Ma`ruza mashg`ulotlarida innovatsion ta`lim texnologiyasini loyihalashtirish va rejalashtirish qoidalari


O’zbekiston maktablarida mehnat ta’limini rivojlanishi



Download 163 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi163 Kb.
#208039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-Mar-m-t f7529ac1fdbabbf726f9b796185417ce

O’zbekiston maktablarida mehnat ta’limini rivojlanishi.

O’zbekiston maktablarida yosh avlod tarbiyasiga, shu qatori mehnat ta’limiga katta e’tibor berib kelindi. Revolyutsiyadan keyin O’zbekistonda ham mehnatga o’qitish, ta’limning, shaxsni har tomonlama kamol toptirishning eng muhim faktorlaridan biri sifatida qaraldi.

Ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib borish sohasida ancha yutuqlarga erishildi, lekin ular juda qiyinchiliklar bilan amalga oshdi.

O’qituvchi va metodistlarni bir qismi maktabni turmush bilan bog’lashni eng yaxshi ta’minlash uchun o’quv rejasiga mehnat ta’limini mustaqil fan sifatida kiritishni zarur hisoblaydi.

Boshqa bir guruh fan asoslari bo`yicha predmetlarni o’qitish jarayonida ham mehnatga o`rgatish mumkin deb hisoblaydilar. Uchinchi gurux esa mehnat ta’limi maktab sistemasida markaziy o`rinni egallashi lozim deb qaraydi. Bunga asosan o’qitishni proekt-sistemasi paydo bo’ladi. Proyekt-sistemasiga binoan matematika, fizika, biologiya va boshqa o’quv fanlariga oid bilim elementlari o’quvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari atrofida olib boriladi. Masalan : o’ra qazish qancha tuproq chiqarish lozimligini hisoblash (matematika), o’ra konturini bog’lash (chizmachilik), tuproq xarakteri (geografiya) kerak bo’ladi. O’quv jarayonini bunday tashkil etishda o’quvchilarni fan asoslaridan sistemali bilim bilan qurollantirishni iloji yo’qligi ko’rinib turibdi. Mehnat ta’limi ham hech narsa yutmaydi, chunki u aniq sistemasiz olib borilgan vaqtincha tasodifiy topshiriqlar bilan bog’luq bo’lgan.

Maktab ishidagi mazkur kamchilikni bartaraf etish uchun 1931 yil 5 sentyabrda MK ning «Boshlang’ich va o’rta maktab haqida» qarori chiqdi. Bu qarordan so’ng, maktablarda fan asoslari predmeti o’qitish tiklandi. O’quv rejasiga boshqa o’quv fanlari qatori mehnat ta’limi ham mustaqil fan bo’lib kirdi. Lekin yetarli pedagogik kadrlar, moddiy baza bo’lmaganligi natijasida mehnat ta’limini fan asoslari bilan bog’lashni imkoni bo’lmadi. 1937 yilda mustaqil fan sifatida o’quv rejasida mehnat ta’limi fan sifatida chiqarildi.

Mehnat tarbiyasi bilan sinfdan tashqari, maktabdan tashqari va ijtimoiy foydali ishlari jarayonida amalga oshirildi.

Urushdan keyingi yillarda mamlakatimiz jamoatchiligini e’tibori yana o’rta maktabda mehnat ta’limi muammosiga qaratildi. 1952 yilda politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasiga e’tibor berila boshlandi. Maktab faqat oliy o’quv yurtlariga kadr tayyorlaydi, bitiruvchilar soni orta borib ularning ko`pchiligi o’qishga kira olmay qoldilar. Maktabni bitirganlarni ko’pchiligi ishlab chiqarishga yuborish-qushish uchun 1954 yildan o’quv rejasiga o’sib kelayotgan avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida mehnat ta’limi kiritildi.

1958-59 o’quv yilida barcha maktablarda kasb urgatila boshlandi. Bu yil maxsus «Maktabni turmush bilan aloqasini mustaxkamlash va xalk maorifini rivojlantirish to`g`risida»gi qonun qabul qilindi.

Bu qonunda xamma o`quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga qo`shish, ta’limni unumli mehnat bilan bog`lash xaqida, maktabni xayot bilan, bunyodkorlik ishlari amaliyoti bilan bog`lash ishlari xaqida gapirildi. Yuqori sinflarda kasbga tayyorlash va ta’lim berish nazarda tutildi.

O`qitishni xayot bilan, maktabni turmush bilan boshlashga 1960-80 yillarda katta e’tibor berildi. O`quv ustaxonalari qayta qurildi, maktablararo ustaxonalar, o`quv-ishlab chiqarish kombinatlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgust kuni 1X sessiyasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida» qaror qabul qilindi. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, xar tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb xunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, xukukiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni nazarda tutadi..




Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish