Chunki oy ham, birinchidan, nisbatan qisqa, kichik o‘lchov birligidir, ikkinchidan esa, u unchalik mukammal emas.

Bordi-yu, og‘irlik hamda uzunlik (masofa) o‘lchov birliklari singari 100 yoki 1000 kunni olib, ularni maxsus nom bilan atab, shu tariqa vaqtning yangi o‘lchov birliklarini yaratilsa, qanday bolarkan, deb o‘ylashingiz ham mumkin. Unday qilish ham mumkin emas. Chunki og‘irlik va masofa birliklaridan vaqt keskin farq qiladi. Ulardan farqli ularoq vaqtning о‘ziga xos xususiyati shundaki, vaqtning birmuncha yirikroq birligini, guyo kattaroq vaqt bo'laklarini olchash uchun mo‘ljallangandek, tabiatning o‘zi bergan. Bunday o‘lchov birligi tabiatning o‘zkla bordir va kishilar uni chetlab o‘ta olmaydilar, undan foydalanmaslikning iloji yo'q. Vaqtning bu tabiiy birligi

yildir.


Yil fasllarining vaqti-vaqti bilan aniq tartibda uzluksiz almashinib turishi, kun bilan tunning almashuvi singari, ko'zga juda ham yaqqol tashlanadigan tabiiy hodisadir. Kishilarning chorvachilik, dehqonchilik, ovchilik va boshqa xo‘jalik faoliyatlari esa ana shu yil fasllari bilan albatta bog'liqdir. Shuning uchun kishilar u yil fasllarining takrorlanish tartib va davrlarini aniq bilish maqsadida juda qadim zamonlardan boshlab vaqtning tabiiy o'lchovi sifatida yildan foydalana boshlaganlar. Keyinchalik, taqvimlar paydo bo'lganda, yil barcha xalqlarning taqvim sistemalarida vaqtning birmuncha uzunroq qismlarini o‘lchash uchun asosiy birlik qilib olingan. Bundan keyin yaratiladigan barcha taqvimlarda ham yil ana shunday vaqtning yirik tabiiy birligi bo‘lib qolishi turgan gap.

Yil qancha vaqtdan iborat? Uni aniqlash juda katta ahamiyatga egadir va u ming yillar davomida uzluksiz aniqlanib borilgan. Dastlabki taqvim sistemalarida yil 360 kundan iborat, deb hisoblanilgan. Qadimgi misrliklar va qadifngi Xitoylar deyarli besh ming yil muqaddam yilni 365 kundan iboratdir deb aniqlashgan. Eramizdan bir necha asr muqaddam esa yana o‘sha xitoylar va misrliklarning o‘zlari yilni 365,25 kun tashkil etadi, deb hisoblaganlar.

Fan va texnika taraqqiyotining hozirgi yuksak bosqichida nihoyatda to‘g‘ri ko'rsatuvchi turli-tuman asbob-uskunalar yaratilgan bizning davriinizda astronomlar bir yilni tashkil etgan vaqt qismini juda yuksak aniqlik bilan o‘lchaganlar.

Hozirgi paytda yilning quyosh vaqtining o'rtacha 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekundiga, ya’ni 365,2422 shamsiy kunga teng ekanligi aniqlanilgan (bu miqdorvaqtlar o‘tishi bilan asta-sekin o’zgarib, kamayib boradi.Hozirgi davrda uning kamayishi har yuzyilda 0,5 sekundni tashkil etadi). Boshqacha qilib aytganda, Quyosh rosa 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekund ichida bir bahordagi kun bilan tun tengligidan ikkinchi bahorgi kun-tun tengligiga yetib boradi. Xuddi ana shuncha vaqt astronomiyada bir tropik, astronomik yil deyiladi (“Tropik yil” termini tropik o'rmonlarga mutlaqo aloqador emas). Demak, tropik yil Quyoshning ikkita bir xil (bahorgi yoki kuzgi) kun-tun tengligi nuqtalari oralig‘ini bosib o‘tish uchun sarflagan vaqtiga tengdir. Bu vaqt o'lchovining ikkinchi tabiiy birligidir.

Biroq yil kishilarning xohish va irodasiga bog‘liq bo'lmagan yomon xususiyatga egadir. Vaqtning bu yirik tabiiy birligi - yil uning kichik tabiiy birliklari - kunlarning ma’lum bir butun soniga ega emas.

Sinodik oyning ham kunlarning bunday butun miqdoriga ega emasligini awal aytgan edik. Demak sinodik oy ham, tropik yil ham o‘rtacha quyosh kunlarining (sutkalaming) biror butun soniga baravar emasdir. Bu uchchala vaqt miqdorining hammasi ham, ya’ni tropik yil, sinodik oy va o’rtacha shamsiy kunlarni amalda bir-birovi bilan aniq o‘lchab bo’lmaydi, bu miqdorlarning birini ikkinchisi orqali yetarli darajada oddiy ifodalash mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, bir quyosh yili (yoki butun mlqdordagi bir nechta quyosh yili) na qamariy oylarning va na o'rtacha shnmsly kunlarning ma’lum butun sonidan iborat emasdir. Taqvim masalasining murakkabligi va bu masaladagi barcha qiyinchiliklarning asosiy sababl xuddi ana shundadir, Shuning uchun ham vaqtning katta bo’laklarini hisoblash masalasida bir necha ming yillardan beri chalkashliklar hukm surib kelgan va ularni hozir ham to'la hal etilgan deb bo’lmaydi.

Bordi-yu,vaqtni aniq “tropik” yillar bilan o’lchashga o’tilsa nima bo'ladi? Unda ham juda noqulay bo’ladi. Bu noqulaylik nimadan iborat bo'lishini ko’rib chiqamiz. Keling, 2003- yil 1- yanvar yarim tundan boshlab bundan keyingi vaqtni "tropik” yillar bilan o'lchashga qaror etdik. Bir haqiqiy yil 365 kuni yana deyarli 6 soatdan iboratligini bilamiz. Demak, navbatdagi, yangi, 2004 -yil “tropik” yil hisobi bo'yicha l- yanvar kechasi soat 12 (0) da boshlanmay, balki shu kuni ertalab soat 6 da boshlanadi. Kelasi yangi yil 1 yanvar kunduzi soat 2da 2005 soat 18 da, 2006 -yi, 2 yanvar soat 0 da boshlanadi. Shu tariqa yangi yilning boshlanishi har yili 6 soat kechikib kelib, yanvarning 2,3,4,5,6-va hokazo kunlariga, yanvardan so'ng esa fevral, mart, aprel, may va boshqa oylarga ham to’g’ri kelaveradi, Bunday tartibvaqt hisobida qanday noqulayliklar va qanday qiyinchiliklarga olib kelishi mumkinligini tushunish unchalik qiyin emas, albatta. Shuning uchun ham dunyodagi hech qanday xalq vaqtning katta bolagini tropik yillar bilan o'lchashga hech qachon o‘tgan emas.

Yuqoridagi misolimizdan shu narsa yaqqol ayon bo‘ladi: vaqtning katta bolaklarini hisoblash uchun hamisha o‘rtacha quyosh kunlarining butun soniga ega bo‘ladigan yilnigina qo‘llash mumkindir. Bunday yilning uzun- qisqaligi imkoni boricha tropik yilga yaqin bolishi kerak. Lekin u yilning tropik yildan yo uzunroq, yoki qisqaroq bo‘lishi tabiiydir. Bunday yilni tropik yildan farqlash uchun uni grajdan yili yoki taqvim yili deb atashgan.

Endi vaqtni taqvim yillari bilan o'lchab ko'raylik. Agar biz o'lchash uchun olgan taqvim yili tropik yilga nisbatan qisqaroq bo‘lsa, o'lchanayotgan vaqt bo‘lagi bizning hisobimizda uning aslida qancha bolganidan ko‘p chiqadi. Yana misolga murojaat etaylik.

Masalan, qadimgi Xitoy va qadimgi Misrda qo'llashgan 365 kunlik taqvimyilini olaylik. Tushunishimiz osonroq bo‘lishi uchun uni astronomik yildan rosa 6 soat qisqa deb hisoblaymiz. Yilning boshlanishi deb bahorgi kun-tun baravarligi kuni 21 martni - astronomik bahorning boshlanish kunini olamiz. Bizning taqvim yilimizdagi xatolik, ya’ni biz olgan taqvim yili vaqti bilan haqiqiy, tropik yil vaqti o'rtasidagi olti soatlik vaqt asta- sekin to‘planib borib, oradan to‘rt yil o'tganda rosa bir kunni - 24 soatni tashkil etadi, Haqiqatda roppa-rosa to‘rtta tropik yil o'tib, yana bahorgi kun-tun tengligi boshlangan paytda bizning hisobimiz bo'yicha ko'proq vaqt, ya’ni to‘rt yili va yana bir kun o'tgan bo'ladi, bahorgi kun-tun tengligi esa 21 martda emas, balki 22 martda bo'ladi. Bu farq yillar o‘tishi bilan tobora ko'paya borib, bahorgi bahorgi kun-tun tengligi bizning taqvimiz bo'yicha martning tobora keyingi kunlariga, so'ngra esa martdan keyin keladigan oylarga va yana keyinroq yozgi hamda qishki oylarga ham to'g'ri keladi.

Shunday qilib, grajdan yili tropik yildan qisqa o'tishi bilan toborakeyingi kunlarga ko'chib o‘taveradi, ya’ni ular tabiatda bo‘ladigan hodisalardan - haqiqiy fasllardan orqada qoladi,

Agar taqvim yili tropik yilga nisbatan uzunroq bo‘lsa-chi? Bunday taqdirda, aksincha, bahorgi kun-tun baravarligi bizning taqvim bo‘yicha 21-martda boshlanmay, balki 21- martdan oldingi kunlarga, bora-bora esa martdan ilgari keladigan oylarga to'g'ri keladi. Bunday taqvimga asoslangan vaqt hisobi.bo'yicha yil fasllari tabiat hodisalaridan, haqiqiy tabiiy fasllardan tobora dldinga siljiyveradi, Natijada taqvimimiz bo'yicha qish oylari hisoblangan oylar yillar o'tishi bilan awal bahorda, so'ngra yozda, bora- bora, nihoyat, hatto kuzda ham keladigan bo'lib qoladi,

Biz yuqorida keltirgan birinchi misolimizda taqvim yilning uzunligi qilib kunlarning butun sonini oldik. Bu son astronomik yilning uzunligiga engyaqin son edi. Ikkalasi o'rtasidagi tafovut atigi 6 soatni tashkil etar edi, xolos. Bari bir, shunda ham yil lasllari boshqa kunlarga juda tezlik bilan kuchib o'tib olishini ko‘rdik. Bu siljish har to'rt yilda rosa bir kunni tashkil etadi. Bunday siljish kishilarning hatto bir avlodi hayoti davomidayoq juda ravshan seziladigan bo'lur edi. Oradan 720 yil vaqt o'tganda taqvim yili bilan tropik yil o‘rtasidagi tafovut rosa yarim yilni tashkil etardi - mart kuzgi oy, sentyabr esa bahorgi oy bo‘lib qolardi, qish iyun oyida, yoz esa dekabrda boshlanadigan bo'lardi. Natijada tarix darsliklarimizda ma’lum taqvim oyida bundan bir necha asr muqaddam bo'lib o'tgan urush to'g'risida yozilgan materialni o‘qib, bu tarixiy voqeaning qaysi faslda - bahor, yoz yoki qishda yuz berganligini bilishga ancha qiynalgan bo‘lar edik.

Vaqt hisobidagi bunday noqulayliklar unchalik jiddiy, katta tashvishli emasdir, albatta. Lekin, har holda yil fasllarining hech bo‘lmasa bir necha asr davomida ma’lum oylar va ma’lum kunlar bilan bog'liq bo'lib turgani yaxshida. Buning uchun nima qilish kerak? Nahotki, bu murakkab masalani ijobiy hal etish uchun to'g'ri yo'l topish mumkin bo‘lmasa-ya!?

Yo‘q, yo'l topilgan. Taqvim yilining hamisha bir xil miqdordagi kunlardan iborat bo'lishi albatta'shart emasdir.Kunlar hisobini tabiat hodisalari - osmon jismlarining harakati bilan muvofiq holda saqlab turish uchun taqvim yilining uzunligini vaqti-vaqti bilan o'lchab turishga to‘g'ri keladi. Agar tropik yil o'rtacha olganda 365 kun va yana rosa olti soatdan iboratdir desak, demak, bizning 365 kunlik taqvim yilimizning xatosi to'rt yilda rosa bir kunga teng bo'ladi. Bu xatoni tuzatish uchun, ya’ni tropik yil bilan taqvim yili o'rtasida to'planib qolgan farqni bartaraf etib borish uchun esa har bir to'rtinchi taqvim yiliga bir kundan qo'shimcha kun qo‘shib turish kerak bo'ladi. Demak, taqvim har to'rtinchisi, awalgi yillardagiga o'xshash 365 kundan iborat bo'lmay, balki u doim 366 kundan iborat bo'ladi; bu yil boshqa yillardan mustasno tarzida, o‘zining maxsus 366 kuniga ega bo’ladi. Shunday qilinsa taqvim yilining tropik yil bilan muvofiqligi saqlanib turiladi.

Darhaqiqat, 365 kunlik uchta oddiy yil va yana bitta 366 kunlik yil (bunday yil kabisa yili deyiladi) birgalikda har biri 365 kun va yana olti soatdan iborat bo'lgan to‘rtta yilni tashkil etadigan kunlarga aniq teng bo'ladi. Agar har uch yildan keyingi bitta yilni kabisa yili deb hisoblayversak, bir vaqtning yirik bolaklarini 365 chorak kunlik yillar bilan o'lchayapmiz deb bemalol ayta olamiz. Vaqt 365 kun va 6 soatlik bo‘ladi, biz hozirgi paytda foydalanayotgan taqvim bo'yicha rosa bir yilga tengdir.

Tarixiy xronologiya kalendar o`zgarishi bilan chambarchas bog`liqdir. Kalendar so`zi lotincha-«kalendarium» so`zidan olingan bo`lib, «qarz kitobi» ma`nosini anglatadi. Qadimgi Rimda qarzdorlar har oyning 1-sanasida qarzining foizini (%) berishi shart bo`lgan va shundan kalendar so`zi kelib chiqqan. Zamonaviy tushunchada esa, kalendar turli xalqlarning ma`lum bir tabiat hodisalari asosida vujudga kelgan vaqt o`lchovidir. Kalendar yoki vaqt o`lchovlari, ayniqsa, osmon jismlarining harakati, o`zgarishida aniq ko`rinadi.

Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi (bir nuqtadan ana o`sha nuqtagacha bo`lgan vaqt yoki oraliq) butun dunyoda asosiy etalon qilib olingan. Bu kecha-kunduz (sutka) deyiladi. Yulduz sutkasi-bir Yulduzning ma`lum bir vaqt mobaynida bir nuqtadan boshlab aylanib o`sha nuqtaga qaytib kelishi. Quyosh sutkasi - quyoshning ma`lum bir vaqt mobaynida bir nuqtadan boshlab aylanib, o`sha nuqtagacha qaytib kelishi. Bu ikki sutka ikki xil tizim va ikki xal vaqt o`lchovida bo`lganligi uchun har xil uzunlikda bo`ladi. Quyosh sutkasi Yulduz sutkasidan 4 minut atrofida oshiqroq . Yulduz sutkasi quyosh sutkasidan bir kecha-kunduzda 4 minut, oyda ikki soat, yilda esa bir kecha-kunduz ilgari boshlanadi. Buning sababi Shundaki, quyosh Yulduzlar orasidan Yer aylangan tomonga ya`ni sharqdan g`arbga qarab aylanadi. Quyosh va Yulduzlar bir xil mYeridiandan o`tayotganida bir-birlaridan borgan sari uzoqlashib boradilar. Yil boshidan Yana Shu holat qaytariladi.



Quyoshning fazoda Yulduzga nisbatan bir nuqtadan bir yil aylanib, Yana Shu nuqtaga kelishi Yulduz yili deb ataladi. Astronomya uchungina emas, xronologiya uchun ham Yulduz yili muhim ahamiyatga ega. Butun dunyo bo`yicha vaqtlarni solishtirish (to`g`rilash), osmon jisMilarini kuzatish Shu Yulduz yili vaqtiga asoslanadi.

Kalendarda sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr birliklari mavjud. Sekund, minut va soatlar tushunarli bir-birlarini to`ldiradi. Muhim hisoblar sutkadan boshlanadi. Sutkani 24 soatga bo`lish Dajla va Frot daryolari vodiysida joylashgan qadimgi Bobil, ShumYer va akkad hamda Misr davlatlarida boshlangan. Bobilliklar sutkani tunga va kunga 12 soatdan ajratishgan. Dunyoning barcha xalqlari kabi biz ham kun va tunni 12 soatdan ajratib sutka 24 soatdan iborat deb o`ylaymiz. Bu Yerning o`z o`qi atrofida bir marta to`liq aylanishi natijasida hosil bo`ladigan vaqtning tabiiy o`lchov birligidir. Astronomlarning kuzatishicha bu harakat to`g`ri, me`yoriy bo`lib, keyingi ikki ming yil vaqt mobaynida sekundning yuzdan bir qismicha ham o`zgarmagan. Demak, bu o`lchov birligi ishonchli va to`g`ridir. Biz 24 soat, deb atayotgan sutka aslida 23 soat 56 minut 4 sekunddan iborat va bu vaqt Yulduz sutkasi deb ataladi. Yuqorida aytganimizdek bir Yulduz soati quyosh soatidan 10 sekund ozdir.

Yerning o`z o`qi atrofida aylanishidan tashqari quyoshning atrofida aylanadi. Bu harakat uchun bir yil vaqt sarf bo`ladi. Astronomk kuzatishlarga ko`ra, quyosh bir bahorgi kun va tun tengligi nuqtasigacha bo`lgan vaqt 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekundga tengdir. Quyoshning bir bahorgi kecha-kunduz tengligidan keyingi bahor kecha-kunduz tengligigacha bo`lgan vaqt astronomya tilida tropik yil deb ataladi. Shu tropik yil mobaynida Yer quyosh atrofini bir marta aylanib chiqadi. Lekin Yerning quyosh atrofida aylanish harakati tezligi hamisha bir xil bo`lmaydi. Bunga yarim doira ya`ni 21 martdan 23 sentyabrgacha 186 kun, ikkinchi yarim doira, ya`ni 23 sentyabrdan 21 martgacha 179 kun sarf bo`ladi.

Kalendarning asosiy birliklari qatoriga hafta ham kiradi. Oyning hafta kunlariga bo`linishi son raqaMilari va o`ziga xos afsonalar bilan bog`liq. eng qadimgi davrdan boshlab kishilarning qo`l va oyoq barmoqlari boshqa narsalar qatori vaqtni hisoblash uchun ham xizmat qilgan. Ular sonlarni tabiatning boshqa hodisalari kabi sehrli, karomatli, deb bilishgan. Ibtidoiy odamlarning fikricha, sonlar yaxshilik va yomonlik, baxt va kulfat keltirgan. Hafta hisobi dastlab barmoq hisoblari asosida kelib chiqqan. Shuning uchun avvaliga haftalar 5 kunlik keyinroq esa 10 kunlik bo`lgan. Yetti kunlik hafta ulardan ancha keyin paydo bo`lgan. Yetti kunlik haftaning paydo bo`lishi din bilan, yetti osmon yoritgichlari to`g`risidagi diniy tasavvurlar bilan bog`liq. Haftaning yetti kunlik hisobi eng avval Bobilda IV ming yil muqaddam paydo bo`lganligi to`g`risida ma`lumotlar bor. Ulardan misrliklarga, misrliklardan esa yunon va rimliklarga tarqaldi. Rimdan butun Yevropaga tarqalgan hafta hisobi SHarq xalqlarida ham keng tarqalgan edi.

Qadimgi Bobilda yetti soni ilohiy hisoblangan. Buning ilohiyligi shundaki, qadimda odamlarga Oy va Quyoshdan tashqari oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan beshta kichiq yoritkich(sayyora) ma`lum edi. Ular Rim xudolari nomlari bilan Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn deb atalgan. Oy va Quyosh qo`sqilib yetti sayyora yer atrofida aylanadi, deb tushunganlar (bobilda). Bobilliklarning fikricha bu planeta (sayyora) lar ularning nom bilan bog`liq bo`lgan xudolar xomiyligida bo`lganlar.

Ayrim fikrlarga ko`ra yetti kunlik haftaning paydo bo`lishi har 29,5 kunda takrorlanib turadigan oy fazalarining o`zgarishi bilan bog`liq. Yangi oy tug`ilgandagi bizga ko`rinmaydigan 1,5 kunni hisobga olsak qolgan-bizga ko`rinadigan 28 kun rosa 4 haftadan iborat bo`ladi. Hozirgi kunda biz ham qamariy oyni 4 qismga bo`lib birinchi chorak, to`lgan oy, so`nggi chorak va Yangi oy, deb ataymiz.

Qadimgi Misrda kun (sutka) 24 soatga bo`lingan bo`lib, har bir soat o`sha paytda ma`lum bo`lgan yetti sayyora homiyligida bo`lgan. Haftaning boshlangan kuni (shanba)ning birinchi soati Saturnga, 2 - soati Yupiterga, 3 - soati Marsga, 4 - soati Quyoshga, 5 - soati Veneraga, 6 - soati Merkuriyga, 7 - soati Oyga bag`ishlangan. Keyingi kun-yakshanbaning 1 - kuni quyoshniki bo`lib, bu kun Quyosh kuni deb nomlangan va hisob shu tariqa davom etgan.


Saturn

Yupiter

Mars

Quyosh

Venera

Merkuriy

Oy

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

1

2

3

4

Qadimgi Rimliklar ham yetti kunlik hafta kunlarini bevosita planetalar nom bilan atashgan.

Dushanba-Oy kuni.

Seshanba-Mars kuni.

Chorshanba-Merkuriy kuni.

Payshanba-Yupiter kuni.

Juma-Venera kuni.

Shanba-Saturn kuni.

Yakshanba-Quyosh kuni.

Haftaning bunday nomlanishi Yevropaning ital’yan, frantsuz, ispan, nemis, ingliz, shved, golland, norveg va boshqa tillarida saqlanib qolgan (yetti nomning hammasi emas.)

Osiyo xalqlarida ham hafta kunlarini sayyoralar nom bilan atash urf bo`lgan. Masalan, Hindistonda:

Dushanba-Sovmar (Oy kuni).

Seshanba-Mangalvar (Mars kuni).

Chorshanba-Budxavar (Merkuriy kuni).

Payshanba-Virvar (Yupiter kuni).

Juma-Shukravar (Venera kuni).

Shanba-Shanivar (Saturn kuni).

Yakshanba-Ravivar (Quyosh kuni).

Slavyanlarda (rus, ukrain, belorus, chex, xorvat, polyak va boshqalar) hafta kunlari nomlari kunlarning tartibi va ayrim diniy urf-odatlar bilan bog`liq. Rossiya kunlarining hozirgi nomlari o`sha vaqtda madaniyat rivojlangan Bolgariyadan kirib kelgan. Xristianlarda xudo dunyoni yetti kunda yaratgan, degan fikr mavjud. Yana bir ma`lumotda Xudo olamni 6 kunda yaratgan va yettinchi kun dam olgan, deyiladi. Shu kun shanbadir. Shu sababli «Bibliya»da shanba kuni kishilardan hech qanday ish (hatto uy yumushlarini ham) qilmasliklarini, shu kunni faqat xudoga ibodat qilishga bag`ishlashni talab etiladi. Milodiy II asrda Rim imperatori Adrian xristianlarga shanba kuni hafta bayram sifatida nishonlashni man etgan. Shuning uchun xristianlar haftaning bayramlarini navbatdagi kun-Yakshanbaga ko`chirganlar (Quyosh kuni). 324 yili xristianlikni Rim impYeriyasining davlat dini deb e`lon qilgan imperator Konstantin Shu kun (Yakshanba)ni haftalik bayram kuni deb qonunlashtirgan. Bu kun Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga «voskresen’e»(qayta tug`ulish) deb nomlangan. Rossiyada bu kun «sednitsa» yoki «nedelya»-ishlamaydigan kun, ishsizlik kuni, deb atalgan. Ponedelnik-nedelya yoki yakshanbadan keyingi kun, Vtornik-nedelyadan keyin uchichi kun, sreda-o`rtancha kun, Chetverg va pyatnitsa to`rtinchi va beshinchi kunlar deb nom olgan. Shanba ya`ni subbota qadimgi yahudiy-qadimgi bobilliklardan kirib kelgan «shabash» yoki «shabbot» dam olish, tinchlik, ish tamom ma`nolarini bildirgan. Haftalarning o`zbekcha nomlanishi bizga forslardan kirib kelgan bo`lib, asosan, tartibni bildirgan. Haftalarning arabcha nomlari ham (juma va Shanbadan tashqari) tartib kunlarni anglatgan. Islomda juma dam olish kuni deb belgilangan. Chunki bu kuni Muhammad payg`ambar tug`ilgan. Musulmonlar shu kuni namoz o`qib dam oladilar.

Haftalardan tashqari oylar qadimda dekadalarga bo`lingan. Dekadaning paydo bo`lishi sonlar, ayniqsa, barmoqda sanashning osonligidadir. Shu sababli dastlab 5 kunlik, keyinroq 10 kunlik dekadalar paydo bo`lgan. Har bir oydagi kunlar soni ham dekadaga mos bo`lgan.

Ilk jamiyat rivojining birinchi bosqichi (ibtidoiy tuzumda vaqt hisobi kun va tun almashuvi asosida barmoqlar (shundan ko`p xalqlarda o`n kunlik kelib chiqqan) 20 kunlik kalendar (mayyalarda) paydo bo`lgan. Keyinroq oy fazalariga qarab Yangi oy, to`lin oy sifatida ishlatilgan. Yerga ishlov berishning rivojlanishi natijasida vaqt va mavsumlarga, bahorgi va kuzgi teng kunliklar, qishki va Yozgi quyosh turishlariga qarab vaqtni hisoblaganlar.

Boy etnografik materiallar asosida turli xalqlarda kalendar va yil tushunchasi turli ekanligi, yil mavsumlariga, ya`ni ko`proq to`rt mavsumga, ba`zi xalqlarda esa etti mavsumga bo`lingan.

Oy nomlari xo`jalik turmush tarzini ham o`zida namoyon qilgan. Masalan, Sibir evenklarida Oy hayvonlardan teri oladigan kun, Amur daryosi bo`yidagi tunguslarda esa Oy baliqlarning kelishi tarzida bo`lgan. Tropik mamlakatlarda dala ishlari ikki marotaba bo`lib, ekish va o`rishdan iborat bo`lgan. Ushbu mavsumiy ishlar Orion Yulduzlar turkumining osmondagi holati bilan bog`langan. Shuningdek, bu yulduzlar turkumi boshqa mamlakatlarda ham yuqoridagi-mavsumy ishlar uchun alohida o`rin tutadi.

Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya'ni olg’a, kеlajak tomonga yurishidir. Matеmatiklar ta'biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo’lishi mumkin ham emas. Vaqtni o’lchash uchun soat, daqiqa, sеkund, sutka, xafta, oy va yil birliklari qabul qilingan. Olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan aniq vaqtning asosiy manbai-astronomk kuzatishlardir.Ular maxsus asboblar yoramida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (sеkundning mingdan bir ulushlari aniqligida) topadilar.

Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi biror davriy hodisaga, Еrning o’z o’qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o’lchov birligidir. O’rta asr solnomachisi Dostopochtеnniy, «yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini - an'analar, haftaning-uzunligini bеlgilaydi»,-dеb yozgan edi. Vaqtning sun'iy birligi bo’lgan haftalar, qadimda uch, bеsh va еtti kundan iborat bo’lgan. Bobil va Shumеr matnlarida еtti kunlik xafta mavjudligi haqida ma'lumotlar bеrilgan. Еtti kunlik xafta vaqt o’lchovi sifatida Sharqda Bobilda ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik xafta bo’lib, unga A harfidan N harfigacha bo’lgan nomlar bеrilgan. Rimda impеrator Avgust davrida (eramizdan avvalgi 63 - eramizning 14) еtti kunlik xafta kеng tarqalgan. Еtti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so’ngra harbiy Yevropaga tarqalgan. Bobilliklar еttini «qutlug’ son» dеb hisoblashganlar. Bu sig’inish o’sha davrda ma'lum bo’lgan bеshta sayyora «planеta» yoki «daydib yuruvchilar” va ular qatoriga qo’shib hisoblangan Oy va quyosh bilan bog’liq bo’lgan. Ular Еr atrofida еtti sayyora - Oy, Mеrkuriy, Vеnеra, quyosh, Mars, Yupitеr va Saturn aylandi, dеb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nom bеrilgan. Bu nomlarni rimliklardan so’ngra, harbiy Yevropa xalqlari ham qo’llashgan. Lotincha frantsuzcha va inglizchada ularning ko’rinishlarini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish