Ma’ruza matn 1-mavzu: Хrоnоlоgiya fani, shakllanishi va taraqqiyoti


-MAVZU: GRIGORIAN KALENDARI. BUYUK FRANTSUZ INQILOBI KALENDARI



Download 0,82 Mb.
bet25/49
Sana22.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#401122
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
Хронология ва метрология

6-MAVZU: GRIGORIAN KALENDARI. BUYUK FRANTSUZ INQILOBI KALENDARI
REJA:

1. Grigorian kalendari (kalendar islohoti).

2. Buyuk Frantsuz inqilobi kalendari.

3. Jahon mamlakatlarida Grigorian kalehdariga o’tish jarayonlari


Tayanch iboralar: islohot, Grigoriy 13, Luidji Aloiziy, «al’manax», Jil’ber Romm, oy nomlari,dekadalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Volodomanov N.V. Kalеndar: proshloе, nastoyashее, budushее. -M.: Nauka. 1987

2. Klimishin I.A. Kalеndar i xronologiya. -M.: Nauka. 1981

3. Sеlеshnikov S.I. Istoriya kalеndarya i xronologiya. -M.: Nauka. 1972.

4. Pannеkuk A. Istoriya astronomi. -M.: Nauka. 1966

5. Iofе V.G. Xronologiya i mеtrologiya. G`Konspеkt kursa lеkstiy. G` - T.: 2001.



6. Rahmonqulova Z. Xronologiya. A.Navoiy nomdagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, - T. : 2006. 135 b.
Eramizning 324 -yili Rim imperatori Konstantin xristian dinini davlat dini deb e’lon qildi. Beruniy yozadi: Qustantin (306 - 337). U xristianlikni birinchi qabul etgan podshoh, Istanbul devorlarini bino etgan. Podshohligining birinchi yilida onasi Nilino (Iso payg'ambar osilgan) salib tayog'ini qidirdi va oxir uni topdi. O'n to'qqizinchi yilida din rahbarlari Nikiyada to'planib, xristian dini qonunlarini tuzdilar. (... podshohlik muddati 21 yil).

325- yilda Nikiyada cherkov yig'ini o'tkazildi. Unda butun xristian dunyosi uchun bahorgi teng kunlik 21- martga to'g'ri keluvchi Yuliy taqvimini qabul qilindi. Nikiya safarida barcha xristian mamlakatlari uchun pasxa bayramining vaqtini hisoblash qoidalarini ishlab chiqadi. Bu qoidaga binoan xristianlar pasxasi birinchi bahori to'lgan oydan keyin keladigan birinchi yakshanbada, ya’ni eski stil (Yuliy taqvimi) bo'-yicha 21 martdan keyin keladigan birinchi to'lgan oydan keyingi ya-kshanbada (lekin 25 apreldan kcchikmasdan) bayram qilinishi zarur bo'lgan. Sobor o'tkazilgan kun haqiqatdan ham bahorgi kun – tu-n tengligi kuni 21- martga to'g'ri kelgan edi va dindorlar Yulian taqvimini aniq vaqt hisobi deb hisoblashgan va doim shunday bo'ladi deb o'ylashgan edilar.

Biroq Yuliy taqvimi chinakamiga aniq taqvim emas. Bu taqvimga asoslangan fuqaro yili tropik yildan farq qilar edi. Agar haqiqatda shamsiy yil 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada teng bo'lsa, bu taqvim yilni 365 kun 6 soat hisoblardi. Buning natijasida u har yili vaqt hisobida 11 daqiqa 14 soniyaga xato qilardi. Yuliy Stezar taqvimidan xato yig'ilib borib 128 yilda 1 kunni, 384 kunda 3 kunni, 1280- yilda esa (eramizning XVI asrida kelib) 10 kunni tashkil etardi.

Yulian taqvimidagi noaniqlik XIV asrda aniqlangan edi. 1324- yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigory a imperator Andronik Ilga murojaat etib, bahorgi tengkunlik 21-martga to'g'ri kelmasligini pasxa bayrami asta-sekin ortga surilib ketishini bildirgan edi. Shuning uchun u taqvimni tuzatib, pasxani belgilab olish lozim deb hisoblar edi. Ammo imperator islohotni amalga oshira olmasligini ba’zi provaslav cherkovlari bilan kelisholmasligini e’tiborga olib, Girigor taklifini rad etdi. Bu taqvimdagi noaniqlik XIV asrning birinchi yarimida Vizantiyada yashagan grek olimi Matvvey Vlastar ham ta’kidlagan edi.

Yuliy taqvimining xatosi natijasida haqiqiy bahorgi tengkunlik vaqti taqvim vaqtiga to‘g‘ri kelmay qoladi. Kun bilan tunning baravar bo'lish payti tobora oldingi kunlarga awal 20- martga, so‘ng 19, 18, 17 va hokazo kunlarga o4ib boradigan bo'lib qoladi. XVI asrga kelib hatto rosa 10 kunni tashkil qilgan edi: tun - kun tengligi 21- martda bo'lishi kerak edi, haqiqatdan esa 11- martdayoq kun - tunga baravar bo‘lib qolgan edi. Kun - tun tengligini taqvim bo‘yicha 21- martda ishlab turish xavtli edi: xristianlarning paxsa bahorgi bayrami tobora yozga yaqinlashib bormoqda edi.

Pasxa bayrami - krestga tortilgan Isoning mo’jizaviy tiriliishi xotirasiga bag'ishlangan bayramdir.

Shu tariqa, ma’lum chora ko'rish - taqvimni tuzatish, uni isloh etish chtiyoji tug'iladi.

Bu taqvimni isloh etish lozimligini katolik cherkovi ayollari ham tushunib yetgan edilar. XIV asrda papa Klernent IV ham aytgan edi, 1414- yilning martida taqvim masalasi kardinal Fer de Ale taklifi bilan muhokama etiidi. (Kardinal lotincha - katta bosh, katolik cherkovida Rim papasidan so/nggi oliy ruhoniylik martabasi - Papaning kengashchisi).

1437- yilda Bazel safarida ham shu asosiy muammo sifatida ko‘ribchiqildi. Bu yerda uyg'onish davrining buyuk olimi filosof Nikolay Kuzanskiy (1401 - 1464y) o'zining taklifi bilan chiqish qildi.

1475- yilda papa Sikst IV taqvim islohoti va pasxani o'z vaqtida nishonlash bo'yicha islohot boshladi. Buning uchun u Rimga taniqli nemis astronomi va matematigi Regimontni (1436-1476 y) taklif etdi. Ammo olimning tasodifiy o'limi tufayli bu islohot to‘xtab qoldi. XVI asr boshlarida ham taqvim islohoti masalalari Lateranskiy (1521-1517 y) va Tredenskiy (1545- 1563 y) davrlarida safarda ko'rib chiqildi. Hatto Yevropada tanilganNikolay Kopernik (1473-1545 y) ham Rimga taklif etiidi. Ammo Kopernik bu taklifni rad etdi.

Bunday islohot 1582- yili Rim papasi Grigoriy XIII tashabbusi bilan o'tkazilgan. Maxsus komissiya tashkil etilib, uning tarkibiga astronomlar va ruhoniylar, shuningdek Bolon universitetining o'sha vaqtdagi mashhur astronomiya va matematika fanlari professori Ignatiy Dantenni (1536 - 1586y) kiritdi. Bu komissiyaga yangi taqvim loyihasini ishlash topshirildi.

Barcha takliflar variantlari bilan tanishib chiqqan komissiya Frudje shahar tibbiyot universiteti o'qituvchisi, italyan matematigi, astronom va vrach Aloiziy Luidje Lilio (1520-1576 y) 1576- yili taklif etgan taqvim islohoti qoidalarini ko'rib chiqdi va ma’qulladi. (Bu vaqtga kelib Lilio vafot etgan edi). Taqvim islohotining maqsadi bahorning boshlanishi taqvimdagi 11- martdan 21- martga ko'chirishdan, uni yana 21- martdan boshlanadigan qilishdan, ya’ni 10 kunlik xatoni tuzatish va keyinchalik bunday xatoning takrorlanmasligiga yetishishdan iborat bo'lgan. Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi taqvim Grigoriy taqvimi (yoki Yuliy taqvimidan eski stildan farqlash uchun, yangi stil) deb atalgan. Lilio variaiitini 1582- yilning 24- fevralida papa Grigoriy XIII qabul qildi va maxsus bulla chiqarib, sanoq kunlarini 10 kun oldinga, 1582- yilning 4- oktyabr deb hisoblandi.

Taqvimga o'zgartirish kiritish anchaqiyin kechdi. Buning uchun tropik yil uzunligini bilish kerak edi.

Bu vaqtga kelib, nemis astronomi va matematigi Erazm Reyngoldning (.1511-1553 yillarda) 1551- yilda “Pruss jadvali” nashr qilingan edi. Unda tropik yilning davomiyligi 365 kun 5 soat 49 daqiqa 16 soniya bo'lib, hozirgi vaqtdan 30 soniya kam edi, xolos. Bu yil*uzunligi Yuliy taqvim yilining uzunligidan yiliga 10 daqiqa 44 soniya, 135 yilda 1 sutka, 400 yilda 3 kundan ziyodroq farq qilardi. Demak, Yuliy taqvimi xatosini to'g'rilash uchun har 400 yilda vaqt hisobidan 3 kunni chiqarib tashlab turishga qaror qilingan. Y uliy taqvimi bo'yicha har 400 yilda 100 ta kabisa yili bo'lishi kerak edi. Islohotni amalga oshirish uchun, demak 400 yil ichidagi kabisa yillar sonini 97ga tushirish kerak. Loyiha avtori Lilio Yuliy taqvimidagi yuzlik sonlarni 4ga bolinmaydigan asriy yillarni oddiy yil hisoblashni taklif qilgan edi. Demak, yangi taqvim bo'yicha yuz yilliklarni bildiruvchi sonlarni 4 ga qoldiqsiz bo'linadigan asr yillarigina kabisa yillari qatoriga qo'shiladi. Masalan, 1600, 2000, 2400, 2800 va boshqa yillar ana shunday yillardir. 1700, 1800, 1900, 2100 kabi yillar esa oddiy yil hisoblanadi.

Shunday qilib, Grigoriyning taqvimi isbotidan keyin taqvim yili tropik yilga yaqinlashdi. Bu taqvim ancha aniq taqvim. Lekin u ham bari bir, tropik yildan 24 soniya farq qiladi. Endi bu taqvimning xatosi yig'ilib 1 kunga yetishi uchun 3300 yil kerak bo'ladi.

Grigoriy taqvini o'z afzalliklariga qaramay dunyoda tez tarqala olmagan.

Yuliy kalendari o`z davri uchun aniq kalendar hisoblanadi. Ushbu kalendar bo`yicha yil 365 sutka 6 soatga teng edi (tropik kalendar bo`yicha yil 365 sutka 5 soat 48 minut 46 sekund0 ya`ni tropik kalendardan 11 minutu 14 sekundga farq qilar edi. Farq 128 yilda 1 sutkani, 384 yilda 3 sutkani, 1280 yilda 10 sutkani tashkil etar edi. Yuliy Sezar va undan keyingi davr uchun bu farq ahamiyatsiz edi, chunki dehqonchilik uchun 128 yildagi 1 sutka farq katta emasdi. 325 yil Nikey sosbori Yuliy kalendarini barcha xristianlar uchun majburiy, deb e`lon qilgan paytda bahorgi teng kunlik 21 - martga teng kelar edi. (Sezar davrida 24 martga tang kelgan).

XVI asrda esa bahorgi teng kunlik 11 martga teng kelib qolgan edi. Bu xristianlik uchun xavfli edi, chunki ularning bahorgi, tabiat uyg`onishi bayram yozga surilib bormoqda edi. Bayram pasxa, deb nomlanib, teng kunlik-21 - mart va 25 - apreldan kechiqmay bayram qilinishi kerak edi. Agar kalendar isloh qilinmasa (21 mart sun`iy ushlab turilsa) pasxa yoz o`rtasiga to`g`ri kelib qolar edi.

Kalendarni isloh qilishga dastlabki urinish 1545 - yilda bo`ldi. Shu yili Trident soborida papa Pavel III xatoni to`g`rilash taklifini kiritdi. Lekin Pavel III va undan keyingi papalar Piy IV hamda Piy V davrlarida ham masala ochiq qoldi. 1572 yil taxtga kelgan papa Grigoriy XIII kalendar islohoti haqida ko`p takliflar oldi va iuzit astronom Xristofor Klaviusga bu ishni topshirdi. Klavius islohotga PYerujilik meditsina professori, astronom Lundji Lil’o (Aloysius Lilius) taklifini asos qilib oldi. Aloiziy Lilio Yangi kalendar qo`llanila boshlandi. Unga ko`ra 1582 - yil 4 -oktyabr Payshanbadan keyin 15 oktyabr’ juma kuni boshlandi. Yangi kalendarga ko`ra, yil 365 kun 5 soat 49 minut 44 sekundga, 400 yilda 3 kunga farq qilar edi. Yuliy kalendari bo`yicha 400 yilda 97 taga tushirish kerak edi. Lilio Yuliy kalendaridagi yuzlik sonlari 4 ga bo`linmaydigan asriy yillarni kabisa yillari qatoriga qo`shishni taklif etgan. M., 1600,1700, 2400, 2800 va boshqalar kabisa yillari, 1700, 1800, 1900, 2100 yillar oddiy.

1587 - yil Grigoriy XIII Konstantinopol’ patriarxi IYeremiy II o`z elchilarini jo`natib, Yangi kalendarni tadbiq etishni taklif qildi. Lekin 1583 - yilgi konstantinopol’ sobori bu taklifni rad etdi. Patriarx IYeremiy II esa Grigorian islohotini SHarqiy CHYerkovga nisbtan bosqinchilik quroli, deb hisobladi.

Yangi kalendar katolik dini davlat dini hisoblangan Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Pol’sha, Portugaliya davlatlarida qabul qilindi. XVIII asr oxiriga kelib katolik va protestant davlatlarining barchasi Grigorian kalendarini qabul qildilar. Pravoslav davlatlari hisoblangan Rossiya, Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa davlatlarda Yuliy kalendari saqlanib qoldi.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish