Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan seminar mashg`ulotlari
MARUZA MASHG`ULOTLARI
Mavzu-1. Pedagogik faoliyat va unga qo‘yiladigan talablar .
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kursining o’ziga xosligi shundaki, informatikaning umumiy va maxsus metodik savollari informatikaning umumiy o’rta va o’rta-maxsus, kasb – hunar ta’limidagi har bir o’quv yili va g’oyasiga mos ravishda ko’rib chiqiladi. Ushbu kursning o’qitilishidan maqsad umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida informatikani o’qitishda zamonaviy shakllar va metodlarning ilmiy va psixologo-metodik mohiyatini chuqur o’rganishdan, uslubiy g’oyalarni a’lo darajada tushunishdan iborat, shuningdek, o’quv jarayonini tashkillashtirishning turli shakl va metodlarini ko’rib chiqish va o’qituvchiga o’qitish jarayoniga metodik yondashishda ijodiy erkinliklar berilgan holda hozirgi zamon talablariga javob beradigan informatika o’qituvchisini tayyorlashdir. Bundan tashqari, informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanini o’qitishdan maqsad – informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va mahoratlarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo’lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Kursning asosiy vazifalari bo’lajak o’qituvchilarda informatikani o’qitishda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishni tarbiyalash, mustaqil o’quv jarayonining, uslubiy ijodiyotning ko’nikmalarini shakillantirish, muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish, klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, o’quvchilarning yoshiga qarab alohida pedagogik uslublarning qo’llanilish samarasini tushuntirish, tekshirish va ko’rib chiqish kabilardan iboratdir.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kursi bo’lajak informatika o’qituvchisini umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limida o’qitiladigan “Informatika” va “Axborot texnologiyalari” fanlarini o’qitishda, kelgusi kasbiy tayyorgarligida kursni o’qitishning mazmun va shakllarini tanlash tamoyillarini, boshqa predmetlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirishda, mahalliy tarmoq orqali kompyuter va dasturlarni malakali ishlata olish usullarini egallashida yordam beradi.
Mazkur kursni o’qitish davomida ilg’or innovatsion va pedagogik texnologiyalaridan, interektiv usullardan foydalaniladi.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kursini o’zlashtirish uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza, amaliy-seminar darslarda mos ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar.
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kursini o’qitish uslubiyotining xususiyatlaridan biri talabalarni ushbu kursning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini egallashning usul va yo’llarini belgilash masalasidir. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |