Ma’ruza mashg`ulotlari bo`yicha ta’lim texnologiyalari



Download 2,69 Mb.
bet129/136
Sana10.09.2021
Hajmi2,69 Mb.
#170314
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136
Bog'liq
1194 PK маjmua 2014

2-rejaning bayoni:

Etilsellyuloza sellyulozaning oddiy efirlaridan bo'lib, ishqoriy sellyuloza bilan etilxloridning o'zaro ta'sirlanishi natijasida hosil bo'ladi.

Etilsellyuloza odatda yog'och sellyulozasidan olinadi. U paxta sellyulozasiga nisbatan g'ovak bo'lib, kichikroq molekulyar og'irlikka ega. Shuning uchun reaksiya tezroq va bir tartibda sodir bo'ladi. Sanoatda etilsellyuloza sellyuloza va etilxloriddan quyidagicha olinadi. Oldin sellyulozani merserizasiyalab, ishqoriy sellyuloza olinadi. Buning uchun tarkibida 8-10 foiz namlik bo'lgan sellyulozaga natriy gidroksidning 50 foizli eritmasidan solib, Verner qorgichida aralashtiriladi. Odatda 1g sellyulozaga 3g ishqor eritmasi olinadi. Hosil bo'lgan ishqoriy sellyulozani avtoklavga solib, ustiga efirlovchi aralashma quyiladi. Bu aralashma 49-50% etilxlorid va 44-51% benzoldan iborat. Efirlash reaksiyasi ekzotermik reaksiya bo'lib 80-1300С harorat va 14-16 atm bosimda 10-12 soat davom etadi:
[C6H7O2(OH)3]n + СН3СH2Cl [С6Н7O2(ОН)x(C2H5)y]n
Hosil bo'lgan etilsellyulozaning efirlanish darajasi =270-260. By reaksiyada sellyulozaning bir elementar zvenosiga 11-15 mol etilxlorid olish kerak, chunki sellyuloza efirining hosil bo'lish reaksiyasi bilan bir qatorda qo'shimcha reaksiyalar ham sodir bo'ladi. Etilxloridning ishqor bilan gidrolizlanib, etil spirt hosil qilishi va etil spirtning etil efirga aylanyshi shunday reaksiyalar jumlasidandir.

Hosil bo'lgan laksimon eritma (etilsellyulozaning organik suyuqlikdagi eritmasi) 80-1000С haroratli suvga ohista quyiladi. 1 l etilsellyuloza eritmasiga 20 l issiq suv to'g'ri kelishi zarur. Cho'kmaga tushgan etilsellyuloza ishqor va natriy xloriddan tozalab yuviladi va vakuum ostida 1050С da quritiladi. Etilsellyuloza oq yoki sarg'ish rangli qattiq polimer bo'lib, ko'p xossalari efirlanish darajasi va molekulyar og'irligiga bog'liq. Uning efirlanish darajasi ortgan sari erish qobiliyati ortadi, yumshash harorati esa kamayadi. U sellyulozaning boshqa efirlariga nisbatan elektr tokini kam o'tkazadi, sovuqqa va Issiqqa yaxshi bardosh beradi, ishqor va kislotalar ta'siriga barqaror va metall, yog'och hamda gazlamalarga yaxshi yopishadi. Bundan tashqari, etilsellyuloza ko'p plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi.

Etilsellyuloza sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladi. U yaxshi dielektrik hamda suvga chidamli bo'lganidan undan turli xil radiodetallar va kondensatorlar yasaladi; sovuqa chidamliligi, elastikligi, mustahkamligi tufayli plastmassalar o'rnida ishlatiladi; eruvchanligi va metall, yog'och hamda gazlamalarga yaxshi yopishadigan bo'lgani uchun undan lak va emallar olinadi.

Karboksimetilsellyuloza ishqoriy sellyulozaga monoxlorsirka kislota ta'sir ettirib olinadi. Xlorsirka kislota sanoatda toza sirka kislotani xlorlab olinadi:



Karboksimetilsellyuloza olish uchun xlorsirka kislotaning natriyli tuzi va sulfat sellyuloza ishlatiladi. Sanoatda karboksimetilsellyuloza olish uchun oldin sellyuloza 20 foizli ishqor eritmasida odatdagi haroratda merserizasiyalanadi va maydalanadi, tolalarga ajratiladi. Keyin unga 35-400С haroratda xlorsirka kislotaning natriyli tuzi ta'sir ettirilsa, karboksimetilsellyuloza hosil bo'ladi. Reaksiya vaqtida reaksion aralashma doimo qorishtirib turiladi.

Karboksimetilsellyulozaning hosil bo'lish reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:

[C6H7O2(OН)3NaOH]n+ClCH2COONa  [C6H7O2(OH)x(OCH2COONa)y]n

Formulada х+у=3 bo'lib, sanoatda ishlatiladigan efirda у=0.5-1.2, яъни =50-120 bo'ladi. Odatda karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi sintez qilinadi, u oq yoki sarg'ish rangli qattiq moddadir. Karboksimetilsellyuloza sellyulozaga nisbatan gigroskopik bo'lib, oddiy sharoitda 12 foizgacha suv shimadi. Umuman, karboksimetilsellyulozaning barcha xossalari uning efirlanish darajasiga bog'liq. Masalan, efirlanish darajasi 50 va undan ortiq bo'lgan karboksimetilsellyuloza ishqorlarning suyultirilgan eritmasida eriydi.

Karboksimetilsellyuloza neft quduqlarini qazishda ishlatiladigan eritmalar uchun stabilizator sifatida ishlatiladi. Bu efirning tuzi suvda eruvchan bo'lganligi uchun kraxmalning o'rnida ham ishlatilmoqda. Bu efir tuzining eritmalari to'qimachilik sanoatida yigirilgan iplarni oxorlashda, qimmatbaxo rudalarni metallar bilan boyitishda, yelimlar ishlab chiqarishda juda keng ishlatilmoqda.





Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish