20-MA’RUZA. ELEKTR TOKINING ORGANIZMGA TA’SIRI. CHO‘KISH.
Reja:
Elektr tokidan shikastlanish belgilari.
Elektrdan kuyishda birinchi yordam ko`rsatish
Cho`kish. Cho`kkan odamga birinchi yordam ko`rsatish
Elektr toki odam tanasi orqali o`tar ekan, uni qizdiradi, bu esa kuyishga olib kelishi mumkin.
Bunda jabrlanuvchining elektr toki kirgan va chiqqan joylarida jarohat ko`rinadi. Bu kuyik ko`rinishidan ahamiyatsizga o`xshasa-da, aslida ancha og’ir bo`ladi, chunki ichki to`qimalar jiddiy jarohatlangan bo`lishi mumkin. Elektr, odatda, chuqur kuydiradi.
Elektr toki urishi, kuyishdan tashqari yurak aritmiyasini keltirib chiqarishi, hatto yurak va nafas olishning to`xtashiga ham olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |