4. Sayoz joyda suvga tushib yordam ko`rsatish
Agar odam sayoz joyda halokatga uchragan bo`lsa, oyoqni suv tubiga kattiq tirab olib, bir qo`l bilan bironta ishonchli tayanch narsani, masalan, bog’lash qurilmasini ushlab olgan holda, jabrlanuvchiga tayoq uzatiladi. Agar bunda ancha odam to`planib qolgan bo`lsa, jabrlanuvchiga yordam berish uchun ulardan jonli zanjir hosil qilish mumkin.
5. Qayiqdan foydalanish
Cho`kayotgan odamga kichikroq qayiqda unga bironta suzuvchi buyum tashlaydigan yoki tayoq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kerak. Shundan so`ng, jabrlanuvchini tortib kelish yoki qayiqqa chiqarib olish kerak. Jabrlanuvchining vazni, holati, qayiqning chidamliligini va hokazolarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi. Cho`kayotgan odamni qutqarayotganda hech qachon qayiqda bor bo`y bilan tik turmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |