Ma’ruza mashg`ulotlari bo`yicha ta’lim texnologiyalari



Download 2,69 Mb.
bet128/136
Sana10.09.2021
Hajmi2,69 Mb.
#170314
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136
Bog'liq
1194 PK маjmua 2014

3. Yakuniy bоsqich

(10 daqiqa)



3.1. Mavzuni umumlashtiradi va umumiy xulоsalar yasaydi. Talabalar diqqatini mavzuning asоsiy tоmоnlariga qaratadi, darsda faоl qatnashganlarni alоhida aytib o’tadi

3.1.Tinglaydilar va ballarni yozib оladilar.



1-Ilova


Baholash mezoni va ko`rsatkichlari:

Talabaning

F.I.Sh.

Savolning to'liq va aniq yoritilishi

0,1 ball

Misollar bilan muammoga yechim topishi 0- 0,1 ball

Talabaning

faolligi

0,05 ball

Jami ball-

0.25 ball































0.25- ball - "a'lo".
0.2- ball - "yaxshi".
0.15- "qoniqarli".




2-ilova.

19-Ma'ruza: Sellyuloza, uning xossalari va olinish usullari. Sellyulozaning efirlari.

Reja:

1. Sellyulozaning murakkab efirlari: nitrosellyuloza va asetat sellyuloza.

2. Sellyulozaning oddiy efirlari: metil, etil va karboksimetilsellyuloza. Dars maqsadi: Sellyulozaning murakkab efirlari: nitrosellyuloza va asetat sellyuloza, ularning olinishi, xossalari va qo`llqanilishi bo`yicha ma’lumot berish. Oddiy efirlarni olish va ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish.

Dars natijalari: Sellyulozaning murakkab efirlari: nitrosellyuloza va asetat sellyuloza, ularning olinishi, xossalari va qo`llqanilishi bo`yicha ma’lumot berish. Oddiy efirlarni olish va ularning qo'llanilish imkoniyatlarini o'rganadilar.



1-rejaning bayoni:

  1. Nitrosellyuloza sellyulozaning nitrat kislota bilan hosil qilgan murakkab efiri bo'lib, eng birinchi plastmassadir.

Sellyulozani nitratlashdan oldin faollash lozim. Faollash tolalardagi chigallarni yozish va sellyulozaning tarkibida atigi 1,5% nam qolguncha quritishdan iborat. Odatda, tolaning chigali turli mashinalarda yoziladi.

Nitrolash uchun boshlang'ich xom ashyo sifatida paxta linti olinadi. Unga nitrolovchi aralashma, ya'ni nitrat kislota, azot oksidlari va sulfat kislota aralashmasi ta'sir ettiriladi. Reagentlarning o'zaro nisbati olinadigan nitrosellyuloza oldiga qo'yiladi'gan talabga muvofiq bo'ladi. Agar nitrosellyuloza plastmassa (sellyuloid) tayyorlash uchun mo'ljallangan bo'lsa, aralashma quyidagi nisbatda tayyorlanadi: nitrat kislota 18-21%, azot oksidlari 5 foizdan kamroq, sulfat kislota 55-60% atrofida va suv 16,5-20,0%. Tutunsiz porox olishda ishlatiladigan nitrosellyulozani hosil qilish uchun ishlatiladigan aralashmaning tarkibi: nitrat kislota 20-30%, sulfat kislota 60-70% va suv 5-10%. Bunday tarkibdagi aralashmadan oldin reaktorga 1 qism sellyulozaga 13-16 qism nitrolovchi aralashma to'g'ri keladigan qilib faqat nitrolovchi aralashma quyiladi va 35-4500C da yaxshilab qoriladi. So'ngra har 1 qism faollashtirilgan sellyuzaga 27-34 qism nitrolovchi aralashma hamda sellyuloza reaktorga birdaniga solinadi va 25 minut qoriladi. So'ngra nitrolangan sellyuloza sentrifuga yordamida nitrolovchi suyuqlikdan ajratib olinadi. Odatda, reaksiya natijasida sellyulozaning sulfoefirlari ham hosil bo'ladi, biroq bunday efirlar beqarorligi tufayli parchalanib ketadi, natijada sulfat kislota hosil bo'ladi. Sulfat kislota sellyuloza va uning efirlarini destruksiyaga uchratadi. Shuning uchun ham olingan nitrosellyulozani stabillash maqsadida oldin qaynoq suv bilan yuviladi, bunda sulfoefirlar parchalanib ketadi. Endi u nitrolovchi suyuqliklardan sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi.

Nitrosellyulozaning hosil bo'lish reaksiyasi quyidagicha ifodalanadi:


Bunda x+y=3 bo'lib, uning qiymati nitrolovchi aralashmadagi nitrat kislotaning miqdoriga bog'liq.

Hozirgi vaqtda nitrosellyulozadan, asosan, tutunsiz porox va plastmassalar tayyorlanadi. Sellyuloid boshqa plastmassalarga nisbatan ancha arzon va tashqi ko'rinishi jihatidan ham chiroylidir. Sellyuloiddan turli shakl va hajmdagi listlar, turlidiametr va uzunlikdagi trubalar, o'lchov asboblarida ishlatiladigan sinmaydigan oynalar, hisoblash mashinalarining mexanizmlari, shkalalar, o'yinchoqlar, galantereya buyumlari va muzika asboblarining qismlari tayyorlanadi.



  1. Atsetilsellyuloza sellyulozaning sirka kislota bilan hosil qilgan murakkab efiridir.

Sellyulozani sirka angidrid bilan atsetillashdan oldin faollashga to'g'ri keladi. Buning uchun sellyuloza alohida-alohida tolalargacha titiladi. So'ngra uning ustiga 40-500 С li sirka kislota quyiladi.

Atsetillash gomogen va geterogen sharoitda olib boriladi.

Ikkala usul bilan sellyulozani atsetillash reaksiyasi quyidagicha ifodalanadi:

[C6H7O2(OH)3]n + (СН3СО)2O [С6Н7O2(ОСОСН3)3]n

Hosil bo'lgan atsetilsellyulozada =300 bo'ladi.

Triatsetillyulozaning gidrolizlanib, ikkilamchi atsetilsellyulozaga aylanishi quyidagicha ifodalanadi:

[C6H7O2(OCOCH3)3]n + H2O [С6Н7O2(ОH)x(OСОСН3)y]n

Formulada x+u=3 bo'lib, sanoatda ishlab chiqariladigan ikkilamchi atsetilsellyuloza uchun x=0,6-0,4 va u=2,4-2,6 ga teng, ya'ni bu efirda =240-260.

Oxirgi vaqtda sellyulozani keten bilan atsetillash usuli ham kashf etildi. Bu usulga muvofiq sirka kislota bilan faollangan sellyulozaga keten ta'sir ettirilsa, sellyuloza efiri hosil bo'ladi:

[C6H7O2(OH)3]n + СН2=С=О [С6Н7O2(ОH)x(OСОСН3)y]n

Bunda keten sirka kislota bilan birikib, sirka angidridga aylanadi. Hosil bo'lgan sirka angidrid sellyulozani atsetillaydi.

Triatsetilsellyuloza fizik-mexanik xossalari jihatidan ikkilamchi atsetilsellyulozadan ancha yuqori turadi. Triatsetilsellyuloza suvga chidamli hamda yaxshi dielektrik xossalarga ega. Shuning uchun ham u elektrotexnika sanoatida keng ishlatiladi.

Odatda, tola olishda =240-260, plastmassalar olishda =220-250 va kinoplyonkalar olishda =250-270 bo'lgan atsetilsellyuloza efirlari ishlatiladi.

Shuni ham aytish kerakki, atsetilsellyulozaning ko'p xossalari uning olinish usuliga ham bog'liq. Triatsetilsellyulozani gidrolizlab olingan ikkilamchi atsetilsellyuloza (=220-250) asetonda yaxshi eriydi. Lekin sellyulozani geterogen usulda asetillab olingan atsetilsellyuloza (=220-250), asetonda aslo erimaydi.




Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish