Optik gaz analizatorlarida optik zichlik, sindirish koeffitsient va boshqa optik
foydalaniladi. Elektromagnit nurlanish intensivligining pasayishi yoki nurlanish
oqimining tekshirilayotgan gaz spektrining infraqizil, ultrabinafsha yoki
ko`rinadigan qismlaridagi yutilishini o`lchashga asoslangan absorbtsion-optik usul
ko`proq tarqalgan. Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor,
ozon, simob bug`lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. SHuning uchun analiz
qilinayotgan komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil yoki
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlatkichlar
sifatida 700–800°C gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. Spektrning
ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gazrazryad lampasi
Optik-absorbtsion gaz analizatorlarining ko`pi differentsial sxema bo`yicha
qurilgan (9.4- rasm). Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo`lida yorug`lik
nurlanish intensivligi farqini qabul qiladi, aniqlanayotgan komponent miqdoriga
9.4-rasm. Optik-adsorbtsion gaz
analizatorining blok-sxemasi.
Odatda,
optik
gaz
analizatorlari
kompensatsion
sxema bo`yicha ishlanib, o`lchash
sxemasi optik, gaz yoki elektr
usullari
yordamida
muvozanatlanadi.
Optik
kompensatsiya
usulida
teskari
aloqa signali to`siq yoki optik pona
siljishiga aylantiriladi. Bu esa
taqqoslash
kanalida
nurlanish
intensivligini
tegishlicha
o`zgartiradi.
Ikkinchi
holda,
taqqoslash
kanalida
nurlanish
oqimi
yo`lida
kompensatsiyalovchi aralashma qatlamining qalinligi o`zgaradi va nihoyat, elektr
kompensatsiyalash usulida zanjirda elektr bilan ta`minlash kuchlanishi
o`zgartiriladi.
Infraqizil nurlanishli gaz analizatorlarida qoldiq energiya tekshirilayotgan
komponent bilan to`ldirilgan nur priyomniklarida yutiladi. Uzlukli nurlanishdan
foydalanilganda nur qabul qilgichda energiyaning yutilishi sababli temperaturaning
o`zgarishi, shu bilan birga bosimning o`zgarishi vujudga keladi. Bu tebranishlarni
tegishli o`lchash asbobi bilan olingan nur qabul qilgich mikrofonining membranasi
qabul qiladi.
Bunday nur qabul qilgichda gaz bosimining pulslanishi akustik effekt nomini
olgan. Bunday gaz analizatorlari esa optik-akustik asboblar deyiladi. Bu
asboblarning afzalligi ularning universalligidadir, chunki ko`pchilik moddalarning
infraqizil yutilish spektri bir-biridan farq qiladi.
Optik-akustik gaz analizatorlari gaz va bug`larning ma`lum to`lqin
uzunlikdagi infraqizil nurlarni (0,76 dan 750 mkm gacha) tanlab yutishiga
asoslangan. Bu gaz analizatorlarida, odatda, faqat to`lqin uzunligi 2,5–25 mkm
bo`lgan nurlardangina foydalaniladi. Agar gaz qatlami orqali infraqizil nurlar
o`tkazilsa, ulardan faqat tebranish chastotasi gaz molekulalarining xususiy tebranish
chastotalariga teng bo`lgan nurlargina yutiladi. Bunda yutilgan nurlarniig ener
giyasi molekulalarning kinetik energiyasini ko`paytirishga sarflanadi va
issiqlik tarzida tarqaladi. Molekulalarning tebranish chastotasidan farq qiladigan
chastotadagi nurlar esa gazdan o`zgarmasdan o`tadi. Har qaysi gaz o`ziga xos
spektrlar sohasidagi ma`lum xossali radiatsiyani yutadi, masalan, uglerod oksidi 4,7
mkm sohasidagi, uglerod qo`shoksidida – 2,7 va 4,3 mkm sohalardagi, metan – 3,3
va 7,65 mkm sohadagi radiatsiyalarni yutadi. Bu esa optik-akustik usullar bilan
gazlarni analiz qilishni tanlab o`tkazishga imkon beradi.
Tanlab yutish hodisasi Lambert-Ber qonuni bilan ifodalanadi, u to`lqin
uzunligi bo`lgan monoxromatik nurlanish uchun quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi
),
/
lg(
)
/
1
(
0
Do'stlaringiz bilan baham: