Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning asosiy tamoyili ta’lim markazida talaba (o’quvchi) qo’yiladi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhim hisoblanib u quyidagilarga asoslanadi:
- shaxsning xususiyatlariga;
- uning oldingi tajribalariga;
- aqliy xususiyatlariga;
- ta’lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga.
Hamkorlikda ta’lim olish metodi ta’lim samaradorligini oshirish usullaridan biri bo’lib, uning asosiy g’oyasi turli o’quv holatlarida talaba (o’quvchi)larning faol o’quv faoliyatlari uchun sharoit yaratish ya’ni talabalar uchun ma’lumotlarning axborot banki, nazorat-sinov banki, masofadan turib ta’lim olish, mustaqil ishlarni to’g’ri tashkillashtirish kabi muammolarning yechilishida qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |