FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 19.127 GURUH TALABASI XAMIDOV NODIRBEKNING MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN PREZENTATSIYASI Kletchatkaning parchalanishi. Getchenson ozuqa muhitining analizi REJA - 1. Kletchatka haqida ma’lumot.
- 2. Ketchatkaning parchalanishi.
- 3. Getchenson ozuqa muhitining analizi.
Kletchatkaning parchalanishi. Getchenson oziqa muhitining analizi Umumiy ma’lumot: O’simliklar hujayrasining po’sti, asosan, selyuloza deb ataladigan moddadan tuzilgan. Yer yuzasiga va tuproq orasiga tushib qolgan o’simlik qoldiqlari turli bakteriya, zamburug’ va boshqa tirik organizmlar ta’sirida parchalanadiyu sellyulozani faqat o’z organizmida sellyuloza va tsellyubiaza fermentlari ishlab chiqaradigan bakteriyalar parchalaydi.
Tabiatda bu bakteriyalar borligini birinchi marta rus mikrobiologi V.A.Omelyanskiy aniqlagan va sellyuloza bijg’ishi jarayonining ximiyaviy mohiyatini ko’rsatib bergan. Uning aytishicha, birinchi bosqichda bakteriyalar tomonidan ajratilgan fermentlar ta’sirida sellyuloza oddiy shakargacha parchalanadi. Bu jarayon quyidagicha boradi: (C6H10O5)nH2O - n C6H12O6 Ikkinchi bosqichda bakteriyalar glyukozani moy va sirka kislotalarigacha, vodorod va metan gazlarigacha parchalaydi. Hosil bo’lgan mahsulotlarning turiga qarab, bu jarayon vodorodli yoki metanli bijg’ish deb ataladi.
Sellyulozaning bijg’ishida bakteriyalarning: 1. Vodorodli bijg’ishda batsillus sellyuloza gidrogenikum (Bacillus cellulosae hidrogenium) nomli bakteriya ishtirok etadi va reaktsiya quyidagicha boradi: Bu reaktsiya quyidagicha boradi: C6H12O6 - CH3CH2CH2OOH Q CH3COOH Q CO2 Q CH4 Q x kkal Metanli bijg’ishda ishtirok etadigan batsillalar hujayrasining hajmi vodorodli bijg’ishda ishtirok C6H12O6 CH3CH2CH2COOH q CH3COOH Q CO2 Q H2kkal. Bu bakteriyaning uzunligi 10-12 mkm keladi. Sporalari vegetativ hujayraning bir qutbida joylashganligi sababli, baraban tayoqchasiga o’xshab ko’rinadi.
2. Metanli bijg’ishda batsillus sellyuloza metanikus (Bacillus cellulosae methanicus) nomli bakteriya ishtirok etadi. Reaktsiya vaqtida vodorod o’rniga metan gazi ajralib chiqadietadigan batsilalarning hajmidan kichik bo’ladi. Sellyuloza bijg’ishini qo’zg’atuvchi bakteriyalar V.A.Omelyanskiy nomi bilan Vac.Omelyanskii deb yuritiladi. Vodorodli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 1,7 molekula sirka kislota to’g’ri kelgani holda, metanli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 9 molekula sirka kislota to’g’ri keladi. Yuqorida aytib o’tilgan bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmalga o’xshagan garnulyoza moddzsi uchraydi. Fe kaliyda uchraydigan batsillus sellyuloza dizolvens (Bacillus celllulosae dessolvens) nomli batsilla ham sellyulozani parchalashda ishtirok etadi. Uning uzunligi 12 mkm bo’lib, oval shaklidagi spora hosil qiladi.
Sellyulozani 31-51° da parchalab, moy va sirka kislotalar, etil spirt, karbonat angidrid va vodorod hosil qiladi. Yuqorida aytib o’tilgan bakteriyalar sellyulozani anaerob sharoitida bijg’itadi, shuning uchun ham obligat anaerob bakteriyalar deb ataladi. Aerob sharoitda yashovchi miksobakteriyalardan sellfaltsikula tsellvibrio (Cellfalcicula cellvibrio) va aktinomitsetlar sellyulozani parchalashda ishtirok etadi. Bu tirik organizmlar birinchi galda sellyulozani shakarlarga parchalab, keyin shakarlarni karbonat angidrid va suvgacha oksidlaydi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi: (S6N10O5) n Q nN2O n NC6H12O6 S6N12O6 Q 6O2 6SO2 Q 6N2O Q x kkal. Kerakli jihozlar: Kolba, filtr qog’oz, paxta, mikroskop, elektr plitka, oq bo’r, termostat yoki tayyor preparat. Darsning maqsadi: Sellyulozaning bijg’ish jarayonining borishini o’rganish. Ishning borishi: Tuzlari va formula tuzning 1% li eritmasi, egri nay o’rnatilgan kauchuk tiqin, suv solingan idish, mikroskop, buyum oynalari, fuksin buyog’i, spirt lampa.
Sellyulozani bijg’itadigan bakteriyalarni to’plab olish uchun quyidagi tajriba o’tkaziladi: 500 ml vodoprovod suvida 0,5g (NH4)3 RO4, 0,5 g K2 HPO4 0,25g MgSO4, 0,1g NaC1 va oziq muhitini neytrallash uchun ozgina CaCO3 xamda 2 tomchi 1 % li FeSO4 tuzi eritmasi qo’shib eritiladi. Eritmaga sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalar yuqtirish uchun o’nta tekshiriladigan tuproqdan 1g chamasi qo’shib aralashtiriladi. So’ngra 250 ml hajmli kolba ichiga filtr qog’oz qo’yilib, u yuqorida tayyorlangan suyuq aralashma bilan to’ldiriladi. Kolbaning og’zi rasmda ko’rsatilgandek qilib,egri shisha nay o’rnatilgan kauchuk tiqin bilan berkitiladi. Nayning ikkinchi uchi suv to’ldirilgan idishga botiriladi. Shundan keyin kolba va suvli idish 350 issiq termostatga qo’yiladi. Bijg’ish jarayoni natijasida eritma loyqalanadi, filtr qog’oz esa shilimshiqlanadi va sarg’ayadi.
Gazlarning harakatlanishi natijasida tolalarga ajralgan va titilgan filtr qog’oz parchalari kolba o g’zigacha ko’tarilib, to’planadi. Bijg’ish natijasida hosil bo’lgan gazlar egri nay orqali tashqariga chiqadi. Moy va sirka kislotalar esa eritma tarkibida qoladi. Kletchatkani bijg’ituvchi bakteriyalarni ko’rish uchun yuqoriga ko’tarilgan qog’oz parchalarini yoki kolba ichidagi suyuqlik ostiga cho’kkan filtr qog’ozni olib, buyum oynasida mazok tayyorlanadi. U quritilgandan so’ng fuksin buyog’i bilan bo’yalib, mikroskopning immersion obyektivi orqali qaraladi. Bu mazokda tayoqchasimon batsillus Omelyanskiy ko’rinadi Bu bakteriya hujayrasining bir ichida spora hosil bo’lganligi uchun u baraban tayoqchasiga o’xshaydi. Sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalar. Batsillus Omelyanskiy: a - yosh hujayralar; b - sporali vegetativ hujayralar (baraban tayoqchalari); v - yetilgan sporalar. Nazorat uchun savollar: 1. Sellyuloza nima? 2. Sellyulozaning bijg’ituvchi qanday mikroorganizmlar uchraydi. 3.Sellyulozani bijg’itadigan bakteriyalarni to’plash uchun qanday tajriba o’tkaziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |