Kichik maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari (tayyorlov guruxi)
-
Ko‘rsatkichlar
|
6-7 yosh
|
Tafakkur
|
Mantiqiy tafakkur elementlari ko‘rgazmali- obrazli tafakkur asosida rivojlanadi.
|
Nutq
|
Ichki nutqning rivojlanishi.
|
Bilsh jaaryonlarining ixtiyoriyligi
|
Ixtiyoriylikning harakat qilish va o‘zlashtirish jarayonini konsentratlash sifatida shakllanishining boshlanishi.
|
Fiziologik ta’sirchanlik
|
Individual, ko‘pchilikda past darajada.
|
Bilish obekti
|
Predmet va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘lanish.
|
Bilish usullari
|
Mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlari bilan bilishga oid muloqot.
|
Muvaffaqiyat sharti
|
SHaxsiy keng dunyoqarash, biror bir ishdagi bilim.
|
Muloqot shakli
|
Vaziyatdan tashqari-shaxsiy.
|
Tengdoshlar bilan munosabat
|
Sug‘batdosh, faoliyatdagi sherik.
|
Kattalar bilan munosabat
|
Emotsional qo‘llab-quvvatlash manbasi.
|
Nizolar
|
7 yoshlarda-inqiroz, ijtimoiy rolning almashiniish
|
Emotsiyalar
|
Oliy hisslarning rivojlanish.
|
O‘yin faoliyati
|
Uzoq o‘yinli birlashuv; o‘z xulq-atvorni rolga muvofiq ravishda moslashtira olish ko‘nikmasi.
|
Talimga psixologik tayyorlik deganda bolaningobektiv va subektiv jixatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab talimiga avval psixologik jixatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga etarli darajada rivojlanadi. SHu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zini qiziquchanligi, dilkashligi, xayrixoxligi, ishonuvchanligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab talimiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan o‘zoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari roli va syujetli o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni echishda, xikoya tinglash va to‘zishda ko‘rinadi. Bola o‘z diqqatini muayyan obektga to‘plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib-g‘aroyib, kishini taajubga soladigan malumot va xodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu davrgacha bevosita kattalar raxbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xoxish-irodasi bilan zarur matlumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa quyishga harakat qiladi. Bolaning anna shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she’r, xikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko‘p takrorlashi, yod olishning eng qulay yo‘l va usullaridan foydalanish talim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil esa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, talim so‘z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So‘z- mantiq xotirasining mavjudligi manosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan malumki, bola manosiz so‘zlardan ko‘ra manodor tushunchalarni birmuncha tez va mustaxkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab talimiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini o‘qib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida, nutqning to‘zilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va klam jixatdan fikr almashishga etarli bo‘ladi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi malumotlarni tushuna oladi. O‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi (ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi. Umumlashtiradi, xukm va xulosa chiqarishga harakat qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |