Sport mahoratini takomillashtirishning mohiyati
Sportni tashkil qilishning uchta asosiy shakli mavjud bo`lib, ular: ommaviy sport, sport o`quv predmeti sifatida, yuqori darajali sport. Ommaviy sport aholining keng jismoniy tayyorgarligini amalga oshiradigan va ommaviy darajadagi natijalarni ta’minlaydi. Bu turga o`rta, o`rta maxsus, oliy ta’lim muassasalari hamda harbiylarning jismoniy tayyorgarligini amalga oshirilishini misol keltirish mumkin. Maktablarda, o`rta maxsus ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ommaviy shaklda olib borilsa, jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlaydigan o`quv yurtlarida sport o`quv predmeti sifatida olib boriladi. Yuqori sport natijalariga erishish sport mahoratini oshirish bilan bog`liq bo`lib, u mamlakat hayotida yetakchi o`rinlarni egallaydi. Ta’kidlash lozimki yuqori sportni shakllantirish va rivojlantirish ommaviy sportni yo`lga qo`yish va shakllantirish bilan chambarchas bog`liq.
Sport tayyorgarligining mohiyati
Aksariyat hollarda “sport mashqlari” deyilganda ma’lum jismoniy mashqlarni ketma-ket doimiy ravishda takrorlashni tushuniladi (ingiliz tilidan tarjima qilinganda trenirovka so`zi mashq qilish degan ma’noni anglatadi). Aslida, amaliyotda “sport tayyorgarligi” degan kengroq tushuncha ishlatiladi. Bu yerda mashq qilishdan tashqari musobaqalar va jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish bilan bog`liq boshqa omillar ham nazarda tutiladi.
Shunday qilib, sport tayyorgarligi deyilganda doimiy ravishda, yil davomida muttasil olib boriladigan uzoq muddatli yuqori sport natijalariga erishishga yo`naltirilgan o`quv tarbiya jarayoni nazarda tutiladi. Bu jarayon to`g`ri gigiyenik tartibni, tibbiy va pedagogik nazoratni taqoza etadi.
Sportda yuqori natijalarni ko`rsatish uchun jismoniy rivojlanishni har tomonlama kompleks ravishda amalga oshirilgandagina erishiladi. Bu esa sportchilar tomonidan yuqori sport texnikasi va taktikasini egallashni ularda yuqori darajadagi axloqiy-ma’naviy sifatlarni shakllantirishni, nazariy bilimlarni egallaganlikni va albatta maxsus jismoniy sifatlarni egallaganlini taqoza etadi. O`rni kelganda ta’kidlash lozimki yuqorida keltirilgan masalalar yangi shogirdni shakllantirish va rivojlantirishda ham, shuningdek, sport ustasini tayyorlashni amalga oshirishda ham birdek zarur.
Demak, yuqori sport mahoratiga ega bo`lgan sportchini tayyorlash uchun uning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligini ta’minlash shart va zarur.
Sport mashqlari-yuqori sport mahoratiga ega sportchini tayyorlashning asosiy shaklidir. Bu jarayon sportning deyarli barcha bo`limlarini qamrab oladigan pedagogik jarayon bo`lib, uning asosida mashqlar tizimi yotadi. Mashqlar o`z hajmi va yuklamalarning intensivligi bilan harakterlanadi. Shunindek, bu mashqlarni amalga oshirishda qo`llaniladigan vositalar va metodlarga bog`liq. Unutmaslik kerakki, bu o`rinda sportchi organizimini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Sport yuklamalarining intensivligi deyilganda spotchiga beriladigan yuklamaning miqdori u yoki bu mashqni bajarish uchun maksimal darajada tezkorlik talab etiladi.
Bunday yuklamalarni bajarilishini nazorat qilishda pulsni o`lchash asbobidan foydalanish, ko`rsatkichlarni doimiy ravishda taqqoslab borish zarur.Mashqlar davomida dam olishni amalga oshirish muhim. Bir tomondan u sportchining jismoniy holatini tiklab olishni ta’minlasa, ikkinchi tomondan esa mashqlarni qayta bajarishga imkon yaratadi. Aynan shunday yondashuv, sportchidan sport musobaqalarida yuqori natijalar bilan ishtirok etishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |