magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan ko`proq tortiladi. Uning bu xossasi
murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod konsentratsiyasini o`lchashga imkon
beradi. Barcha (kislorodni analiz qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termomagnit
o`zgarish effektiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul
termomagnit konvektsiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan
o`tkazgich bir jinsli bo`lmagan magnit maydonga o`rnatilsa, gaz aralashmasining
xossasi kamayadi, shu sababli o`tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli
Temperaturaning ko`tarilishi sababli gazning magnit xossasi kamayadi, natijada gaz
aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi
termomagnit konvektsiya hodisasi sababli uzluksiz siqib chiqariladi. 9.3-rasmda
termomagnit gaz analizatorining printsipial sxemasi keltirilgan.
9.3-rasm. Termomagnit gaz
analizatorining printsipial sxemasi.
Tekshirilayotgan
gaz
aralashmasining
temperaturasi
issiqlik
almashtirgich
yordamida
turg`unlashadi.
Aralashma
sarfining doimiyligi o`lchash o`zgartgichi 2
ni rotametr 3 orqali shuntlash yo`li bilan
ta`minlanadi.
SHu
sababli
sistema
kirishidagi gaz sarfining tebranishlari
o`zgartgichdan o`tish tezligiga ta`sir
qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi
bosimlar farqi doimiy bo`lib qoladi.
Uzgartkichning gazli bo`shlig`i ko`ndalang
kanalli halqa kamera 4 shaklida diamagnit
materialdan ishlanadi. Kanalning kirish
qismi doimiy magnit maydon orasiga
joylashadi, uning ichida esa R
t
3 R
t
4 ikki
sektsiyali platina chulg`amlar o`rnatiladi,
bu
chulg`amlarning
qarshiligi
nomuvozanat ko`prikning ikki yelkasini
hosil qiladi.
Agar boshlang`ich aralashmada kislorod bo`lmasa, ko`ndalang kanalda
harakat bo`lmaydi. Aralashmada kislorod bo`lsa, uning molekulalari magnit
maydoniga yo`nalib, kanalga tortiladi. Rt chulg`amlar o`lchash sxemasi manbaining
toki ta`sirida 100...200°C gacha qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham
qiziy boshlaydi. Temperatura ko`tarilishi bilan magnitning kislyrodga ta`siri
kamayadi, shuning uchun gazning yangi qismi magnit maydon zonasiga tortilib,
qizigan kislorodni halqa kameraga itaradi.
Gazning hosil bo`lgan konvektsion oqimi issiqlikni asosan cho`lg`amdan
oladi, shuning uchun sektsiyalar temperaturasi har xil bo`lib qoladi.
Rt3 va
Rt4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentratsiyasiga
proportsional o`zgarishi natijasida, ko`prikning o`lchash diagonalida nobalanslik
signali paydo bo`ladi. Bu signal shkalasi kislorodning prosent miqdorida
darajalangan avtomatik potentsiometr orqali o`lchanadi. O`lchash ko`prigi
stabillashgan ta`minlash manbaidan (STM) ta`minlanadi. Qarshilik R5 ko`prik
manbaining tok kuchini o`rnatish uchun xizmat qiladi; R
1
va R
2
doimiy manganin
qarshiliklar.
O`lchashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga ko`ra
sodir bo`ladi:
a) atrof-muhit temperaturasining o`zgarishi natijasida gaz aralashmasining
magnitlanishi o`zgaradi;
b) sezgir element issiqligining o`zgarishi (o`lchash ko`prigi manbai
kuchlanishining o`zgarishi);
v) tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimning o`zgarishi;
g) magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanishining
o`zgarishi.
Sezgirlikni
oshirish
va
xatoliklarni
kamaytirish
uchun
sanoatda
foydalaniladigan gaz analizatorlarida o`lchash va taqqoslash ko`priklarnning
tegishli yelkalariga ulangan ikkita halqali kompensatsion o`lchash sxemalari
qo`llaniladi.
Analiz qilinayotgan gaz temperaturasi va bosimining o`zgarishi shuningdek,
o`lchash sxemasini ta`minlovchi kuchlanishning o`zgarishi har qaysi ko`prikning
o`lchash diagonallaridagi kuchlanishga bir xilda ta`sir etadi, shuning uchun gaz
analizatorining ko`rsatishlariga bu o`zgarishlar ta`sir qilmaydi.
Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 5106-2
tipidagi termomagnit gaz analizatorы ishlatiladi, uning o`lchash chegaralari bir
nechta bo`lib, ulardan eng maksimali 0–10%. Yuqorigi o`lchash chegarasinnng
asosiy xatoligi ±2% MN 5130-1 tipidagi gaz analizatori ikki yoki uch komponentli
gaz aralashmalaridagi kislorod konsentratsiyasini uzluksiz o`lchash va standart
elektr signallari berish uchun mo`ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan
jihozlangan. O`lchash natijalarini ko`rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan
bir komplektda ikkilamchi o`ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o`lchash
chegaralari 0–0,5 dan 80–100% gacha. Asosiy xatolik ±2 dan 10% gacha (o`lchash
chegaralariga qarab). Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm
3
/s, bosimi 90–105
kPa. O`lchash vaqti 120 s. CHiqish signallari 0–5 mA, 0–100 mV.
Do'stlaringiz bilan baham: