Ma’ruza. Kirish. Diagnostikalash atamalari va usullari


Boshlang‘ich ko‘rsatkichlar



Download 27,16 Kb.
bet2/7
Sana29.12.2021
Hajmi27,16 Kb.
#77936
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Ma'ruza

Boshlang‘ich ko‘rsatkichlar yangi yoki qayta ta’mirlangan mashi­na va mexanizmlarga taalluqlidir. Ta’mir oldi ko‘rsatkich­lar – bu ruxsat etil­gan ko’rsatkichlarning eng kichik qiymati ko‘­ri­nishida bo‘lib, ma’­lum vaqtdan so‘ng ushbu ko‘rsatkich mashi­na, yoki mexanizmning ishlashiga har tomonlama (o‘zini oqla­may­di, xavfli va buzilish, sinish yoki avariyaga olib kelishi mumkin) noqulaylik tug‘diradi.

Mashinalarni diagnostikalash va holatini bashorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish tizimining bir bo‘lagi hisoblanadi. Diag­nostikaning belgila­nishi buzilish yoki nosozlikning oldini olish, sozlanganlikni va eks­plua­tatsion ko‘rsatkichlarni kerakli qulay holatda saqlab, ta’mir orali­g‘i­dagi ishlatilish jarayonidan imkon boricha to‘liq foydalanishdan iborat.

Murakkab tizimlarni diagnostikalash har tomonlama qu­lay­­lik­lar yara­­tadi, ya’ni mashinaning ishlatilish shart-sharoitiga bog‘liq holda potensial imkoniyatlardan imkon boricha to‘liq foydalanib, yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichga erishish uchun sharoit yaratadi.

Diagnostikalash tizimi o‘rganiladigan obyektni va qo‘lla­ni­ladigan vosita­larni o‘z ichiga olib, nazorat qilish tizimining asos­laridan biridir. Texnik diagnostikalashning mazmuni ishlati­la­­yotgan mahsulot holatini baho­lash, yo‘qolgan ishga yaroqlilik ko‘rsatkichlarini va ularni tiklash zarurligini aniqlashdan iborat. Ko‘p hollarda mahsulotning texnik hola­ti­ni tekshirish, ana shu murakkab tizimga ega bo‘lgan obyektni boshqarish jarayonida amalga oshiriladi.

Bularning hammasi diagnostikalash usuli va vositalariga katta talablar qo‘yadi, chunki bu jarayon mashinaning ishlatilish sharoitiga qo‘l­la­na olinishi, imkon boricha kam vaqt sarf bo‘lishi, ma’lumotlar yuqori aniqlikda va ishonchlilikda bo‘lib, bundan tash­qari, sinalayotgan obyekt­ni qismlarga bo‘lmasdan, mexa­ni­zm­­larning ishlash qobiliyatiga salbiy ta’­­sir ko‘rsatmasdan va iqtisodiy qulay sharoitda amalga oshirilishi shart.

Diagnostikalash natijalari obyekt mustahkamligini basho­rat qilish bilan birga, mashinada ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish lozimligini ham aniqlashga sharoit yaratib beradi. Lekin ba’zan murakkab tizimlarni baholashda fa­qat bir yoki bir necha elementlar bo‘­yi­cha xulosaga kelish ko‘z­langan masalani yecha olmaydi, chunki tekshirilmagan bir qan­cha boshqa qismlardagi elementlar nazoratsiz qolishi mum­kin. Shu sababli hozirgi kunda qo‘llanilayotgan diagnostikalash qu­ril­­malari imkon boricha mashinaning hamma qismlarini e’ti­bor­dan chet­da qoldirmaslikka mo‘ljallanmoqda.

Mustahkamligiga yuqori talab qo‘yiladigan obyektlarni diagnostika­lash maqsadida murakkab avtomat­lash­gan diagnostic­kalash tizimlari yara­tilmoqdaki, ular maxsus dat­chik­lar yordami­da mashinalarning bir qan­cha ko‘rsatkichlarini aniqlaydi, ishlov beradi va obyektning ishga yaroq­lilik qobiliyati va to’la xulosa hosil etishga yordam beradi.

Masalan, bunday tizimlar yaqin o‘n yilliklargacha, aso­san, samolyotlar­da qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib zamo­naviy avtomobillarda ham keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Bun­day qurilmalar yordamida fa­qat texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) vaqtidagina obyektning holati to‘g‘risida xulosa hosil qilmay, balki avtomobil harakatlanayotgan vaqtida ham diagnostikalash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ishlash davomida olin­gan ma’lumot markaziy kuzatuv tarmog‘iga uzatiladi, ishlov beriladi va butun bir qismdagi nosozlik haqidagi ma’lumot (masalan, «uzatmalar qutisida nosozlik», «suyuqlik siljib chiqishi», «moy­lash tizimida nosoz­lik» va h.k.) maxsus monitor orqali haydov­chiga yetkaziladi. Bu jara­yon­ga bir yo‘la bir necha yuz element­lar va qurilmalar qamrab olingan. Avtomatik ravishda nazorat olib borish uchun eslash bloklari, kutub­­xona, bir necha ming buy­ruqlar va agar lozim bo‘lsa, olingan ma’lumotni yozib qo‘­yish qurilmalari ham joriy etilgan. Bunday tizimlar avtomatik va yarim avtomatik tizimlarda boshqarilishi mumkin. Yarim avto­mat tizimda haydovchi ma’lum agregatlar yoki tizimlar haqida ma’lumot oli­shi mumkin.

Avtomatik diagnostikalash mashinani ekspluatatsiya qi­lish­ni ancha yengillashtiradi, yo‘l harakati xavfsizligining buzi­lishi va butun tizim ishlashida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlikni o‘z vaqtida aniqlash va ko‘riladigan chora-tadbirlar natijasida xavfli buzilishlarning oldini oladi.

Mashina va uning mexanizmlarida diagnostikalash im­koni mavjud bo‘lishi – priborlar shunga sozlangan bo‘lib, mashi­naning asosiy ko‘r­sat­kichlaridan (masalan, gidrotizimdagi bosim, sarflanayotgan quvvatning f.i.k., boshqarishdagi muammolar, tez­­lik va h.k.) dalolat berib turi­shi, yoki ma’lum vaqt mashi­na­ning ko‘rsatkich priborlariga ulanib, uning holati to‘g‘risida axbo­rot berib turishi lozim.

Diagnostika mashinalarini ishlatishda eng kerakli bos­qich­lardan biri bo‘lib uning sifati va ishonchliligini boshqarishga xizmat etadi.


Download 27,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish