Mehnat ta’limi fanining mazmuni.
Mehnat ta’limi o`qituvchini tayyorlash jarayonida qator didaktik vazifalar xal qilinadi. Ularning eng muximlaridan biri maktabdagi mehnat ta’limi vazifalarini, maktab dasturlarini mazmunini, ularning g`oyalari va tashkiliy printsiplarini ochib berishdan iborat, chunki maktabdagi mehnat ta’limining vazifasi xam, maktab dasturining mazmuni xam o`zgarib turadi.
Fan-texnikaning rivoji, bozor iqtisodiy sharoiti buni taqozo qiladi.
Mehnat ta’limning vazifalari bilan mazmuni murakkab didaktik bog`liqlikda bo`ladi. Mehnat ta’limining vazifalari turli darajada qo`yiladi va xal qilinadi.
Birinchi (oliy) darajada mehnat ta’limi maktab sistemasining elementi sifatida, ya’ni umummaktab vazifalarini bajarish vositalari sifatida qaraladi.
Umummaktab vazifasiga o`quvchilarga odamiylik, komil insoniylik fazilatlarini shakllantirish kiradi. Bu vazifani bajarish uchun jamoatchilik o`quv predmetlarini vazifasi xisoblanadi.
Ta’limni unumli mehnat bilan qo`yish, politexnik ta’lim, mehnat tarbiyasi, o`quvchilarni kasbga yo`llash kabi vazifalar ko`pchilik o`quv fanlari mehnat ta’limi bilan birgalikda xal qilinadi. Bu vazifalarni xal qilishda mehnat ta’limi muxim rol o`ynaydi.
Ikkinchi darajali vazifalarga mehnat ta’lim doirasida xal qilinadigan vazifalar bo`lib, umummaktab tarkibiga kiradi, lekin o`ziga xos vositalar bilan amalga oshiriladi.
Masalan: texnik ijodiyotini rivojlantirish, tajriba ishlarida qatnashish, maktab sharoitida ,asosan, mehnat ta’limi jarayonida va shu ta’lim asosida tashkil qilingan sinfdan tashqari ishda sodir bo`ladi. Materiallarga ishlov berish mashinalariga xizmat ko`rsatish va xokazolarga doir amaliy bilim va malakalarni shakllanishi xaqida xam shuni aytish mumkin. Ustaxonalardagi mashg`ulotlar mehnat qobiliyatini oshiradi. Mehnat ta’limi jarayonida jismoniy faoliyat akliy faoliyat bilan omuxtalashadi. Buyumlarni konstruktsiyalash jarayonida esa o`quvchilarni qobiliyatlari aqliy rivojlanishga imkoniyat beradi.
Mehnat ta’limining goyaviy-siyosiy, axloqiy tarbiya uchun axamiyati katta. Ijtimoiy-foydali narsalar yaratib, unumli mehnatda qatnashib, o`quvchilar o`zlarini ishlab chiqarish qatnashchilari deb xisoblaydilar.
Mulkka, mehnat kishilariga bo`lgan munosabat, xurmat qila boshlash, ulardan namuna olishga xarakat qiladilar.
Mulkka nisbatan ongli munosabat boshlanadi, mehnat kishilarni xurmat qilish, ulardan namuna olishga xarakat qiladilar.
Mehnat ta’limi jarayonida estetik tarbiya uchun sharoitlar yaratadi. Agar o`quvchilar chiroyli buyumlar yasashsa, jamiyatga foyda keltirganlaridan ma’naviy qoniqish xosil qiladilar va estetik zavq xam oladilar.
Mehnat ta’limining mazmuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni belgilangan vazifalarga ko`ra belgilanadi. Lekin faqatgina birinchi darajali vazifalarni e’tiborga olibgina o`quv dasturi mazmunini belgilab bo`lmaydi, unga xos xususiyatlar xam xisobga olinadi. Masalan : ta’limni unumli mehnat bilan birga qo`shishni ta’minlash zarurligini maktabdagi o`qitish mazmuniga, jumladan mehnat ta’limi mazmuniga qator talablar qo`yadi :
1.O`quvchilarni amaliy faoliyati imkoniyatga qarab unimli mehnatni o`z ichiga olish kerak.
2. O`quvchilarni unumli mehnat ularning o`quv faoliyatiga tarkibiga qo`shilib ketishi kerak.
3. Unumli mehnat mazmunini bolalarning yosh imkoniyatlari, mehnat ta’limi vazifalari, ishlab chiqarish muxitini xarakteri xisobga olinishi kerak.
4. Maktab ta’limi ishlab chiqarish malakasini berish bilan shug`ullanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |