1. So`z bilan yordam ko`rsatish usuli
O`zimiz uchun xavfsiz joydan turib, jabrlanuvchiga qanday harakat qilish kerakligini aniq, ravshan va qisqa qilib aytish, shuningdek unga so`z bilan dalda berish kerak. Doim jabrlanuvchining ko`ziga qarashga harakat qilinadi.
2. Narsa irg’itish usuli
Jabrlanuvchidan uncha uzoqda bo`lmagan holatda qo`l ostida maqbul suzadigan buyum bo`lsa, uni jabrlanuvchi ushlab oladigan qilib irg’itiladi.
3. Tortib chiqarish usuli
Qo`l ostidagi buyumni, masalan, eshkak yoki arqonni, uni suzuvchi vositaga bog’lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yoki uzatiladi. Ayni mahalda turgan joyni o`zida mahkam joylashib olib, toki jabrlanuvchini suvdan tortib chiqarilar ekan, tananing og’irlik markazi quyida bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |