1.2. Mashina holatini
boshqarish
Ishlatishni to‘g‘ri tashkil etish, ya’ni ba’zi davrlarning almashishi va davomiyligi mustahkamlikning ko‘p ko‘rsatkichlarini belgilaydi, bu ishlatish davrida detallarning buzilmasdan ishlashi va uzoq muddat ishga yaroqlilik qobiliyatini saqlab qolishga imkon yaratadi. Mashinalarni ishlash davriyligiga qarab turkumlanishi ehtimoli 2-jadvalda keltirilgan.
Ishlatilish turkumining xususiyati ta’mirlash tizimini, ta’mirlash siklining tarkibini va ba’zi ta’mirlash ishlarining ma’nosini belgilaydi. Ya’ni imkon boricha qisqa vaqt va mablag‘ sarflab, mashinaning ishlash davrida ishga qobiliyatli xususiyatini saqlab qolish imkonini yaratish.
Bulardan tashqari mashinaning ma’lum vaqt davomida ishlashining ko‘rsatkichlaridan biri – uning buzilmasdan ishlash davomiylik vaqtidir. Masalan, avtomobillar uchun – bu vaqt rejaviy TXK oralig‘i bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun esa – mavsumda buzilmasdan ishlash muddati hisoblanadi. Mavsumiy ishlaydigan mashinalarning buzilmasdan ishlash ehtimoliga, saqlanayotgan vaqtda ham ishga tayyorlik holatida bo‘lish imkoni hisoblanadi.
Mashinalarning ishlash davriyligi
2-jadval
Guruh
|
Mashina ishlashi davridagi ishning davomiyligi
|
Ishlash vaqtida ruxsat etilishi
mumkin
|
Buzilmasdan ishlash davomiyligi
|
Mashina turlari
|
Ta’mir-lash
|
TXK
|
I
|
Ishlatilish davrida tinimsiz ishlashi
|
-
|
Q
|
To‘liq ishlatilish davri
|
GES turbinalari, fazoviy raketalar
|
II
|
Davriy yoki
tinimsiz ishlash, ruxsa etilgan vaqtlarda to‘xtash
|
Q
|
Q
|
Ta’mirlash
oralig‘ida
|
Texnologik mashinalar (metallga ishlov beruvchi dastgohlar va sh.k.)
|
III
|
Mavsumiy ishlash
|
-
|
Q
|
Mavsum davomida
|
Qishloq xo‘jaligi mashinalari, daryo transporti
|
IV
|
Davriy ishlash
|
-
|
Q
|
Ishning davriy vaqti bo‘yicha
|
Transport mashinalari
(avtomobil, samolyot, lokomotiv)
|
Mashinalarning mustahkamligi ishlatilish va ishlash shart-sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Mashinani ishlatish davrida turlicha yuklanishi, tezligi, harorati, atrof-muhitning namligi, changlanganligi va shularga o‘xshash ta’sir etuvchi omillar, mahsulotni chiqarish ko‘rsatkichlarining tasodifan o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Mashinalarning ishlash qobiliyatiga atrof-muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, bunday holatlar mashinani ishlab chiqargan korxona tavsiyasidagi sharoitlaridan farq qilganda yaqqol ko‘zga tashlanishi mumkin. Ayniqsa, bu sifat o‘zgarishlar turli ob-havo sharoitida ishlovchi mashina va qishloq xo‘jaligi mashinalarida ancha sezilarli namoyon bo‘ladi.
Odatda, quvvatning ortishi va kamayishi natijasida, bu ko‘rsatkichlarga nisbatan dvigatelning detallari yeyilishi ortadi. Shu sababli mashina va qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlatishda yeyilish asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |