Proektiv metodlar. Proektiv metod - shaxsni urganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan turlicha talkin etilishi mumkin buladi. Aynan sinaluvchining bergan talkinini tax;lil etish orkali uning shaxsi xakida muayyan xulosalar chikariladi. CHunki muayyan eksperimental vaziyatni talkin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi uz ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, kurkuv va xavotirlarini tashqarira chiqaradi. Maktabgacha yoshdari bolalar bilan ishlaganda qullaniladigan odatdari proektiv metodikalar kuyidarilardan iborat: «Bola appersepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qullash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vakt talab etadi. Proektiv metod bilan utkazilgaitadqiqotnatijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Test. Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini ulchash uchun xizmat kiladigan topshiriqlar yigindisi. Test metodida muayya standart topshirik va vaziyatlar (testlar) qullaniladi. Ushbu metod 6ir kator ustun tomonlarga zga: Tadqikotni sinaluvchilarning katta guruxi bilan utkazish mumkin natijalarni x;iso6lash va qayta ishlash ancha engil va sodda. Metodning asosiy kamchiliri shyndaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmaydi. Test metodi. Test – inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilarva aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni franso‘z psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
CHet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. CHet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamdamalakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixologlar K.M. Gureviya, V.A.Krututskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida to‘zilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. SHuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi darvda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga etish) testlar (ular darslandan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi. Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, motivatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyatlari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning tunlamlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |