O`qituvchi
|
tinglovchi
|
1. Ma`ruzaga kirish.
1.1. Maqsad va rejalashtirilgan o`quv natijalari bilan tanishtirish.
1.2. Ma`ruza rejasi bilan tanishtiradi.
1.3. Tinglovchilarga tezkor savol berib bilimlarini faollashtiradi: “Siz nima deb o`ylaysiz Maktab o`quv rejasida mehnat ta`limining qo`yilishi, uning tarixiy taraqqiyoti qanday?” SHunday bo`lsa asoslab bering.
1.4. Javoblarni birgalikda umumlashtiradi va asosiy ma`ruza mavzusiga o`tadi.
|
Diqqat qiladilar va yozib oladilar.
Savollarga javob beradilar.
|
2. Asosiy qism.
2.1. Faollashtirilgan bilimlar asosida tinglovchilarni mashg`ulot mavzusiga olib kiradi.
2.2. Slaydlar yordamida mavzu mohiyatini reja asosida yoritadi.
2.3.Ma`ruzani davom ettirishdan avval tinglovchilarga “Tezkor so`rov” texnikasini qo`llagan holda quyidagi savolga javob berishlarini so`raydi: O’rta maktablaridagi mehnat ta’limining metodologik asoslarini yoritib bering.
2.4. Javoblarni qabul qiladi va ularni umumlashtiradi.
2.5. Rejaning ikkinchi savolini - O’zbekistonda mehnat ta’limini rivojlanishni
o`ziga xos xususiyatlari yoritishdan avval tezkor savol orqali murojaat qiladi
2.6. Javoblarni qabul qiladi va ularga slayd materiali orqali qo`shimcha ma`lumotlar beradi.
|
Savollarga javob beradilar.
Savollarga javob beradilar.
Tinglaydilar .
Savollarga javob beradilar.
Tinglaydilar
|
F a o l i ya t m a z m u n i
|
O`qituvchi
|
tinglovchi
|
Ma`ruzani yakunlash:
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi mazmuni bo`yicha yakun yasaydi:
ma`ruza yuzasidan savollarga javob beradi;
ma`ruza yuzasidan amaliy ishlar bajarilishini va mavzu yanada mustahkamlanishini aytadi;
tinglovchilarni tayyorgarligi, ularni savol javobda faolligini baholaydi;
ma`ruza natijaviyligining umumiy bahosini beradi;
|
Savollar beradilar, baholar bilan tanishadilar
|
Buyuk mutafakkirlar xar tomonlama kamol va barkamol avlodni tarbiyalash uchun ta’limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borish lozimligini ta’kidlaganlar.
Ta’limni unumli mehnat bilan qo`shib olib borish haqida Tomas Mor, Sh.Fur`s, Robert Ouen va utopik sotsialistlarning boshqa vakillari o`z asarlarida ta’kidlaganlar. R.Ouenning tajribasidan ko`rish mumkinki, kelgusi naslni tarbiyalash kurtagi fabrika sistemasidan o`sib chiqqan kelajakda ma’lum yoshdan oshgan hamma bolalar unumli mehnat qilish bilan birga ta’lim oladilar va gimnastika bilan shug'ullanadilar, bu esa ijtimoiy ishlab chiqarishni oshirish vositalaridan birigina bo’lib qolmay, balki xar tomonlama barkamol kishilarni yetishtirish uchun xam birdan-bir vosita bo’ladi, deb qaragan.
Mutaffakirlar o’qishni unumli mehnat bilan birlashtirish printsipini politexnik ta’lim g’oyalari bilan birgalikda talqin qildilar, «Bu ta’lim barcha ishlab chiqarish protsesslarining asosiy printsiplari bilan tanishtiradi va ayni vaqtda bolaga va o`smirga barcha ishlab chiqarishdagi eng oddiy qurollarni ishlatishni o’rgatadi» deb o’qitadi.
Yirik sanoatning moxiyatini taxlil qilish asosida politexnik ta’limni zarurligini asoslab berdilar.
Yirik sanoatning vujudga kelishi ishchilarni o`z mehnat to`rini o`zgartirishni taqozo qiladi, natijada ko’p ixtisosga ega bo’lishni umumiy qonun qilib qo’yadi.
Almashuvchi ishlab chiqarish sharoitida mehnat qilish uchun ishchi xarakat funktsiyasini ta’minlash, unda ishlab chiqarishning butun sistemasida ishlay olish qobiliyatini rivojlantirish kerak. Politexnik ta’lim ana shunga xizmat qiladi.
Yirik sanoatni paydo bo’lishi bilan fan ishlab chiqarish kuchiga aylanib qoladi, texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish soxasidagi rivojlanish tabiatshunoslikning yutuqlariga asoslanadi. Shu sababli ishlab chiqarishning asoslari bilan tanishmoq uchun ishlab chiqarish jarayonlari asosida yozuvchi tabiiy-ilmiy qonuniyatlar va xodisalarni o’zlashtirish kerak.
Shunday qilib, politexnik ta’limi o`sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularni erkin kasb tanlashga va mehnatning almashinish qonuniga ko’ra jamiyat uchun zarur bo’lib qolsa kasbini o`zgartirishga tayyorlash vositasi sifatida qaraladi.
Mutaffakkirlar yosh avlodni o`qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib bormay turib kelgusi jamiyatning oliy maqsadini tasavvur qilib bo’lmasligi, unumli mehnatsiz o’qish va tarbiya olish ham, o’qimasdan hozirgi zamon darajasi talab qilgan yuksaklikka qo`yish mumkin emasligini ta’kidlaganlar.
O’qish va tarbiyani ishchilar, dexqon xo`jaliklari, keng ommaning mehnati bilan qo`shib olib borilgandagina chinakam kamol va barkamol avlodni tayyorlash mumkin.
Politexnik ta’limga umumta’limiy bilimlarning mustaxkam poydevori sifatida qarash lozim.
Ta’limni umumiy mehnat bilan bog’lash va politexnik ta’lim xaqidagi mutafakkirlarning ta’limoti hozirgi maktab qurilishini poydevori sifatida olindi.
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi va politexnik ta’lim berish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish kerakligiga doimo jiddiy qarab kelingan.
Davlat standartlari, o’quv rejalarida ham mehnat, kasb ta’limiga katta e’tibor berildi va uni o’quv rejasiga boshqa fanlar qatori kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |