Topshiriqlar variantlari (masala, misol, keyslar):
Multimediyali dasturlar yordamida umumta’lim maktablari informatika fani mavzulari uchun materiallar tayyorlang.
Laboratoriya ishi N 7
MAVZU: Informatika darslariga o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar
Nazariy ma’lumotlar:
O‘quvchilar miqdoriga ko‘ra nazorat metodlari
O‘quvchilar miqdoriga ko‘ra nazoratning quyidagi ko‘rinishi farqlanadi:
Individual tekshirish-alohida o‘quvchiga mo`ljallangan nazoratdir.
A`lochi o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv topshirig‘i o‘rtacha tayyogarlikka ega bo‘lgan bola uchun qiyin bo‘lganidek, o‘rta o‘zlashtiradigan o‘quvchi uchun tuzilgan o‘quv topshirig‘i a’lochi o‘quvchi uchun juda ko‘p sanaladi. Ko‘rinadiki, individual nazorat xar bir o‘quvchining bilimi, tayyorgarlik darajasiga qarab tayyorlanadi. Demak, individual nazorat metodi sifatida tanlangan suhbat, savol, topshiriq, mustaqil ish, laboratoriya mashg‘uloti va shu kabilarning bajaruvchisi- ijrochisi oldindan belgilanadi.
Tabaqalashgan nazorat-sinf jamoasini bilim, malakalarni o‘zlashtirish darajasi, real bilish imkoniyatlariga qarab kichik jamoalarga ajratish va jamoalarning xar biriga mos metod, vosita tanlab tekshirishni o‘tkazishdir.
Sinf o‘quvchilari, ularning individual xususiyatlari asosida kichik jamoalarga ajratiladi. Eng yuqori o‘zlashtiruvchi bolalar o‘ta murakkab, yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar jamoasi nisbatan oson, past o‘zlashtiruvchilar jamoasi esa yanada osonrok topshiriqlarni, mustaqil ishlarni bajaradi.
Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Ta’lim jarayonida nazorat ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholash va bahoni ham oladi. Baholash deganda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalonlar bilan solishtirishni tushunamiz. Baho deb esa baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his–tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z–o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi deb sanaladi.
O‘quv faoliyatini baholash mezonlari bir qator pedagoglar tomonidan talqin etilgan. Quyida biz pedagogika fanlari doktori Vladimir Pavlovich Bespalko tomonidan berilgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va o‘quv faoliyatini baholash haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu mezonlar o‘quvchilarning fan bo‘yicha tayyorgarligi, o‘qituvchining didaktik mahoratini baholash imkoniyatini beradi. Bu mezonlar o‘quvchilarning o‘qishi va hulqining adekvat motivlari uchun hamda o‘qituvchi mahoratini odilona baholash uchun zarur.
Misol sifatida «Informatika» Fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish uchun har xil usullarini keltilamiz.
mavzusi bo‘yicha savollar
mavzusi bo‘yicha diktant savollari
T-sxema ko‘rinishida vazifa
Test vazifalari
T-sxema ko‘rinishida vazifa
Agar ular yozilgan fikrga qo‘shilsalar, birinchi ustunda “+“ aks ќolda uchinchi ustunda “-“ belgisini qo‘yadilar.
T-sxema ko‘rinishida vazifa
Ha
|
Fikr-mulohazalar
|
Yo‘q
|
|
Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari bo‘yicha aniqlanmaydi.
|
|
|
EXCEL quyidagi buyruq bilan ishga tushiriladi: Pusk-Nastroyka-EXCEL
|
|
|
EXCEL hujjati ishchi kitob deb ataladi.
|
|
|
Ustunlar lotin harflar bilan belgilanadi
|
|
|
Ustunlar soni 26 ta
|
|
|
YAcheyka nomi yacheyka joylashgan ustun va satr raqamlaridan iborat
|
|
|
Nom maydonida satr raqami ko‘rsatiladi
|
|
|
Formula satrida faol yacheykadagi ma’lumotlar aks ettiriladi
|
|
|
Diapozon – bu yacheykalar guruhi
|
|
|
Yacheykada matn, formula, son bo‘lishi mumkin
|
|
|
Formula «S» belgisi bilan boshlanadi
|
|
Informatika bo‘yicha diktant o‘zaro tematik bog‘langan, lekin matn 4-8 iboradan iborat. Diktantdagi gaplar aniqlik va qisqalik bilan ajralishi kerak. o‘quvchi eshitayotgan vazifani bajarishi lozim. Shuning uchun uzun ibora yoki chalkashlik diktantga to‘g‘ri kelmaydi.
ACCESS MOBT mavzusi bo‘yicha diktant savollari
ACCESS MOBT dastlabki oilasining ilovalarini sanab bering.
ACCESS MOBT ning qaysi ob’ekti «teskari» shakl bo‘ladi?
ACCESS MOBT ning qaysi ish tartibi ob’ekt tuzilmasini o‘zgartiradi?
Qaysi tugmacha yordamida ma’lumotlar omborini yaratish ustasi ishga tushiriladi?
Ma’lumotlar omborini yaratish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma’lumotlar omborini ochish uchun qaysi buyruqni bajarish kerak?
Ma’lumotlar ombori qanday izlab topiladi?
Topshiriqlar variantlari (masala, misol, keyslar):
Informatika fani mavzulari bo`yicha nazorat topshiriqlari yarating.
Informatika fani mavzulari bo`yicha Venn diagrammasini quring.
O`quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida T-jadval usulida topshiqirlar yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |